QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят21

وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ بَلْ نَتَّبِعُ مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ۚ أَوَلَوْ كَانَ ٱلشَّيْطَـٰنُ يَدْعُوهُمْ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa: «Yo`q! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, o`shanga ergashurmiz», derlar. Agar shayton ularni do`zax azobiga chaqirayotgan bo`lsa ham-a?!Қачон уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага эргашинглар», дейилса: «Йўқ! Биз оталаримизни ниманинг устида топсак, ўшанга эргашурмиз», дерлар. Агар шайтон уларни дўзах азобига чақираётган бўлса ҳам-а?!Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa, ular: «Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan boʻlsak (ana oʻshanga) ergashurmiz», deyishadi. Agar shayton ularni oʻt azobiga chaqirib turgan boʻlsa ham-a?!Қачон уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага эргашинглар», дейилса, улар: «Йўқ, бизлар ота-боболаримизни ниманинг устида топган бўлсак (ана ўшанга) эргашурмиз», дейишади. Агар шайтон уларни ўт азобига чақириб турган бўлса ҳам-а?!

413-sahifa · 21-juz · 41-hizb413-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonва қачонقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُمُulargaуларгаٱتَّبِعُوا۟ergashinglarэргашингларمَآnarsagaнарсагаأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳقَالُوا۟derlarдерларبَلْyoʻq!йўқ!نَتَّبِعُbiz ergashamizбиз эргашамизمَاnarsagaнарсагаوَجَدْنَاbiz topganбиз топганعَلَيْهِuning ustidaунинг устидаءَابَآءَنَآ ۚotalarimizniоталаримизниأَوَلَوْagar boʻlsa ham-aагар бўлса ҳам-аكَانَediэдиٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонيَدْعُوهُمْularni chaqirayotganуларни чақираётганإِلَىٰ-ga-гаعَذَابِazobigaазобигаٱلسَّعِيرِdoʻzaxдўзах
TafsirТафсир

Alloh bergan neʼmatlarga shukr qilmay, ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz holda Alloh haqida tortishadigan ana oʻsha kimsalarga:

«Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar», deyilsa...»

Yaʼni, hayotingizning barcha sohalarida Alloh nozil qilgan dastur–Qurʼoni Karimga ergashinglar, deyilsa, ular:

«Yoʻq! Biz otalarimizni nimaning ustida topsak, oʻshanga ergashurmiz», derlar».

Yoʻq! Biz Alloh nozil qilgan narsaga ergashmaymiz. Biz ilohiy dasturga–Qurʼonga ergashmaymiz. Otalarimiz nimaga ergashgan boʻlsa, oʻsha narsaga ergashamiz, deydilar. Ushbu gaplaridanoq ularning kim ekanini bilib olsa boʻladi.

Ularda na ilm bor, na hidoyat bor va na yoʻl yorituvchi kitob bor. Ular oʻzgalarga koʻr-koʻrona ergashadilar, xolos. Boʻlmasa, ilmga asoslangan, ilohiy hidoyatli boʻlgan, ikki dunyo yoʻlini yorituvchi Qurʼondek kitob dastur qilingan Islomga ergashmaymiz, dermidilar?! Shuning uchun ham, oyatning soʻngida inkor etuvchi savol berilmoqda:

«Agar shayton ularni doʻzax azobiga chaqirayotgan boʻlsa ham-a?!»

Alloh nozil qilgan narsani qoʻyib, unga ergashaveradilarmi?! Ergashsalar, ergashaversinlar. Kim shayton chaqirigʻiga ergashsa, uni doʻzax azobiga yetaklab boradi.