۞ وَمَن يُسْلِمْ وَجْهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَـٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim go`zal amallarni qilguvchi bo`lgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.Ким гўзал амалларни қилгувчи бўлган ҳолида Аллоҳга юз тутса, батаҳқиқ, у ишончли арқонни маҳкам тутибди. Ишларнинг оқибати фақат Аллоҳга қайтур.Alauddin Mansour: Kim chiroyli amal qilguvchi boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlar oxir-oqibatda yolgʻiz Allohga borur.Ким чиройли амал қилгувчи бўлган ҳолида ўзини Аллоҳга топширса, бас, у мустаҳкам халқани ушлабди. Барча ишлар охир-оқибатда ёлғиз Аллоҳга борур.
Kim Allohga yuz tutsa, yaʼni ixlos bilan amal qilib, Uning amriga boʻysunib, shariatiga ergashsa:
«batahqiq, u ishonchli arqonni maxkam tutibdi».
Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «alurvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland togʻ choʻqqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish oʻsha choʻqqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga oʻxshar ekan. Choʻqqiga chiqmoqchi boʻlgan odam endi arqondan koʻngli toʻq boʻlaversin. Bu yogʻi oʻziga bogʻliq, harakat qilsa, choʻqqiga albatta chiqadi.
«Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.»
Shuning uchun, avval boshdan Unga iymon keltirib, U zot nozil qilgan Qurʼonga ergashaverish kerak.
Ey Paygʻambarim!