QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят23

وَمَن كَفَرَ فَلَا يَحْزُنكَ كُفْرُهُۥٓ ۚ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni o`ta bilguvchidir.Ким куфр келтирса, унинг куфри сени хафа қилмасин. Қайтишлари фақат Бизгадир. Бас, Биз уларга нима амал қилганлари хабарини берурмиз. Албатта, Аллоҳ қалблардаги нарсаларни ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: Kim kofir boʻlsa, bas, sizni (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), uning kufri gʻamgin qilmasin. Ular Oʻzimizga qaytajaklar, bas, Biz ularga qilgan amallarining xabarini berurmiz. Zero, Alloh dillardagi sirlarni bilguvchidir.Ким кофир бўлса, бас, сизни (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), унинг куфри ғамгин қилмасин. Улар Ўзимизга қайтажаклар, бас, Биз уларга қилган амалларининг хабарини берурмиз. Зеро, Аллоҳ диллардаги сирларни билгувчидир.

413-sahifa · 21-juz · 42-hizb413-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимكَفَرَkufr keltirsaкуфр келтирсаفَلَاbas, ...masinбас, ...масинيَحْزُنكَseni xafa qilmasinсени хафа қилмасинكُفْرُهُۥٓ ۚuning kufriунинг куфриإِلَيْنَاBizgadirБизгадирمَرْجِعُهُمْularning qaytishlariуларнинг қайтишлариفَنُنَبِّئُهُمbas, Biz xabar berurmizбас, Биз хабар берурмизبِمَاnimaniниманиعَمِلُوٓا۟ ۚular amal qilganlariулар амал қилганлариإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۢoʻta bilguvchidirўта билгувчидирبِذَاتِichidagi narsalarniичидаги нарсаларниٱلصُّدُورِqalblar (koʻkraklar)қалблар (кўкраклар)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasallidan iboratdir. Alloh taolo u zotga xitob qilib, ey habibim, «Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin», demoqda. Kofirning holati xafa boʻlishga ham arzimaydi. Unga eʼtibor berib oʻtirishning hojati yoʻq. Ular bilan mashgʻul boʻlib qolmaslik kerak. «Qaytishlari faqat Bizgadir.» Bizdan oʻzgaga qaytmaslar, qochib ham qutula olmaslar. «Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz.» Qanday qilib kufr keltirdilar, qanday gunohlar qildilar– hammasining xabarini beramiz. Jazosini ham beramiz. «Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni oʻta bilguvchidir.» Alloh taolo yuzaga chiqqan amallar u yoqda tursin, birovga bildirilmay qalbda tutilgan sirlarni-da juda yaxshi bilguvchi zotdir. Bas, shunday ekan, Undan biror narsani berkitib boʻlarmidi?!