نُمَتِّعُهُمْ قَلِيلًا ثُمَّ نَضْطَرُّهُمْ إِلَىٰ عَذَابٍ غَلِيظٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra qattiq azobga majbur qilurmiz.Уларни бир оз ҳузурлантирурмиз, сўнгра қаттиқ азобга мажбур қилурмиз.Alauddin Mansour: Biz ularni (bu dunyoda) ozgina (muddat) foydalantirib, soʻngra qattiq azobni (totishga) majbur qilurmiz!Биз уларни (бу дунёда) озгина (муддат) фойдалантириб, сўнгра қаттиқ азобни (тотишга) мажбур қилурмиз!
Kofir va mushriklarni bu dunyoda qoʻyib berib, bir oz huzurlantiramiz. Soʻngra oxiratda shiddatli, qattiq azobga duchor qilamiz. Nima boʻlganida ham, ularning yomon oqibatga uchrashlari turgan gap. Chunki, ular «ishonchli arqonni» mustahkam tutmagan odamlardir. Ular choʻqqiga chiqa olmay, yiqilishlari turgan gap. Ular oʻrgimchakning uyasi kabi zaif, hech narsaga arzimaydigan arqonni tutgan odamlardir.
Ular Alloh taolo toʻgʻrisida kufr, nifoq va boshqa yomon soʻzlar bilan tortishib yuradilar, lekin: