QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят25

وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb so`rasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin», deb ayt. Yo`q! Ko`plari bilmaslar.Агар улардан: «Осмонлару ерни ким яратган?» деб сўрасанг, албатта, «Аллоҳ», дерлар. Сен: «Аллоҳга ҳамд бўлсин», деб айт. Йўқ! Кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar ulardan «Osmonlar va Yerni kim yaratgan?», deb soʻrasangiz albatta «Alloh», derlar. Siz «Allohga hamdu-sano boʻlsin», deng. Yoʻq, ularning koʻplari ana oʻsha Allohgagina ibodat qilish zarur ekanini bilmaslar.Қасамки, агар улардан «Осмонлар ва Ерни ким яратган?», деб сўрасангиз албатта «Аллоҳ», дерлар. Сиз «Аллоҳга ҳамду-сано бўлсин», денг. Йўқ, уларнинг кўплари ана ўша Аллоҳгагина ибодат қилиш зарур эканини билмаслар.

413-sahifa · 21-juz · 42-hizb413-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنva agarва агарسَأَلْتَهُمulardan soʻrasangулардан сўрасангمَّنْkimкимخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниلَيَقُولُنَّalbatta, derlarалбатта, дерларٱللَّهُ ۚAllohАллоҳقُلِsen aytсен айтٱلْحَمْدُhamdҳамдلِلَّهِ ۚAllohga boʻlsinАллоҳга бўлсинبَلْyoʻq! balkiйўқ! балкиأَكْثَرُهُمْkoʻplariкўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Har bir inson insof bilan oʻzining kimligini, atrofidagi mavjudotlarni mulohaza qilib, fikr yuritib, oʻylab koʻrsa, bor haqiqatni anglab yetadi. Shuning uchun ham: «Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb soʻrasang...» Oʻylab, tafakkur qilib koʻrib, osmonlaru yerni Alloh taolodan boshqa hech kim yaratmaganini va yarata olmasligini tushunib yetadilar hamda Alloh taoloning xoliqligini tan olib: «...albatta, «Alloh», derlar». Yaʼni, osmonlaru yerni Alloh yaratgan, deydilar. Ana shu paytda sen ular bunday eʼtirofga majbur boʻlganlari uchun: «Allohga hamd boʻlsin», deb ayt». Alhamdulilloh, eʼtirof qildingiz. Alloh osmonlaru yerni yaratganini tan oldingiz, deb ayt. «Yoʻq! Koʻplari bilmaslar.» Ularning koʻplari bu haqiqatni bilmaydilar. Shuning uchun ham, tortishadilar, kufr keltiradilar va mushrik boʻladilar. Ular bilmasalar, oʻzlariga zarar.