لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Албатта, Аллоҳ Ўзи беҳожат ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Albatta Allohning Oʻzigina behojat va hamdu sanoga loyiq Zotdir.Осмонлар ва Ердаги бор нарсалар Аллоҳникидир. Албатта Аллоҳнинг Ўзигина беҳожат ва ҳамду санога лойиқ Зотдир.
Kofirlar xohlaydimi, yoʻqmi, eʼtirof qiladimi, yoʻqmi, aslida, osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohning mulkidir.
«Albatta, Alloh Oʻzi behojat va maqtalgan zotdir.»
Odamlarning iymoniga, shukriga Uning hojati yoʻq. Alloh taolo odamlarning hamdu sanosiga, maqtoviga ham muhtoj emas. U aslida maqtalgan zotdir.