وَلَوْ أَنَّمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَـٰمٌ وَٱلْبَحْرُ يَمُدُّهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ سَبْعَةُ أَبْحُرٍ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَـٰتُ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar bo`lib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) bo`lsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.Агар ер юзидаги дарахтнинг барчаси қаламлар бўлиб, денгиз — унинг ортида етти денгиз мадад бериб туриб — (сиёҳ) бўлса ҳам, Аллоҳнинг калималари битмас. Албатта, Аллоҳ Азийз ва Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Agar Yer yuzidagi bor dov-daraxt qalamlar boʻlib, dengiz (siyoh boʻlsa va) undan soʻng yana yetti dengiz yordamga kelsa, Allohning soʻzlari tugab-bitmas. Albatta Alloh qudrat va hikmat Egasidir.Агар Ер юзидаги бор дов-дарахт қаламлар бўлиб, денгиз (сиёҳ бўлса ва) ундан сўнг яна етти денгиз ёрдамга келса, Аллоҳнинг сўзлари тугаб-битмас. Албатта Аллоҳ қудрат ва ҳикмат Эгасидир.
Odamlar bilib-bilmay, turli-tuman gaplarni gapiraveradilar. Lekin odamlarning qurbi, umri, imkoniyatlari chegaralangandir. Shuningdek, gapirish quvvatlari ham cheklangan boʻladi.
Ammo, Alloh taoloning ilmi, qudrati, imkoniyati cheksiz boʻlganidek, soʻzlari ham cheksizdir. Agar borliqdagi hamma dov-daraxt qalamga aylantirilsa va dunyodagi barcha suv siyoh qilinsa, yana unga yetti barobari qoʻshilib oʻsha qalamlar oʻsha siyohlarga botirilib Allohning soʻzlari yozilsa, qalamlar ado boʻladi, dengiz-dengiz siyohlar ham tugaydi, ammo Alloh taoloning soʻzlari tamom boʻlmaydi. Ha:
«Albatta, Alloh aziz va hakiymdir».
U hammadan gʻolib, ustun va har bir ishni hikmat ila qiladi.
Shuning uchun, Unga: