مَّا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍ وَٰحِدَةٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchidir.Сизларни яратиш ҳам, қайта тирилтириш ҳам фақат бир жонни (яратиш ва қайта тирилтириш) кабидир. Албатта, Аллоҳ ўта эшитгувчи ва ўта кўргувчидир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (Qiyomat Kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) oʻzginasidir (yaʼni, shu qadar osondir). Zero, Alloh eshitguvchi, koʻrguvchidir.(Эй инсонлар), сизларни (барчангизни аввал бошда) яратиш ҳам, (Қиёмат Кунида) қайта тирилтириш ҳам худди бир жонни (яратиш ва қайта тирилтиришнинг) ўзгинасидир (яъни, шу қадар осондир). Зеро, Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчидир.
Dunyoda odamlarning koʻpligidan, buncha odamni Alloh taolo qanday yarata oladi, degan xayolga borilmasin. Dunyodan oʻtgan odamlarning koʻpligidan Alloh shuncha oʻlikni qanday qilib qayta tiriltirar ekan, degan shubha uygʻonmasin. Dunyodagi barcha odamlarni yaratish, barcha oʻliklarni qayta tiriltirish Alloh taolo uchun hech narsa emas. Ularning hammasini yaratish va qayta tiriltirish uning uchun bir jonni yaratish yoki qayta tiriltirish kabidir. Bir jonni yaratish yoki qayta tiriltirish Alloh uchun ish emas, «Boʻl» desa, kifoya, boʻladi.