فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَٱنتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan yuz o`gir va muntazir bo`l. Albatta, ular ham muntazirdirlar.Бас, улардан юз ўгир ва мунтазир бўл. Албатта, улар ҳам мунтазирдирлар.Alauddin Mansour: Soʻng siz ulardan yuz oʻgiring va (ularga keladigan azobga) koʻz tuting! Zero, ular ham koʻz tutguvchidirlar.Сўнг сиз улардан юз ўгиринг ва (уларга келадиган азобга) кўз тутинг! Зеро, улар ҳам кўз тутгувчидирлар.
Bu xitoblar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tegishlidir.
Koʻrib oʻtganimizdek, «Sajda» surasida har bir inson doimo esda tutishi va hayotda tez-tez eslab turishi lozim boʻlgan maʼnolar oʻziga xos uslub bilan keltirilgandir. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu surai karimani namozda va har kuni yotishlaridan oldin oʻqir edilar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kuni bomdod namozida «Sajda» surasi bilan «Hal ata alal-insani» surasini oʻqir edilar», deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda esa: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam «Sajda» va «Taborak» surasini oʻqimasdan uxlamas edilar», deyilgan.