قُلْ يَوْمَ ٱلْفَتْحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِيمَـٰنُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.Сен: «Фатҳ куни куфр келтирганларга иймонлари манфаат бермас ва уларга муҳлат ҳам берилмас», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Fath kunida kofir boʻlgan kimsalarga iymon keltirishlari foyda bermay qolur va ularga (tavba-tazarruʼ qilish uchun muhlat ham berilmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Фатҳ кунида кофир бўлган кимсаларга иймон келтиришлари фойда бермай қолур ва уларга (тавба-тазарруъ қилиш учун муҳлат ҳам берилмас.
Yaʼni, fath kuni kelishi aniq. Ammo u kunda kofirlar iymonga kelsalar-da, foydasi yoʻq. Tavba qilib olaylik, desalar, muhlat berilmaydi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri doʻzaxga tashlanadilar.