هُنَالِكَ ٱبْتُلِىَ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَزُلْزِلُوا۟ زِلْزَالًا شَدِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunda mo`minlar sinovga duchor bo`ldilar va shiddatli larzaga tushdilar.Ана шунда мўминлар синовга дучор бўлдилар ва шиддатли ларзага тушдилар.Alauddin Mansour: Ana oʻsha joyda moʻminlar (yana bir bor) imtihon qilindilar va (bu dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.Ана ўша жойда мўминлар (яна бир бор) имтиҳон қилиндилар ва (бу даҳшатдан) қаттиқ ларзага тушдилар.
Darhaqiqat, musulmonlar qurshov ichida qoldilar. Ular shahar atrofida xandaq qazib, himoyalanishdi. Dushman hamma tomondan xavf solib turdi. Kechayu kunduzning farqi yoʻq boʻlib qoldi. Mushriklar birin-ketin kelib, musulmonlar gʻaflatda qolgan vaqtda xandaqdan oʻtishga chora axtarar edilar. Musulmonlar esa, hushyorlikni qoʻldan bermay, kechayu kunduz jangga shay turardilar. Hatto, baʼzan namoz oʻqishga ham vaqt topa olmay qolishdi.
Buning ustiga, yahudiy qabilasi Bani Qurayza xiyonat qilib, ahdni buzdi, dushmanga qoʻshilib ketdi. Musulmonlar ichida turgan bu xoinlar har lahzada katta musiybatlar yogʻdirishlari mumkin edi.
Musulmonlar duchor boʻlgan sinov, ularni larzaga solgan holat shu edi.