QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят12

وَإِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ مَّا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ إِلَّا غُرُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda munofiqlar va qalblarida kasallik borlar: «Alloh va Uning Rasuli bizga yolg`ondan boshqani va'da qilmagan ekan», derdilar.Ўшанда мунофиқлар ва қалбларида касаллик борлар: «Аллоҳ ва Унинг Расули бизга ёлғондан бошқани ваъда қилмаган экан», дердилар.Alauddin Mansour: Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlgan (yaʼni, eʼtiqodlari zaif boʻlgan) kimsalar: «Alloh va Uning paygʻambari bizlarga faqat yolgʻon vaʼda qilgan ekanlar», deya boshladilar.Ўшанда мунофиқлар ва дилларида мараз бўлган (яъни, эътиқодлари заиф бўлган) кимсалар: «Аллоҳ ва Унинг пайғамбари бизларга фақат ёлғон ваъда қилган эканлар», дея бошладилар.

419-sahifa · 21-juz · 42-hizb419-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаيَقُولُderdilarдердиларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларفِى-da-даقُلُوبِهِمqalblaridaқалбларидаمَّرَضٌۭkasallikкасалликمَّاemasэмасوَعَدَنَاbizga vaʼda qilganбизга ваъда қилганٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥٓva Uning Rasuliва Унинг Расулиإِلَّاboshqaniбошқаниغُرُورًۭاyolgʻondanёлғондан
TafsirТафсир

Mana shunaqa qiyin holatlarda doimo munofiqlar va qalbida marazi borlar, iymoni zaiflar pand beradilar. Ular bekinib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan izn soʻramay, safarbarlikdan ketib qolganlari ham yetmaganidek, moʻminlar ichiga gʻulgʻula solib:

«Alloh va Uning Rasuli bizga yolgʻondan boshqani vaʼda qilmagan ekan», derdilar».

Ularning vakili Mutʼab ibn Qushayr: «Muhammad bizga Kisro va Qaysarning xazinalarini yeyishimizni vaʼda qilar edi. Lekin bugun biror kishining eson-omon tahoratga borib kelishiga ham ishonmay qoldik-ku?!» dedi. Bunday kishilar doimo yengillik yo gʻalaba boʻlsagina, musulmonlar bilan turadilar. Ogʻirlik va magʻlubiyat ehtimoli yuzaga kelsa, iymonlari zaifligi va nifoqlari darhol bilinadi.