QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят13

وَإِذْ قَالَت طَّآئِفَةٌ مِّنْهُمْ يَـٰٓأَهْلَ يَثْرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمْ فَٱرْجِعُوا۟ ۚ وَيَسْتَـْٔذِنُ فَرِيقٌ مِّنْهُمُ ٱلنَّبِىَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوْرَةٌ وَمَا هِىَ بِعَوْرَةٍ ۖ إِن يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yo`q. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn so`rab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.Ўшанда улардан бир тоифаси: «Эй, Ясриб аҳли, бу ерда сизга туриш имкони йўқ. Бас, қайтинглар», деди. Улардан бир гуруҳлари Набийдан изн сўраб: «Уйларимиз очиқ-сочиқ қолган», дерлар. Ҳолбуки, улар очиқ-сочиқ эмас. Улар қочишдан бошқани ирода қилмаслар.Alauddin Mansour: Oʻshanda ulardan bir toifa odam dedi: «Ey Yasrib (yaʼni, Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar koʻp sonli yovga qarshi) turish imkoni yoʻqdir, bas, (oʻz uylaringizga) qaytib ketinglar». Ulardan yana bir guruh esa «Uylarimiz ochiq-sochiq (qolgan edi)», deb paygʻambardan izn soʻrardilar. Holbuki, (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jang maydonidan) qochishnigina istardilar.Ўшанда улардан бир тоифа одам деди: «Эй Ясриб (яъни, Мадина) аҳли, сизлар учун (бу қадар кўп сонли ёвга қарши) туриш имкони йўқдир, бас, (ўз уйларингизга) қайтиб кетинглар». Улардан яна бир гуруҳ эса «Уйларимиз очиқ-сочиқ (қолган эди)», деб пайғамбардан изн сўрардилар. Ҳолбуки, (уйлари) очиқ-сочиқ эмас эди. Улар фақат (жанг майдонидан) қочишнигина истардилар.

419-sahifa · 21-juz · 42-hizb419-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаقَالَتdediдедиطَّآئِفَةٌۭbir toifasiбир тоифасиمِّنْهُمْulardanуларданيَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиيَثْرِبَYasribЯсрибلَاyoʻqйўқمُقَامَturish imkoniтуриш имкониلَكُمْsizgaсизгаفَٱرْجِعُوا۟ ۚbas, qaytinglarбас, қайтингларوَيَسْتَـْٔذِنُva izn soʻraydilarва изн сўрайдиларفَرِيقٌۭbir guruhlariбир гуруҳлариمِّنْهُمُulardanуларданٱلنَّبِىَّNabiydanНабийданيَقُولُونَdeydilarдейдиларإِنَّalbattaалбаттаبُيُوتَنَاuylarimizуйларимизعَوْرَةٌۭochiq-sochiq qolganочиқ-сочиқ қолганوَمَاva emasва эмасهِىَularуларبِعَوْرَةٍ ۖochiq-sochiqочиқ-сочиқإِنemasэмасيُرِيدُونَiroda qilurlarирода қилурларإِلَّاboshqaniбошқаниفِرَارًۭاqochishdanқочишдан
TafsirТафсир

«Yasrib» Madiynai Munavvaraning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelmaslaridan avvalgi nomi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga hijrat qilganlaridan soʻng bu shahar «Rasulning shahri» maʼnosida «Madinatur-Rasul» deb ataldi va asta-sekin «Madiyna» boʻlib ketdi.

«Oʻshanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yoʻq. Bas, qaytinglar», dedi.»

Oʻsha qiyinchilik, sinov davrida munofiqlar va iymoni zaiflardan bir toifasi: ey, Madiyna ahli, bu yerda dushman qarshisida turishga imkoningiz yoʻq, baribir yoʻq boʻlasiz, undan koʻra, vaqtning borida janggohdan uylaringizga qaytinglar, dedi.

«Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn soʻrab: «Uylarimiz ochiq- sochiq qolgan», derlar.»

Yaʼni, ularning yana boshqa bir guruhlari, aniqrogʻi, Avs ibn Qayziy va odamlari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey, Allohning Rasuli, haqiqatan ham uylarimiz ochiq-sochiq qolgan. Bizga ortga qaytishimizga izn ber. Uyjoylarimizga boraylik. Ular Madiynaning tashqarisida», dedilar.

Lekin Alloh taolo hamma narsani, hatto dilda yashiringan sirlarni ham biladigan zot, ularning yolgʻonchi ekanini fosh etmoqda.

«Holbuki, ular ochiq-sochiq emas.»

Bu munofiq va iymoni zaiflar qochish bahonasida shu gapni toʻqishmoqda, xolos.

«Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar.»

Koʻrdilarki, ish ogʻir, fidokorlik talab qilyapti. Shuning uchun, qochishga bahona toʻqishdi.