وَلَوْ دُخِلَتْ عَلَيْهِم مِّنْ أَقْطَارِهَا ثُمَّ سُئِلُوا۟ ٱلْفِتْنَةَ لَـَٔاتَوْهَا وَمَا تَلَبَّثُوا۟ بِهَآ إِلَّا يَسِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularning ustiga u(Madina)ning har tarafidan bostirib kirilsa, so`ngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, uni qiladilar. Hech kechikmaslar. Magar ozginagina.Агар уларнинг устига у(Мадина)нинг ҳар тарафидан бостириб кирилса, сўнгра улардан фитна талаб қилинса, албатта, уни қиладилар. Ҳеч кечикмаслар. Магар озгинагина.Alauddin Mansour: Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan (bostirib) kirilsa-da, soʻngra ulardan fitna (yaʼni, musulmonlarga xiyonat qilish) talab qilinsa, shak-shubhasiz, ular koʻp (ikkilanib) turmasdan (xiyonatga rozilik) bergan boʻlur edilar.Агар уларнинг (мунофиқларнинг) устига (Мадинанинг турли) томонларидан (бостириб) кирилса-да, сўнгра улардан фитна (яъни, мусулмонларга хиёнат қилиш) талаб қилинса, шак-шубҳасиз, улар кўп (иккиланиб) турмасдан (хиёнатга розилик) берган бўлур эдилар.
Yaʼni, oʻsha munofiq va iymoni zaiflarning ustiga dushman Madiynaning har tomonidan bostirib kirib, fitnani–dindan qaytish va musulmonlarga qarshi urushishni talab etsa, darhol oʻsha ishni qilar edilar. Hech ikkilanmay qilardilar. Kechiksalar ham, ozgina vaqtga kechikardilar. Yoki ozginalari kechikar edi..