وَلَقَدْ كَانُوا۟ عَـٰهَدُوا۟ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ لَا يُوَلُّونَ ٱلْأَدْبَـٰرَ ۚ وَكَانَ عَهْدُ ٱللَّهِ مَسْـُٔولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Holbuki, ular bundan oldin ortga qarab qochmaslikka Allohga ahd bergan edilar. Allohga ahd esa, mas'uliyat bo`lgandir.Ҳолбуки, улар бундан олдин ортга қараб қочмасликка Аллоҳга аҳд берган эдилар. Аллоҳга аҳд эса, масъулият бўлгандир.Alauddin Mansour: Holbuki, ular ilgari ortga chekinmasliklari haqida Allohga axdu paymon bergan, Allohga berilgan ahdu paymon esa (Qiyomat Kunida) soʻralguvchi edi.Ҳолбуки, улар илгари ортга чекинмасликлари ҳақида Аллоҳга ахду паймон берган, Аллоҳга берилган аҳду паймон эса (Қиёмат Кунида) сўралгувчи эди.
Bu qavm, ketish uchun yolgʻon toʻqigan Avs ibn Qayziyning qabilasi Bani Horisadir. Ular Uhud urushida ham ortga qarab qochmoqchi boʻlgan edilar. Keyin esa, ortga qochmaslik haqida Allohga ahd bergan edilar. Oʻshanda Alloh ularni Oʻz rahmatiga olib, kechirgan edi.
«Allohga ahd esa, masʼuliyat boʻlgandir.»
Bir vaqt kelib, albatta, u haqda soʻraladilar. Unutib yuborilmaydi. Mana, endi Xandaq urushida oʻsha masʼuliyat yuzaga chiqdi. Qiyomat kunida esa, albatta, Allohga berilgan ahdga vafo qilindimi, yoʻqmi, soʻroq-savol boʻladi.
Ey Nabiy!