قُل لَّن يَنفَعَكُمُ ٱلْفِرَارُ إِن فَرَرْتُم مِّنَ ٱلْمَوْتِ أَوِ ٱلْقَتْلِ وَإِذًا لَّا تُمَتَّعُونَ إِلَّا قَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Qochish sizga hech qanday foyda bermas. Demak, agar o`limdan yoki qatl bo`lishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.Сен: «Қочиш сизга ҳеч қандай фойда бермас. Демак, агар ўлимдан ёки қатл бўлишдан қочсангиз ҳам, жуда оз ҳузурланасиз, холос», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biron foyda bermas, (yaʼni, faqat ajallaringiz bitgunicha oʻlimdan qochishlaringiz mumkin) demak, sizlar juda oz (yaʼni, ajallaringiz yetguncha) foydalanursizlar, xolos.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар сизлар ўлишдан ё ўлдирилишдан қочсангизлар, бу қочиш сизларга бирон фойда бермас, (яъни, фақат ажалларингиз битгунича ўлимдан қочишларингиз мумкин) демак, сизлар жуда оз (яъни, ажалларингиз етгунча) фойдаланурсизлар, холос.
Bu oyati karima ahdni buzib, oʻlimdan qoʻrqib, oʻldirilishdan xavfsirab, urush maydonidan qochishni oʻziga ravo koʻradigan munofiq va iymoni zaiflarning notoʻgʻri tasavvurini tahqirlab, bu masaladagi Islomning boqiy qoidasini eʼlon qilmoqda. Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob etib, oʻsha munofiq va iymoni zaiflarga:
«Qochish sizga hech qanday foyda bermas», deb aytishlarini buyurmoqda. Oʻlimdan qochib qayerga ham borar edi? Alloh taoloning taqdir qilganidan qochib boʻlarmidi? Oʻlim ham Allohning taqdiri, Allohdan ajal kelmasa, pashsha ham oʻlmaydi. Allohdan ajal kelsa, podshoh ham qolmaydi. Shunday boʻlganidan keyin, urush maydonini tashlab, qayoqqacha borish mumkin? Qochish hech qanday foyda bermaydi. Urushda qolganning ajali tezlashib, urushdan qochganning ajali ortga surilmaydi.
«Demak, agar oʻlimdan yoki qatl boʻlishdan qochsangiz ham, juda oz huzurlanasiz, xolos», deb ayt.»
Har bir keluvchi narsa yaqindir. Oʻlim ham keluvchidir, demak, u yaqindir. Har bir matoh ozdir. Dunyoning huzuri ham matohdir, demak, u ozdir.