QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят17

قُلْ مَن ذَا ٱلَّذِى يَعْصِمُكُم مِّنَ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَ بِكُمْ سُوٓءًا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ رَحْمَةً ۚ وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar sizga Alloh yomonlikni iroda qilsa yoki sizga rahmatni iroda qilsa, sizlarni Undan to`sadigan kim bor?!» deb ayt. Ular o`zlariga Allohdan o`zga do`st va yordam berguvchi topa olmaslar.Сен: «Агар сизга Аллоҳ ёмонликни ирода қилса ёки сизга раҳматни ирода қилса, сизларни Ундан тўсадиган ким бор?!» деб айт. Улар ўзларига Аллоҳдан ўзга дўст ва ёрдам бергувчи топа олмаслар.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa, qay bir kimsa sizlarni undan asray olur, yoki U zot sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni toʻsa olur)?!» Ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga biron doʻst, biron yordamchi topa olmaslar.Айтинг: «Агар Аллоҳ сизларга ёмонликни ирода қилса, қай бир кимса сизларни ундан асрай олур, ёки У зот сизларга марҳаматни ирода қилса (ким уни тўса олур)?!» Улар ўзлари учун Аллоҳдан ўзга бирон дўст, бирон ёрдамчи топа олмаслар.

420-sahifa · 21-juz · 42-hizb420-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтمَنkimкимذَاborборٱلَّذِىoʻshakiўшакиيَعْصِمُكُمsizlarni toʻsadiganсизларни тўсадиганمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohdanАллоҳданإِنْagarагарأَرَادَiroda qilsaирода қилсаبِكُمْsizgaсизгаسُوٓءًاyomonlikniёмонликниأَوْyokiёкиأَرَادَiroda qilsaирода қилсаبِكُمْsizgaсизгаرَحْمَةًۭ ۚrahmatniраҳматниوَلَاva emasва эмасيَجِدُونَtopurlarтопурларلَهُمoʻzlarigaўзларигаمِّن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohdanАллоҳданوَلِيًّۭاdoʻstдўстوَلَاva emasва эмасنَصِيرًۭاyordam berguvchiёрдам бергувчи
TafsirТафсир

Ey, munofiqlar, ey, iymoni zaiflar, agar Alloh sizga yomonlikni iroda qilsa, Undan sizni toʻsadigan kim bor?! Ayting-chi, Allohning irodasiga qarshi chiqa oladigan, sizdan oʻsha, Alloh iroda qilgan yomonlikni toʻsib qoladigan kim bor? Agar Alloh sizga oʻlimni yoki qatl etilishni iroda qilgan boʻlsa, qochsangiz ham, qochmasangiz ham, baribir oʻlasiz. Bu oʻlimni sizdan hech kim qaytara olmaydi.

Shuningdek, agar Alloh sizga rahmatni–yaxshilikni iroda qilsa, uni sizdan toʻsadigan kim bor?! Allohning irodasiga qarshi chiqib, sizga yetayotgan rahmatni toʻsib qoʻya oladigan biror zot bormi?! Agar Alloh sizga hayotni iroda qilgan boʻlsa, kim ham sizni oʻldira olardi.

«Ular oʻzlariga Allohdan oʻzga doʻst va yordam berguvchi topa olmaslar.»

Lekin ular ushbu doʻst va yordamchi Zotga bergan ahdlariga xiyonat qilib, jang maydonidan qochib ketmoqdalar. Kishilarning jihodga boʻlgan shashtlarini pasaytirmoqdalar. Ularga turli boʻlmagʻur gaplarni aytmoqdalar.