۞ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلْمُعَوِّقِينَ مِنكُمْ وَٱلْقَآئِلِينَ لِإِخْوَٰنِهِمْ هَلُمَّ إِلَيْنَا ۖ وَلَا يَأْتُونَ ٱلْبَأْسَ إِلَّا قَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) to`siqlik qilguvchilarni ham va o`z birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.Батаҳқиқ, Аллоҳ ичингиздаги (жидду жаҳдга) тўсиқлик қилгувчиларни ҳам ва ўз биродарларига: «Биз томон келинг», деювчиларни ҳам билур. Улар жангга келмаслар, илло, озгина келурлар.Alauddin Mansour: Alloh sizlarning orangizdagi (jihodga) toʻsqinlik qiladigan va oʻz doʻstlariga «Biz tomonga oʻtinglar», deydigan kimsalarni aniq bilur. Ular jangga kamdan-kam holdagina kelurlar.Аллоҳ сизларнинг орангиздаги (жиҳодга) тўсқинлик қиладиган ва ўз дўстларига «Биз томонга ўтинглар», дейдиган кимсаларни аниқ билур. Улар жангга камдан-кам ҳолдагина келурлар.
Yaʼni, Alloh taolo hamma narsani bilib turguvchi zot. Sizning ichingizda odamlarning jihodiga toʻsqinlik qiluvchi, ularning shashtini qaytaruvchi munofiqlar va iymoni zaiflar borki, ularni yaxshi biladi. «Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jihodga) toʻsiqlik qilguvchilarni ham» biladi. Ularning nima qilayotganlarini koʻrib, nima deyayotganlarini eshitib turibdi. Shuningdek, Alloh ularning orasidagi oʻzlariga oʻxshagan kofir va munofiqlarga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur». Yaʼni, Muhammadga qoʻshilmanglar, deyayotganini eshitib turibdi. «Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar.» U odamlar aslo jangga kelmaslar. Kelsalar ham, xoʻja koʻrsinga bir ozginaga kelib, bir chetdan qaytadilar. Agar, mabodo kelsalar ham,