QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят19

أَشِحَّةً عَلَيْكُمْ ۖ فَإِذَا جَآءَ ٱلْخَوْفُ رَأَيْتَهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ تَدُورُ أَعْيُنُهُمْ كَٱلَّذِى يُغْشَىٰ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ۖ فَإِذَا ذَهَبَ ٱلْخَوْفُ سَلَقُوكُم بِأَلْسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى ٱلْخَيْرِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَمْ يُؤْمِنُوا۟ فَأَحْبَطَ ٱللَّهُ أَعْمَـٰلَهُمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chog`da ularning senga o`lim talvasasidagi kishiga o`xshab, ko`zlari aylanib nazar solishlarini ko`rursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochko`zlik qilib, sizlarga o`tkir tillar ila ozor berurlar. Ana o`shalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi.Сизларга нисбатан бахиллик қилган ҳолларида (келурлар). Бас, хавф келган чоғда уларнинг сенга ўлим талвасасидаги кишига ўхшаб, кўзлари айланиб назар солишларини кўрурсан. Бас, хавф кетганда эса, яхшиликка очкўзлик қилиб, сизларга ўткир тиллар ила озор берурлар. Ана ўшалар, иймон келтирмаганлардир. Бас, Аллоҳ амалларини беҳуда кетказди. Бу эса, Аллоҳ учун осон эди.Alauddin Mansour: Sizlarga (yaʼni, sizlarning gʻalaba qozonib, oʻljalarga ega boʻlishingizga) baxilliklari kelgan holdagina kelurlar. Bas, qachon (yov tomonidan) xavf kelsa, siz ularni oʻlim oʻrab (shaytonlab) qolgan kimsa kabi koʻzlari oʻynab, siz tomonga qarayotganlarini koʻrursiz. Endi qachon xavf ketsa, ular yaxshilik (yaʼni, oʻljalar) ustida ochkoʻzlik qilib sizlarni oʻtkir tillar bilan ranjiturlar. Ular (sidqidildan) iymon keltirmaganlar, bas, (shu sababli) Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Bu Allohga oson boʻlgan ishdir.Сизларга (яъни, сизларнинг ғалаба қозониб, ўлжаларга эга бўлишингизга) бахилликлари келган ҳолдагина келурлар. Бас, қачон (ёв томонидан) хавф келса, сиз уларни ўлим ўраб (шайтонлаб) қолган кимса каби кўзлари ўйнаб, сиз томонга қараётганларини кўрурсиз. Энди қачон хавф кетса, улар яхшилик (яъни, ўлжалар) устида очкўзлик қилиб сизларни ўткир тиллар билан ранжитурлар. Улар (сидқидилдан) иймон келтирмаганлар, бас, (шу сабабли) Аллоҳ уларнинг амалларини беҳуда кетказди. Бу Аллоҳга осон бўлган ишдир.

420-sahifa · 21-juz · 42-hizb420-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَشِحَّةًbaxillik qilgan hollaridaбахиллик қилган ҳолларидаعَلَيْكُمْ ۖsizlarga nisbatanсизларга нисбатанفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkelsaкелсаٱلْخَوْفُxavfхавфرَأَيْتَهُمْularni koʻrasanуларни кўрасанيَنظُرُونَnazar solishlariniназар солишлариниإِلَيْكَsengaсенгаتَدُورُaylanibайланибأَعْيُنُهُمْkoʻzlariкўзлариكَٱلَّذِىu kishiga oʻxshabу кишига ўхшабيُغْشَىٰbehush boʻlayotganбеҳуш бўлаётганعَلَيْهِoʻzidan (ketgan)ўзидан (кетган)مِنَ-dan-данٱلْمَوْتِ ۖoʻlimўлимفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиذَهَبَketsaкетсаٱلْخَوْفُxavfхавфسَلَقُوكُمsizlarga ozor berurlarсизларга озор берурларبِأَلْسِنَةٍtillar ilaтиллар илаحِدَادٍoʻtkirўткирأَشِحَّةًochkoʻzlik qilibочкўзлик қилибعَلَى-ga-гаٱلْخَيْرِ ۚyaxshilikяхшиликأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларلَمْemasэмасيُؤْمِنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларفَأَحْبَطَbas, behuda ketkazdiбас, беҳуда кетказдиٱللَّهُAllohАллоҳأَعْمَـٰلَهُمْ ۚamallariniамаллариниوَكَانَva ediва эдиذَٰلِكَbuбуعَلَىuchunучунٱللَّهِAllohАллоҳيَسِيرًۭاosonосон
TafsirТафсир

Ana oʻsha jang maydonida ozgina vaqtga hozir boʻlganlarida ham:

«Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar)».

Ular sizga nisbatan yomonlik sogʻinganlari uchun, sizning foydangizga vaqtlarini, kuchlarini, molu pullarini va boshqa narsalarini sarflashga baxillik qildilar.

«Bas, xavf kelgan chogʻda ularning senga oʻlim talvasasidagi kishiga oʻxshab, koʻzlari aylanib nazar solishlarini koʻrursan.»

Ular xavfni sezganlarida, xuddi sen ularning oʻlimiga sabab boʻlayotgandek qarashlarini koʻrasan. Ularning bu qarashlari, xavfxatarga bizni sen olib kelding, mana, endi sening gapingga kirib, oʻlib ketadigan boʻldik, deganlarini bildiradi.

«Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochkoʻzlik qilib, sizlarga oʻtkir tillar ila ozor berurlar.»

Urush tugab, dushman yengilib, xavfu xatar ketganida, oʻljadan koʻproq olish payida ochkoʻzlik qilib, sizlarga turli boʻlmagʻur, ozor beruvchi gaplarni aytib, oʻtkir tillarini ishga soladilar. Ularning nima uchun bunday qilishlari keyingi jumlada bayon etiladi:

«Ana oʻshalar, iymon keltirmaganlardir».

«Ana oʻshalar» moʻmin-musulmonlarga qoʻshilib, safarbarlikka chiqadigan, odamlarning jihodga boʻlgan shashtini pasaytiradigan, oʻz birodarlariga, biz tomonga kelinglar, deydigan, urushga ozginasigina keladigan, musulmonlarga baxillik qiladigan, xavf kelganda musulmonlar rahbariga, xuddi, oʻlimimga sen sababsan, degandek nazar soladigan, xavf ketganda, oʻlja talashib urishadiganlar, iymon keltirmagan odamlardir. Ular zohiran oʻzlarini moʻmin-musulmon qilib koʻrsatsalar ham, aslida, iymon keltirmagandirlar. Illat mana shu yerda.

«Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi.»

Chunki, Alloh iymonsiz amalni qabul qilmaydi.

«Bu esa, Alloh uchun oson edi.»