يَحْسَبُونَ ٱلْأَحْزَابَ لَمْ يَذْهَبُوا۟ ۖ وَإِن يَأْتِ ٱلْأَحْزَابُ يَوَدُّوا۟ لَوْ أَنَّهُم بَادُونَ فِى ٱلْأَعْرَابِ يَسْـَٔلُونَ عَنْ أَنۢبَآئِكُمْ ۖ وَلَوْ كَانُوا۟ فِيكُم مَّا قَـٰتَلُوٓا۟ إِلَّا قَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular a'robiylar ichida, cho`lda bo`lib, sizning xabaringizni so`rab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda bo`lganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan bo`lur edilar.Улар аҳзобларни кетмаган деб ҳисобларлар. Агар аҳзоблар яна келсалар, улар аъробийлар ичида, чўлда бўлиб, сизнинг хабарингизни сўраб туришни орзу қилурлар. Агар сизнинг ичингизда бўлганларида ҳам, камдан-кам жанг қилган бўлур эдилар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, munofiqlar qoʻrqoqliklari sababli kofir firqalar Madina atrofidan tarqab ketganlaridan keyin ham) u firqalarni ketmagan, deb oʻylaydilar va agar u firqalar (yana qaytib) qolsalar (munofiqlar shaharda — sizlarning ichingizda emas, balki sahroda) koʻchmanchi badaviylar orasida boʻlib, sizlarning holi-xabarlaringiz haqida soʻrab-bilib turishni doʻst tutadilar. Agar ular sizlarning orangizda boʻlganlarida ham kamdan-kam jang qilgan boʻlur edilar.Улар (яъни, мунофиқлар қўрқоқликлари сабабли кофир фирқалар Мадина атрофидан тарқаб кетганларидан кейин ҳам) у фирқаларни кетмаган, деб ўйлайдилар ва агар у фирқалар (яна қайтиб) қолсалар (мунофиқлар шаҳарда — сизларнинг ичингизда эмас, балки саҳрода) кўчманчи бадавийлар орасида бўлиб, сизларнинг ҳоли-хабарларингиз ҳақида сўраб-билиб туришни дўст тутадилар. Агар улар сизларнинг орангизда бўлганларида ҳам камдан-кам жанг қилган бўлур эдилар.
Oʻsha munofiq va iymoni zaiflar Islom dushmanlarining turli guruh va firqalari Madiynaga bostirib kelganlarida shunchalik qoʻrqqan edilarki, hatto, urush tugab, ahzoblar sharmanda boʻlib, ortlariga qaytib ketsalar ham:
«Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar».
Kofir guruhlarning musulmonlarga hech bir zarar yetkaza olmay qaytib ketganlari munofiqlar va iymoni zaiflarning tasavvuriga sigʻmaydi. Ular ahzoblarni qaytib ketmagan deb hisoblaydilar. Ular shunchalik tubanlikka yetishganki:
«Agar ahzoblar yana kelsalar, ular aʼrobiylar ichida, choʻlda boʻlib, sizning xabaringizni soʻrab turishni orzu qilurlar».
Ha, mabodo, kofirlarning turli firqalari jam boʻlib, yana bir bor qaytib, bostirib kelib qolsalar, munofiqlar va iymoni zaiflar Madiynani tashlab, choʻlga qochib borib, oʻsha yerdagi aʼrobiylarga qoʻshilib olishni va oʻsha yerdan sizga nima boʻlganini soʻrab turishni orzu qiladilar.
Mabodo, sahroga aʼrobiylar ichiga qochib ketmay, Madiynada qolib,
«Agar sizning ichingizda boʻlganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan boʻlur edilar».
Shuning uchun, ularning qilmishidan taʼsirlanmaslik kerak. Ularning boridan yoʻgʻi yaxshi. Sizlar ularga eʼtibor bermanglar. Sizlar uchun eʼtibor berishga loyiq, oʻrnak olishga munosib shaxs bor.