QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят2

وَٱتَّبِعْ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`zingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash. Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.Ва ўзингга Роббингдан ваҳий қилинаётган нарсага эргаш. Албатта, Аллоҳ нима амал қилаётганингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Va (faqat) sizga Parvardigoringiz tomonidan vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta Alloh sizlar qilayotgan amallardan ogoh boʻlgan Zotdir.Ва (фақат) сизга Парвардигорингиз томонидан ваҳий қилинадиган оятларга эргашинг! Албатта Аллоҳ сизлар қилаётган амаллардан огоҳ бўлган Зотдир.

418-sahifa · 21-juz · 42-hizb418-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّبِعْva ergashва эргашمَاnarsagaнарсагаيُوحَىٰٓvahiy qilinayotganваҳий қилинаётганإِلَيْكَoʻzinggaўзинггаمِن-dan-данرَّبِّكَ ۚRobbingdanРоббингданإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурبِمَاnimaнимаتَعْمَلُونَamal qilayotganingizdanамал қилаётганингизданخَبِيرًۭاxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Ha, sen ergashadigan soʻz bor. U, dunyodagi birdan-bir ergashishga loyiq soʻzdir. U, turli odamlar gapirayotgan gap ham emas, qandaydir tagi nomaʼlum, shubhali maʼlumotlardan ham iborat emas. U soʻz butun olamlarning, shu jumladan, sening ham Robbing boʻlmish Alloh taolodan vahiy qilinayotgan amrlardir, ilohiy taʼlimotlardir. Robboniy dasturdir. Ikki dunyo saodatiga boshlovchi yoʻlchi yulduzdir. Sen oʻsha:

«...oʻzingga Robbingdan vahiy qilinayotgan narsaga ergash».

Boshqa narsaga ergashma. Agar kishilar boshqa yoʻllarga, turli soxta dinlarga, kofir va munajjimlarning amrlariga, boʻlmagʻur urf-odatlarga va boshqa narsalarga ergashsalar, faqat oʻzlariga zarar qiladilar.

«Albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardordir.»

Ana oʻshanga qarab, mukofot yoki jazoingizni beradi.