QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят3

وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.Ва фақат Аллоҳга таваккал қил. Вакилликка Аллоҳ кофийдир.Alauddin Mansour: Yolgʻiz Allohga tavakkul qiling! Allohning Oʻzi yetarli vakil — saqlaguvchidir.Ёлғиз Аллоҳга таваккул қилинг! Аллоҳнинг Ўзи етарли вакил — сақлагувчидир.

418-sahifa · 21-juz · 42-hizb418-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَتَوَكَّلْva tavakkal qilва таваккал қилعَلَى-ga-гаٱللَّهِ ۚAllohgaАллоҳгаوَكَفَىٰva kofiydirва кофийдирبِٱللَّهِAllohАллоҳوَكِيلًۭاvakillikkaвакилликка
TafsirТафсир

Barcha ishlarda faqat Alloh taoloning Oʻziga suyan. Undangina madad soʻra. Allohga tavakkal qilib, Uning aytganini qilaver. Boshqalar bilan ishing boʻlmasin.

«Vakillikka Alloh kofiydir.»

Undan boshqaga hojat yoʻq. Har bir musulmon uchun, musulmon jamiyat uchun zarur, lozimu lobud amallar Allohga taqvo qilish, Alloh taolo yuborgan vahiyga ergashish, faqat Allohning Oʻziga suyanib ish koʻrish va kofiru munofiqlarga itoat etmaslik ekanini ushbu oyatlardan bilib oldik.

Endigi oyatlarda ushbu aytilganlarning hayotdagi namunalari keltiriladi: