QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят22

وَلَمَّا رَءَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْأَحْزَابَ قَالُوا۟ هَـٰذَا مَا وَعَدَنَا ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَصَدَقَ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ ۚ وَمَا زَادَهُمْ إِلَّآ إِيمَـٰنًا وَتَسْلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlar ahzoblarni ko`rganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli va'da qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost so`zlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.Мўминлар аҳзобларни кўрганларида: «Бу бизга Аллоҳ ва Унинг Расули ваъда қилган нарсадир. Аллоҳ ва Унинг Расули рост сўзларлар», дедилар. Бу уларга иймон ва таслимдан бошқа нарсани зиёда этмади.Alauddin Mansour: Moʻminlar u firqalarni koʻrgan vaqtlarida: «Bu Alloh va paygʻambari bizlarga vaʼda qilgan narsadir (yaʼni, imtihondir). Alloh va paygʻambarining soʻzi rostdir», dedilar va (ustilariga bostirib kelayotgan firqalarning son-sanoqsizligi) ularning (Allohga boʻlgan) iymon va itoatlarini yanada ziyoda qildi, xolos.Мўминлар у фирқаларни кўрган вақтларида: «Бу Аллоҳ ва пайғамбари бизларга ваъда қилган нарсадир (яъни, имтиҳондир). Аллоҳ ва пайғамбарининг сўзи ростдир», дедилар ва (устиларига бостириб келаётган фирқаларнинг сон-саноқсизлиги) уларнинг (Аллоҳга бўлган) иймон ва итоатларини янада зиёда қилди, холос.

420-sahifa · 21-juz · 42-hizb420-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиرَءَاkoʻrganlaridaкўрганларидаٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминларٱلْأَحْزَابَahzoblarniаҳзобларниقَالُوا۟dedilarдедиларهَـٰذَاbuбуمَاnarsadirнарсадирوَعَدَنَاbizga vaʼda qilganбизга ваъда қилганٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥva Uning Rasuliва Унинг Расулиوَصَدَقَva rost soʻzladiва рост сўзладиٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥ ۚva Uning Rasuliва Унинг Расулиوَمَاva emasва эмасزَادَهُمْularga ziyoda etdiуларга зиёда этдиإِلَّآmagarмагарإِيمَـٰنًۭاiymonniиймонниوَتَسْلِيمًۭاva taslimniва таслимни
TafsirТафсир

Oʻsha urushda–Ahzob urushida musulmonlarning soni uch mingta edi. Ularga qoʻshimcha madad kelishi mumkin ham emas. Chunki, yer yuzida ulardan boshqa musulmon yoʻq edi. Mushrik va kofirlar ahzobining esa, son-sanogʻiga yetib boʻlmas edi. Birgina qurayshliklar lashkari oʻn ming kishidan iborat edi. Buning ustiga, turli qabilalarni jamlagan gʻatafonliklar, Bani Qurayza yahudiylari va boshqalar. Ularga yana qoʻshimcha madad kuchlari kelishi mumkin edi. Chunki, oʻsha paytda dunyo kofir va mushrikka toʻlib ketgan edi. Birov ahzoblarga yordamga kelsa, yoʻlini toʻsadigan odam ham yoʻq edi.

Ana shunday paytda kichik bir manzil atrofiga xandaq qazib olib qamalda qolgan kishilar kim boʻlishidan qatʼinazar, ustlariga bostirib kelgan sonsiz-sanoqsiz firqalarni koʻrganlarida, dahshatga tushishlari turgan gap edi. Xususan, kamon, qilich, nayza va tosh bilan urush olib boriladigan oʻsha paytda har bir jangchi katta kuch hisoblanardi. Insoniy oʻlchovga koʻra, kimning soni koʻp boʻlsa, oʻsha gʻolib kelishi kerak edi. Ammo Alloh va Uning Rasuliga iymon keltirgan moʻmin-musulmonlar bu oʻlchovdan ustun boʻldilar.

«Moʻminlar ahzoblarni koʻrganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli vaʼda qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost soʻzlarlar», dedilar.»

Moʻmining ishi oʻz-oʻzidan joʻnlashib ketavermasligini, balki turli sinov va imtihonlar boʻlishini, kofir va mushriklar bizga qarshi chiqishini, bizga dushmanlik qilishini va ular bilan kurashda biz yutib chiqishimizni bizga Alloh taolo ham, Uning Rasuli ham aytgan edilar. Ular rost aytadilar, mana, oʻz koʻzimiz bilan koʻrib turibmiz, kofirlarning ahzoblari ustimizga bostirib keldilar, dedilar.

«Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.»

Yaʼni, kofirlarning ahzob boʻlib, sonsiz-sanoqsiz adadda ustlariga bostirib kelishlari moʻminlarga iymondan va Alloh taologa butunlay oʻzlarini topshirishdan boshqani ziyoda qilmadi. Ularning iymon-eʼtiqodlari va musulmonchiliklari yana ham kuchaydi. Ha, iymon keltirgan, musulmon boʻlgan odamlar ana shunday odamlardir.