QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят23

مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا۟ مَا عَـٰهَدُوا۟ ٱللَّهَ عَلَيْهِ ۖ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُۥ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ ۖ وَمَا بَدَّلُوا۟ تَبْدِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlardan Allohga bergan va'dalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan ba'zilari ajalini topdi. Ba'zilari esa, intizor bo`lib turibdir. Ular biror narsani almashtirmadilar.Мўминлардан Аллоҳга берган ваъдаларига содиқ қолган кишилар бордир. Бас, улардан баъзилари ажалини топди. Баъзилари эса, интизор бўлиб турибдир. Улар бирор нарсани алмаштирмадилар.Alauddin Mansour: Moʻminlar orasida oʻzlari Allohga bergan (U zotning yoʻlida jihod qilib, shahid boʻlish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq boʻlgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni, shahid boʻldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʻlishga) intizordir. Ular (munofiqlarga oʻxshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq.Мўминлар орасида ўзлари Аллоҳга берган (У зотнинг йўлида жиҳод қилиб, шаҳид бўлиш ҳақидаги) аҳду паймонларига содиқ бўлган кишилар бордир. Бас, улардан (айрим) кишилар ўз аҳдига вафо қилди, (яъни, шаҳид бўлди), улардан (айрим) кишилар эса (шаҳид бўлишга) интизордир. Улар (мунофиқларга ўхшаб Аллоҳга берган аҳду паймонларини) ўзгартирганлари йўқ.

421-sahifa · 21-juz · 42-hizb421-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِّنَ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларرِجَالٌۭkishilar bordirкишилар бордирصَدَقُوا۟sodiq qoldilarсодиқ қолдиларمَاnarsagaнарсагаعَـٰهَدُوا۟ahd berganаҳд берганٱللَّهَAllohgaАллоҳгаعَلَيْهِ ۖuning ustigaунинг устигаفَمِنْهُمbas, ulardan baʼzilariбас, улардан баъзилариمَّنkimкимقَضَىٰado etdi (topdi)адо этди (топди)نَحْبَهُۥajaliniажалиниوَمِنْهُمva ulardan baʼzilariва улардан баъзилариمَّنkimкимيَنتَظِرُ ۖintizor boʻlib turibdiинтизор бўлиб турибдиوَمَاva emasва эмасبَدَّلُوا۟almashtirdilarалмаштирдиларتَبْدِيلًۭاbiror almashtirish ilaбирор алмаштириш ила
TafsirТафсир

Ogʻir paytlarda sabr qila olmagan munofiqlar va iymoni zaiflardan farqli oʻlaroq:

«Moʻminlardan Allohga bergan vaʼdalariga sodiq qolgan kishilar bordir».

Yaʼni, moʻminlar ichida Alloh taoloning yoʻlida jonini fido qilishga ahdu paymon bergan kishilar bor. Ular munofiq va iymoni zaiflar kabi qoʻrqoqlik qilmaydilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda bunday deyilgan:

«Ushbu oyatda nazarda tutilgan kishilardan biri Anas ibn Nazr roziyallohu anhu Badr urushida qatnashmay qolgan edi. Bu ish unga juda ogʻir botdi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishtirok etgan birinchi urushda gʻoyib boʻldimmi?!» deb afsuslanib yurardi. Shu bilan birga: «Agar Alloh taolo keyinchalik menga bir urushni koʻrsatsa, mening nima qilishimni Allohning oʻzi koʻradi», der edi. Uhud urushi kuni Anas ibn Nazr roziyallohu anhu ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan urushga chiqdi. U yoʻlda ketayotib Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuni uchratdi va unga: «Ey Abu Amr! Oh, oh! Jannatning hidi qayoqdan kelmoqda! Men uning Uhud tomondan kelayotganini sezyapman!» dedi. Urushga kirib, shahid boʻlgunicha jang qildi. Uning jasadidan saksondan ortiq nayza, qilich va kamon oʻqi izlarini topdilar. Uning singlisi Rubayyiʼ binti Nazr: «Akamni faqat barmogʻidan tanib oldim, xolos», degandilar.

Alhamdulillah, musulmonlar ichida bu kishiga oʻxshab jonini fido etganlar juda koʻp chiqdi. Ularning fidoyiliklari Islomga, musulmonlarga shonu shuhrat keltirdi va keltirmoqda.

«Bas, ulardan baʼzilari ajalini topdi.»

Anas ibn Nazr roziyallohu anhuga oʻxshab shahidi aʼlo boʻldi. Orzuiga erishdi. Oʻzi koʻzlagan oliy maqomga yetishdi.

«Baʼzilari esa, intizor boʻlib turibdir.»

Ajallari yetmaganlari shahid boʻlishga, Allohga bergan ahdni amalga oshirishga zoru intizor turibdi.

«Ular biror narsani almashtirmadilar.»

Bu moʻminlar Allohga bergan ahdu paymonlarini hech narsaga almashtirmadilar.

Munofiqlarning Allohga bergan ahdlariga xiyonat etishlarida ham, moʻminlarning Allohga bergan ahdlariga vafo qilishlarida ham hikmat bordir. Yaʼni: