وَرَدَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِغَيْظِهِمْ لَمْ يَنَالُوا۟ خَيْرًا ۚ وَكَفَى ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلْقِتَالَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh kufr keltirganlarni g`azablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Mo`minlar uchun urushda Allohning O`zi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir.Ва Аллоҳ куфр келтирганларни ғазаблари ила ортларига қайтарди. Улар ҳеч бир яхшиликка эриша олмадилар. Мўминлар учун урушда Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилди. Ва Аллоҳ кучли ва азийз Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh kofirlarni (yaʼni, firqalarni) xafa hollarida qaytardi. Ular biron yaxshilik foydaga erishmadilar. Alloh moʻminlarga jang toʻgʻrisida kifoya qildi (yaʼni, osmondan shamol va farishtalar yuborib, moʻminlarni jangsiz gʻolib qildi). Alloh kuchli, qudratli boʻlgan Zotdir.Аллоҳ кофирларни (яъни, фирқаларни) хафа ҳолларида қайтарди. Улар бирон яхшилик фойдага эришмадилар. Аллоҳ мўминларга жанг тўғрисида кифоя қилди (яъни, осмондан шамол ва фаришталар юбориб, мўминларни жангсиз ғолиб қилди). Аллоҳ кучли, қудратли бўлган Зотдир.
Kofirlar qalblari musulmonlarga qarshi qahr-gʻazabga toʻlgan holda, ularni qirib tashlash maqsadida toʻp-toʻp boʻlib, bostirib borgan edilar. Ammo yovuz niyatlariga erisha olmadilar. Musulmonlarga ular biror yomonlik yetkazolmadilar. Qaytaga, oʻzlari ogʻir ahvolda qolib, qalblari toʻla gʻazab bilan ortlariga qaytib ketishga majbur boʻldilar.
«Alloh kufr keltirganlarni gʻazablari ila ortlariga qaytardi.»
Sovuq qish kunida qattiq shamolga dosh berolmay, kelgan joylariga qaytishga majbur boʻldilar. Ularning gʻazablari ichida qoldi.
«Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar.»
Na bu dunyo hisobida, na u dunyo hisobida zarracha yaxshilikka ega boʻla olmadilar.
«Moʻminlar uchun urushda Allohning Oʻzi kifoya qildi.»
Ularni ovora qilib, urushga kiritib oʻtirmadi. Oʻzi sovuq va kuchli shamol yuborib, farishtalarni tushirib, kofirlarning dodini berdi.
«Va Alloh kuchli va aziz zotdir.»
Uning kuchi har qanday kuchdan ustun. Uning kuchi har qanday «ahzob»ning kuchidan koʻp. U aziz–barchaning ustidan gʻolib boʻlgan zotdir.