QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят26

وَأَنزَلَ ٱلَّذِينَ ظَـٰهَرُوهُم مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ مِن صَيَاصِيهِمْ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ فَرِيقًا تَقْتُلُونَ وَتَأْسِرُونَ فَرِيقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan bo`lganlarni qo`rg`onlaridan tushirdi va qalblariga qo`rqinch soldi. Bir guruhini o`ldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar.Ва У зот уларга ёрдам берган аҳли китоблардан бўлганларни қўрғонларидан туширди ва қалбларига қўрқинч солди. Бир гуруҳини ўлдирурсизлар ва бир гуруҳини асир олурсизлар.Alauddin Mansour: U (firqalarga) yordam bergan, ahli kitobdan iborat boʻlgan kimsalarni (Alloh) oʻz qalʼalaridan tushirdi va dillariga qoʻrqinch soldi. (Endi) sizlar (ulardan) bir guruhni oʻldirursizlar, bir guruhni asir olursizlar.У (фирқаларга) ёрдам берган, аҳли китобдан иборат бўлган кимсаларни (Аллоҳ) ўз қалъаларидан туширди ва дилларига қўрқинч солди. (Энди) сизлар (улардан) бир гуруҳни ўлдирурсизлар, бир гуруҳни асир олурсизлар.

421-sahifa · 21-juz · 42-hizb421-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنزَلَva tushirdiва туширдиٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниظَـٰهَرُوهُمularga yordam berganуларга ёрдам берганمِّنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобمِن-dan-данصَيَاصِيهِمْqoʻrgʻonlariқўрғонлариوَقَذَفَva soldiва солдиفِىichigaичигаقُلُوبِهِمُqalblariқалблариٱلرُّعْبَqoʻrqinchқўрқинчفَرِيقًۭاbir guruhiniбир гуруҳиниتَقْتُلُونَoʻldirursizlarўлдирурсизларوَتَأْسِرُونَva asir olursizlarва асир олурсизларفَرِيقًۭاbir guruhiniбир гуруҳини
TafsirТафсир

Kofirlar ahzobiga yordam bergan ahli kitoblar yahudiylardir. Yana ham aniqrogʻi, yahudiylarning Bani Qurayza qabilasidir.

Ahzob urushini qoʻzgʻaganlar Hayy ibn Axtob boshliq Bani Nazir yahudiylari ekanligi, ular borib mushriklarni boshlab kelganlari oldin aytib oʻtilgan edi. Shuningdek, ular Bani Qurayza qabilasining xiyonatlariga sabab boʻlganlari ham aytib oʻtilgan edi.

Eng ogʻir vaziyatda Bani Qurayza yahudiylari Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam bilan tuzgan ahdlarini buzib, dushman tomonga oʻtib olishlari mushriklarning hujumidan ham xavfli edi. Shuning uchun, bu sovuq xabarni eshitishlari bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq tashvishga tushdilar. Chunki yahudiylar shahar ichida musulmonlar bilan birga yashar edi. Xabarni eshitishlari bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arablardan Avs qabilasining boshligʻi Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuni, Xazraj qabilasi boshligʻi Saʼd ibn Uboda roziyallohu anhuni, shuningdek, Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu va Havvat ibn Zubayr roziyallohu anhuni yubordilar. Ularga: «Borib qaranglar-chi, anavi qavm haqida bizga yetgan narsa rostmi yoki yoʻqmi? Agar rost boʻlsa, menga bir ishora qilib qoʻyinglar, odamlarning hafsalasini pir qilmanglar. Agar biz bilan oʻzlari orasidagi ahdga vafo qilib turgan boʻlsalar, odamlarning ichida baralla aytinglar», dedilar.

Ular chiqib, Bani Qurayza oldiga bordilar va oʻzlariga yetgan xabardan ham battar holga duch keldilar. Yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlariga boʻhton gaplar aytishardi: «Rasululloh kim boʻlibdi? Biz bilan Muhammad oʻrtasida ahd ham yoʻq, paymon ham yoʻq», der edilar. Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu toqat qila olmay, ular bilan soʻkishib ketdi. Saʼd ibn Uboda roziyallohu anhu: «Ular bilan soʻkishishni qoʻy. Oraga soʻkishishdan kattaroq narsa tushdi», dedi. Qaytib borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ishora bilan ish qanday ekanini yetkazdilar.

Ana shunda vaziyat yana ham jiddiylashdi. Xavf-xatar yana ham kuchaydi. Musulmonlar ikki oʻt orasida qoldilar. Bunday nozik paytda munofiqlar ham bosh koʻtarib qolishdi.

Ammo, Alloh taolo Paygʻambarini va moʻmin bandalarini qoʻllab-quvvatladi. Ularga zafarni yor etdi. Kofir hizblari noumid boʻlib, kelgan tomonlariga qarab ketdilar. Ular bor imkoniyatlarini ishga solib, hamma arablarni toʻplab kelsalar ham, biror narsa qila olmadilar. Ular Rasulullohga va musulmonlarga zarar yetkaza olmasliklariga ishondilar, umidlari uzilib, ortga qaytdilar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlar esa, Madiynaga muzaffar boʻlib qaytdilar. Odamlar qurollarini qoʻyib, hordiq chiqara boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Ummu Salama onamizning hujralarida gʻazotdagi chang-kirlardan poklanish uchun gʻusl qilayotgan edilar, huzurlariga Jabroil alayhissalom kelib:

«Qurolni qoʻydingmi, ey, Allohning Rasuli?» dedi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Xa», dedilar. Jabroil alayhissalom:

«Lekin farishtalar qurollarini qoʻyganlari yoʻq? Hozir dushmanni quvishdan qaytayotgan paytim», dedi. Soʻngra:

«Alloh taboraka va taolo Bani Qurayza tomon yurishingni buyuradi», dedi. Bani Qurayza Madiynadan bir necha masofa chetroqda yashar edi. Peshin vaqti edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib odamlarga:

«Hamma asrni Bani Qurayzadan boshqa joyda oʻqimasin», dedilar.

Odamlar yoʻlga tushdilar. Ular yoʻlda ketar ekanlar, namoz vaqti boʻldi. Baʼzilar, Paygʻambarimiz haligi gapni tez yurishni koʻzlab aytdilar, deb namozni oʻqib oldilar. Qolganlar esa, Bani Qurayzada oʻqiymiz, deb oʻqimadilar. Ammo birov birovni ayblamadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madiynaga Abdulloh ibn Ummu Maktumni noib qilib qoldirdilar. Bayroqni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga berib, yoʻlga tushdilar. Bani Qurayzaning qoʻrgʻonlariga yetib borganlarida:

«Ey, maymunlarning birodarlari! Alloh sizlarni xor qilib, ustingizga gʻazabini tushirdimi?!» dedilar. Ular:

«Ey, Abul Qosim! Johil boʻlmaganmisan», deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam lashkarlari bilan borib, Bani Qurayzaning quduqlaridan birining atrofiga joylashdilar. Bani qurayzaliklar qoʻrgʻonlari ichiga berkinib olib, urushga chiqmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni qamal qildilar. Qamal yigirma besh kun davom etdi.

Bani qurayzaliklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ishda jiddiy turganliklarini, ularni oʻz hollariga tashlab ketmasliklarini anglab yetib, oʻzaro maslahat qila boshlashdi. Ular ichida ahdlashgan boshqa qabila vakili Kaʼb ibn Asad ismli kishi ham bor edi. Oʻsha Kaʼb ibn Asad ularga masalani hal qilishning uch yoʻlini taklif etdi:

Birinchisi, musulmon boʻlish. Bani Qurayza bu taklifni qabul qilmadi.

Ikkinchisi, urush qilish. Bani Qurayza bu taklifni ham rad etdi.

Uchinchisi, shanba kuni toʻsatdan hujum qilish. Ehtimol, Muhammad va uning sheriklari buni kutmaslar. Bani Qurayza bu taklifga ham koʻnmadi.

Oxiri, taslim boʻlishga kelishishdi. Lekin buning natijasi nima boʻlishini hech kim bilmas edi. Shuning uchun, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga odam yoʻllab, Abu Luboba bizning oldimizga kelsin, deyishdi. Abu Luboba roziyallohu anhu ularning oldiga borganida, erkak-ayol, bolalar uni oʻrab olib, dod-voy qilib, arz eta boshlashdi. Abu Lubobaning rahmi keldi. Ular:

«Seningcha, Muhammadning hukmiga oʻzimizni topshirsak, maʼqulmi?» deyishganida, u kishi:

«Ha», dedi-da, qoʻlini tomogʻi tagidan oʻtkazib, hammang soʻyilasan, degan ishorani qildi. Lekin shu lahzada, Rasulullohga xiyonat qildim, deb afsuslandi. Soʻng birdan oʻzini tutib, toʻgʻri masjidga kirdi va oʻzini masjidning ustunlaridan biriga bogʻlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni kechirmagunlaricha shu holda turaveraman, dedi. Bani qurayzaliklar oʻzlarini Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuning hukmiga topshirishga qaror qildilar. Saʼd ibn Muoz va u kishining qabilasi Avs bani qurayzaliklar bilan ahdlashishgan edi. Ular Abdulloh ibn Ubay Bani Qayniqoʼga yaxshilik qilib, ularni boʻshattirib yuborganidek, Saʼd ham bizga yaxshi muomalada boʻladi, deb oʻyladilar. Ammo ular Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuning Ahzob urushida bilagidagi oʻq tomiriga kamon oʻqi tegib, yarador holda yotganini bilishmasdi.

Yarador holda yotgan Saʼd roziyallohu anhu:

«Ey bor Xudoyo! Agar yana Quraysh bilan biror urushni qoldirgan boʻlsang, meni ham oʻsha urush uchun qoldirgin. Agar biz bilan ularning orasida urushni toʻxtatgan boʻlsang, yaramni yorib yubor. Bani Qurayzadan koʻzim qaror topmaguncha meni oʻldirmagin», deb duo qilgan edilar. Alloh taolo uning duolarini qabul etdi. Bani qurayzaliklar oʻz ixtiyorlari bilan uning hukmiga jonlarini topshirdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuni Madiynadan olib kelishni buyurdilar. Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhuni eshakka mindirib, olib kelishdi. U kishi yaqinlashishlari bilan Avs qabilasining odamlari oʻrab olib:

«Ey Saʼd! Ular doʻstlaring. Ularga yaxshilik qil», deya boshlashdi. Ular Saʼdning bani qurayzaliklarga rahmini keltirish uchun turli gaplarni aytishardi. U boʻlsa, indamay kelar edi. Oxiri kelib:

«Batahqiq, Saʼdga Allohning yoʻlida malomatchining malomati kor qilmaydigan vaqt yetdi», dedilar. Odamlar: ha, endi ularni sogʻ qoʻymas ekan, degan fikrga kelishdi.

Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning chodirlariga yaqinlashganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga:

«Ulugʻlaringizni turib kutib olinglar», dedilar.

Musulmonlar oʻrinlaridan turib, Saʼd roziyallohu anhuni ulovdan tushirdilar. U kishi oʻtirganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Qurayzaga ishora qilib:

«Anavilar oʻzlarini sening hukmingga topshirishdi. Ular haqida xohlagan hukmingni qil», dedilar. Saʼd roziyallohu anhu:

«Mening hukmim ularga oʻtadimi?» deb soʻradi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:

«Ha», dedilar. Saʼd roziyallohu anhu:

«Ushbu chodirdagilarga hammi?» dedi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Ha», dedilar.

Soʻngra Saʼd roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yuzini boshqa tomonga oʻgirib turib, u zotni ulugʻlab, eʼzozlab turib, u kishi tomon ishora qilib:

«Anavi tomondagi zotga hammi?» deb soʻradi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ha», dedilar.

Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu:

«Men hukm qilamanki, ularning urush qiladiganlari qatl etilsin! Zurriyotlari asir olinsin! Molu mulklari oʻlja qilinsin!» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Batahqiq, Alloh taoloning yetti osmon ustida turib chiqargan hukmini qilding», dedilar.

Bu shiddatli, ammo adolatli hukm edi. Bani Qurayza oʻzini ishonib hukmiga topshirgan odamning hukmi edi.

«Va U zot ularga yordam bergan ahli kitoblardan boʻlganlarni qoʻrgʻonlaridan tushirdi va qalblariga qoʻrqinch soldi.»

Yaʼni, Alloh mushriklar ahzobiga yordam bergan ahli Tavrotdan boʻlgan bani qurayzaliklarni qamaldan soʻng, qoʻrgʻonlaridan tushirdi. Ularning qalblariga qoʻrqinch soldi. Sizlarga qarshi urushga botina olmadilar.

«Bir guruhini oʻldirursizlar va bir guruhini asir olursizlar.»

Urushga yaroqli erkaklarini oʻldirasizlar, ayollar va bolalarini asir olasizlar.