QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят35

إِنَّ ٱلْمُسْلِمِينَ وَٱلْمُسْلِمَـٰتِ وَٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ وَٱلْقَـٰنِتِينَ وَٱلْقَـٰنِتَـٰتِ وَٱلصَّـٰدِقِينَ وَٱلصَّـٰدِقَـٰتِ وَٱلصَّـٰبِرِينَ وَٱلصَّـٰبِرَٰتِ وَٱلْخَـٰشِعِينَ وَٱلْخَـٰشِعَـٰتِ وَٱلْمُتَصَدِّقِينَ وَٱلْمُتَصَدِّقَـٰتِ وَٱلصَّـٰٓئِمِينَ وَٱلصَّـٰٓئِمَـٰتِ وَٱلْحَـٰفِظِينَ فُرُوجَهُمْ وَٱلْحَـٰفِظَـٰتِ وَٱلذَّٰكِرِينَ ٱللَّهَ كَثِيرًا وَٱلذَّٰكِرَٰتِ أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, muslimlar va muslimalar, mo`minlar va mo`minalar, davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, xushu'li erkaklar va xushu'li ayollar, sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar, ro`za tutguvchi erkaklar va ro`za tutguvchi ayollar, farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar, Allohni ko`p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko`p) zikr qilguvchi ayollar — o`shalarga Alloh mag`firatni va ulug` ajrni tayyorlab qo`ygandir.Албатта, муслимлар ва муслималар, мўминлар ва мўминалар, давомли итоаткор эркаклар ва давомли итоаткор аёллар, садоқатли эркаклар ва садоқатли аёллар, сабрли эркаклар ва сабрли аёллар, хушуъли эркаклар ва хушуъли аёллар, садақа қилгувчи эркаклар ва садақа қилгувчи аёллар, рўза тутгувчи эркаклар ва рўза тутгувчи аёллар, фаржларини сақловчи эркаклар ва (фаржларини) сақловчи аёллар, Аллоҳни кўп зикр қилгувчи эркаклар ва (Аллоҳни кўп) зикр қилгувчи аёллар — ўшаларга Аллоҳ мағфиратни ва улуғ ажрни тайёрлаб қўйгандир.Alauddin Mansour: Albatta muslim va muslimalar, moʻmin va moʻminalar, itoatgoʻy erkaklar va itoatgoʻy ayollar, rostgoʻy erkaklar va rostgoʻy ayollar, sabr-qanoat qilguvchi erkaklar va sabr-qanoat qilguvchi ayollar, tavozuʼli erkaklar va tavozuʼli ayollar, xayru-sadaqa qilguvchi erkaklar va xayru-sadaqa qilguvchi ayollar, roʻza tutguvchi erkaklar va roʻza tutguvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlaguvchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlaguvchi ayollar, Allohni koʻp zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni koʻp) zikr qilguvchi ayollar — ular uchun Alloh magʻfirat va ulugʻ mukofot (yaʼni, jannat) tayyorlab qoʻygandir.Албатта муслим ва муслималар, мўмин ва мўминалар, итоатгўй эркаклар ва итоатгўй аёллар, ростгўй эркаклар ва ростгўй аёллар, сабр-қаноат қилгувчи эркаклар ва сабр-қаноат қилгувчи аёллар, тавозуъли эркаклар ва тавозуъли аёллар, хайру-садақа қилгувчи эркаклар ва хайру-садақа қилгувчи аёллар, рўза тутгувчи эркаклар ва рўза тутгувчи аёллар, авратларини (ҳаромдан) сақлагувчи эркаклар ва (авратларини ҳаромдан) сақлагувчи аёллар, Аллоҳни кўп зикр қилгувчи эркаклар ва (Аллоҳни кўп) зикр қилгувчи аёллар — улар учун Аллоҳ мағфират ва улуғ мукофот (яъни, жаннат) тайёрлаб қўйгандир.

422-sahifa · 22-juz · 43-hizb422-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلْمُسْلِمِينَmuslimlarмуслимларوَٱلْمُسْلِمَـٰتِva muslimalarва муслималарوَٱلْمُؤْمِنِينَva moʻminlarва мўминларوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِva moʻminalarва мўминаларوَٱلْقَـٰنِتِينَva davomli itoatkor erkaklarва давомли итоаткор эркакларوَٱلْقَـٰنِتَـٰتِva davomli itoatkor ayollarва давомли итоаткор аёлларوَٱلصَّـٰدِقِينَva sadoqatli erkaklarва садоқатли эркакларوَٱلصَّـٰدِقَـٰتِva sadoqatli ayollarва садоқатли аёлларوَٱلصَّـٰبِرِينَva sabrli erkaklarва сабрли эркакларوَٱلصَّـٰبِرَٰتِva sabrli ayollarва сабрли аёлларوَٱلْخَـٰشِعِينَva tavozuʼli erkaklarва тавозуъли эркакларوَٱلْخَـٰشِعَـٰتِva tavozuʼli ayollarва тавозуъли аёлларوَٱلْمُتَصَدِّقِينَva sadaqa qilguvchi erkaklarва садақа қилгувчи эркакларوَٱلْمُتَصَدِّقَـٰتِva sadaqa qilguvchi ayollarва садақа қилгувчи аёлларوَٱلصَّـٰٓئِمِينَva roʻza tutguvchi erkaklarва рўза тутгувчи эркакларوَٱلصَّـٰٓئِمَـٰتِva roʻza tutguvchi ayollarва рўза тутгувчи аёлларوَٱلْحَـٰفِظِينَva saqlovchi erkaklarва сақловчи эркакларفُرُوجَهُمْfarjlariniфаржлариниوَٱلْحَـٰفِظَـٰتِva saqlovchi ayollarва сақловчи аёлларوَٱلذَّٰكِرِينَva zikr qilguvchi erkaklarва зикр қилгувчи эркакларٱللَّهَAllohniАллоҳниكَثِيرًۭاkoʻpкўпوَٱلذَّٰكِرَٰتِva zikr qilguvchi ayollarва зикр қилгувчи аёлларأَعَدَّtayyorlab qoʻygandirтайёрлаб қўйгандирٱللَّهُAllohАллоҳلَهُمoʻshalargaўшаларгаمَّغْفِرَةًۭmagʻfiratniмағфиратниوَأَجْرًاva ajrniва ажрниعَظِيمًۭاulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada keltirilgan sifatlarning har biri har bir moʻmin-musulmon erkak-ayolga juda ham zarur boʻlganidek, ularning hammasi jamlanib, hamma moʻmin-musulmonlarning umumiy sifatlariga aylanishi ham zururdir.

«Muslimlar va muslimalar...»

Yaʼni, boru budlari bilan butunlay oʻzlarini Alloh taologa taslim qilgan, Islomning amrlariga toʻla boʻyinsungan erkaklar va ayollar.

«...moʻminlar va moʻminalar...»

Yaʼni, Allohga va iymon keltirish lozim boʻlgan barcha narsalarga Alloh aytganidek, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam koʻrsatganlaridek iymon keltirib, tasdiqlovchi erkaklar va ayollar.

«...davomli itoatkor erkaklar va davomli itoatkor ayollar...»

Iymon va Islomdan sizib chiqqan bu itoat doimiy boʻlishi bilan birga, insonning oʻz roziligi bilan ichdan otilib chiqqan itoat ham boʻladi. Tashqi majburiyat yuzasidan kelib chiqqan emas. Bu itoat sokinlik bilan, ishonch bilan boʻladigan itoatdir.

«...sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar...»

Soʻzlarida, ishlarida, niyatlarida va iymonlarida sadoqatli erkak-ayollar. Soʻzda sadoqatli boʻlish rost soʻzlash, yolgʻon gapirmaslikdir. Rostgoʻylik goʻzal sifatdir. Har bir erkak-ayol uchun oliy sifatlardan boʻlib kelgan. Rostgoʻylik iymonning alomatidir. Kim rostgoʻy boʻlsa, najotga erishadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining hadisi shariflaridan birida: «Rostgoʻylikni lozim tutinglar. Albatta, rostgoʻylik yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik esa, jannatga. Yolgʻondan saqlaninglar. Albatta, yolgʻon fujurga boshlaydi. Fujur esa, doʻzaxga. Inson rost gapirsa, rostgoʻylikni ixtiyor qilaversa, Allohning huzurida siddiqlardan boʻlib yoziladi. Agar odam yolgʻon gapirsa, yolgʻonni ixtiyor qilaversa, Allohning huzurida kazzoblardan boʻlib yozilib qoladi», deganlar.

«...sabrli erkaklar va sabrli ayollar...»

Sabr ham har bir moʻmin-musulmon erkak-ayolga lozimu lobud sifatdir. Bu ulkan xislatsiz inson moʻmin-musulmonlik takliflarini, buyruqlarini ado eta olmaydi. Inson boshiga tushgan musiybatlarga bardosh berishi kerak. Orzu qilgani oliy maqomlarga yetish yoʻlidagi ishlarda sabrli boʻlishi lozim. Turli sinovlardan, mashaqqatlardan faqat sabr ila oʻtiladi.

«...xushuʼli erkaklar va xushuʼli ayollar...»

Oyatda «xushuʼ» soʻzi ishlatilgan, bizning tilimizda uning maʼnosini bir soʻz bilan anglatib boʻlmaydi. «Xushuʼ» sokinlik, xotirjamlik, shoshmaslik, viqor va tavozuʼ maʼnolarini oʻz ichiga oladi. Bu sifat ham qalbga, ham aʼzolarga tegishli sifatdir. Yaʼni, inson butun borligʻi bilan Alloh taoloning ulugʻligini, haybatini his qilib turishidir.

«...sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar...»

Sadaqa qilish moliyaviy ibodat hisoblanadi. Sadaqa zaifhol, muhtoj kishilarga yordam berishdir. Sadaqa qilish baxillik dardidan poklanishdir. Sadaqa insonning iymonini tasdiqlovchi narsa boʻlgani uchun ham «sadaqa» deb nomlangan. Zero, arab tilida «sadaqa» soʻzi «tasdiqlash» maʼnosini bildiradi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz hadisi shariflaridan birida: «Sadaqa, xuddi suv olovni oʻchirganidek, gunohlarni oʻchiradi», deganlar.

«...roʻza tutguvchi erkaklar va roʻza tutguvchi ayollar...»

Roʻza yuqorida zikr qilingan barcha sifatlarni paydo qiladigan va quvvatlantiradigan amaldir. Roʻza orqali musulmon erkak va ayolning iymoni, itoatkorligi, rostgoʻyligi, sabri, xushuʼ-xuzuʼi, sadaqa qilishga ragʻbati kuchayadi. Roʻza toʻgʻrisida qancha koʻp gapirsak, shuncha oz. Faqat bitta hadisi sharifni eslab oʻtamiz.

Imom ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Roʻza badanning zakotidir», deganlar.

Yaʼni, roʻza tanani poklovchi narsadir, deganlar. Bu hadisi sharif Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning moʻʼjizalari desak, hech mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Mana, ushbu hadisi sharif aytilganidan beri oʻn toʻrt asr oʻtib, Islomdan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan xabari yoʻq gʻayridin olimlar roʻza (ixtiyoriy och qolish) kishining badanini oziq-ovqat, ichimlik, nafas olish va boshqa sabablar bilan toʻplanib qolgan ifloslik, chiqindi, tuz kabi zararli moddalardan tozalashini isbot qildilar. Ha, roʻza insonning ruhini, zehnini, aqlini, tanasini, aʼzolarini, qonini, barcha-barcha jihatlarini poklaydi. Roʻzaning bosh- qa foydalari ham koʻp. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan birida: «Ey, yoshlar jamoasi, sizlardan kim jinsiy aloqaga qodir boʻlsa, uylansin. Albatta, uylanish koʻzni toʻsuvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Kim uylanishga qodir boʻlmasa, roʻza tutsin. Albatta, roʻza uning uchun shahvoniy kuchni kesuvchidir», deganlari rivoyat qilingan. Oyatda roʻzadorlik sifatidan keyin farjni saqlashlik kelayotgani ham bejiz emas.

«...farjlarini saqlovchi erkaklar va (farjlarini) saqlovchi ayollar...»

Yaʼni, jinsiy aʼzolarini haromdan saqlaydigan erkaklar va ayollar. Bu ham poklikning eng oliy bosqichlaridandir. Zinodan, boshqa harom jinsiy aloqalardan farjini saqlash moʻmin-musulmonlikning belgilaridandir. Paygʻambar alayhissolatu vassalomning hadislaridan maʼlumki, har bir odam bolasi sof fitrat ila, yaʼni muslim boʻlib tugʻiladi. Insonning sof fitrati, shayton vasvasasi ila buzilmagan tabiati esa, har qanday qingʻir ishlar, harom- xarish narsalardan, xususan, zinodan ham xazar qiladi. Binobarin, zinoning har qanday koʻrinishidan saqlanish moʻmin-musulmon erkagu ayollarning eng muhim sifatlaridandir.

«...Allohni koʻp zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni koʻp) zikr qilguvchi ayollar...»

Allohni koʻp zikr qilish yuqorida zikr etilgan va zikr etilmagan sifatlarning yuzaga kelishiga va bardavom boʻlishiga asosiy omildir. Allohni koʻp zikr qilish har bir musulmon erkak va ayol uchun zaruriy amallardandir.

Ibn Abu Hotim Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Qachonki er kishi kechasi xotinini uygʻotsa va ikkovlari ikki rakʼatdan namoz oʻqisalar, oʻsha kecha Allohni zikr qilgan erkaklardan va zokira ayollardan boʻladilar», deganlar. Ha, zokirlik darajasi oliy rutbadir. Zokirlik maqomi oliy maqomdir. Har bir musulmon erkak zokirlik sifatini egallashi lozim. Har bir muslima zokira sifatiga ega boʻlishi kerak.

«...oʻshalarga Alloh magʻfiratni va ulugʻ ajrni tayyorlab qoʻygandir.»

Yaʼni, mazkur sifatlarga ega boʻlgan har bir erkakning va har bir ayolning gunohlarini Alloh taolo bu dunyoning oʻzidayoq kechirishga tayyor, u dunyoda esa, ularga ajr qilib jannatni shay etib qoʻygan.

Yuqorida zikr etilgan oliymaqom sifatlar sohibi boʻlgan har bir moʻmin va moʻmina doimo Alloh taoloning har qanday amrini soʻzsiz bajarishga tayyor turadi.