QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят36

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ ۗ وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَـٰلًا مُّبِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir mo`min erkak va hech bir mo`mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o`z ishlarini o`zlaricha ixtiyor qilmoq yo`q. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo`lsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.Ҳеч бир мўмин эркак ва ҳеч бир мўмина аёл учун Аллоҳ ва Унинг Расули бир ишга ҳукм қилганида, ўз ишларини ўзларича ихтиёр қилмоқ йўқ. Ким Аллоҳга ва Унинг Расулига осий бўлса, бас, батаҳқиқ, очиқ адашиш-ла адашибди.Alauddin Mansour: Alloh va Uning paygʻambari bir ishni hukm qilgan — buyurgan vaqtida biron moʻmin va moʻmina uchun (Allohni hukmini qoʻyib) oʻz ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning paygʻambariga osiy boʻlsa, bas, u ochiq yoʻldan ozish bilan yoʻldan ozibdi.Аллоҳ ва Унинг пайғамбари бир ишни ҳукм қилган — буюрган вақтида бирон мўмин ва мўмина учун (Аллоҳни ҳукмини қўйиб) ўз ишларидан ихтиёр қилиш жоиз эмасдир. Ким Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига осий бўлса, бас, у очиқ йўлдан озиш билан йўлдан озибди.

423-sahifa · 22-juz · 43-hizb423-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَboʻlurбўлурلِمُؤْمِنٍۢmoʻmin erkak uchunмўмин эркак учунوَلَاva emasва эмасمُؤْمِنَةٍmoʻmina ayol uchunмўмина аёл учунإِذَاqachonkiқачонкиقَضَىhukm qilsaҳукм қилсаٱللَّهُAllohАллоҳوَرَسُولُهُۥٓva Uning Rasuliва Унинг Расулиأَمْرًاbir ishgaбир ишгаأَن-ki-киيَكُونَboʻlmogʻiбўлмоғиلَهُمُulargaуларгаٱلْخِيَرَةُixtiyor (tanlov)ихтиёр (танлов)مِنْhaqidaҳақидаأَمْرِهِمْ ۗoʻz ishlariўз ишлариوَمَنva kimва кимيَعْصِosiy boʻlsaосий бўлсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқضَلَّadashibdiадашибдиضَلَـٰلًۭاadashish-laадашиш-лаمُّبِينًۭاochiqочиқ
TafsirТафсир

Barcha moʻmin-musulmonlar uchun Alloh taoloning amri, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hukmlari hamma narsadan ustun turadi. Allohning koʻrsatmasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytganlari turganida, moʻmin kishi, xoh erkak boʻlsin, xoh ayol, oʻzicha bir ish qila olmaydi. Mumkin emas. Kim Allohning va Uning Rasulining hukmini qoʻyib, oʻzicha ish tutsa, Alloh taboraka va taologa va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamga osiy boʻladi.

«Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy boʻlsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi.»

Ochiq adashganlarning holi nima boʻlishi hammaga maʼlum.

Ushbu oyati karimaning hukmi barcha moʻmin-musulmonlarga tegishli sanalsa ham, oyatning nozil qilinishiga baʼzi bir voqealar sabab boʻlgani rivoyat etiladi.

Jumladan, al-Avfiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladi:

«Hech bir moʻmin erkak va hech bir moʻmina ayol uchun...» oyati Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu uchun sovchilikka borganlarida nozil boʻlgan. Ul zot sollallohu alayhi vasallam Zaynab binti Jahsh al-Asadiya oldilariga kirib, sovchilik qilib, roziligini soʻradilar. U (Zaynab):

«Men unga (Zaydga) tegmayman», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Xoʻp de, uning nikohiga koʻnaver», dedilar. U:

«Ey, Allohning Rasuli, menga oʻz nafsimda ham amr qilinadimi?!» dedi. Ikkovlari gaplashib turishganida Alloh taolo: «Hech bir moʻmin erkak va hech bir moʻmina ayol uchun...» oyatini nozil qildi. Shunda Zaynab roziyallohu anho:

«Ey, Allohning Rasuli, menga uni nikohga oluvchi deb rozi boʻldingizmi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ha» dedilar. Zaynab roziyallohu anho:

«Unday boʻlsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga osiy boʻlmayman, oʻz nafsimni uning nikohiga topshirdim», dedi.

Oyatning nozil etilishiga sabab boʻlgan rivoyatdan koʻrinib turibdiki, Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho bu nikohga oʻz irodasiga qarshi, Allohning oyatini eshitib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ragʻbatlari tufayligina rozilik berdilar.

Chunki, Alloh va Uning Rasuli hukm qilgan ishga hech bir moʻmin va moʻmina qarshi chiqishi mumkin emas. Musulmonlar ushbu eʼtiqodda mustahkam turgan paytlarida, faqat Alloh taoloning va Rasulining hukmi ila ish yuritganlarida dunyoning peshqadam ummati boʻlganlar.

Johiliyatning botil qonun-qoida va urf-odatlari yoʻqotilib, oʻrniga islomiy qonun-qoida va urf-odatlar joriy etilardi. Maʼlumki, johiliyatda turli insoniy tabaqalar mavjud boʻlib, har kimning qadr-qiymati tabaqasiga qarab belgilanar, shunga koʻra muomala qilinar edi. Xususan, qullar yoki qullikdan ozod boʻlganlar odam oʻrnida koʻrilmasdi. Islom hammaning teng ekanini, oq bilan qora, arab bilan ajam, boy bilan kambagʻal, podshoh bilan gado orasida hech qanday farq yoʻqligini, boʻlganida ham, faqat taqvoga koʻra boʻlishi mumkinligini qatʼiy nizom asosida yoʻlga qoʻydi. Bu haqda oyat va hadislar juda ham koʻp.

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ushbu olamshumul taʼlimotlarni amalda tatbiq qilishni istadilar. Bu ishni oʻz yaqinlaridan boshladilar. Oʻzlarining mavlolari–ozod qilgan qullari Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu nomidan ammalari Umayma binti Abdulmuttolibning qizlari Zaynab binti Jahsh al-Asadiyaga sovchi boʻlib bordilar. Bu bilan Islomda asli qul ham, Bani Hoshimdan boʻlgan oqsuyak ham barobarligini koʻrsatmoqchi edilar. Shunday boʻldi ham. Zayd ibn Horisa va Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhumolar oila qurdilar.

Lekin turmushlari uncha kelishmadi. Eru xotin totuv yashay olmadilar. Zayd xotinidan norozi boʻlib, uning ustidan shikoyat qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qayta-qayta keldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa, unga nasihat qilib, sabrga chaqirib, oilasiga qaytarar edilar. Keyinroq Zayd roziyallohu anhu xotini Zaynab roziyallohu anhoni taloq qilish niyatida ekanini ayta boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga taloq qilmay turishni maslahat berardilar. Soʻngra ish umuman boshqacha tus olib ketdi.

Kelgusi oyati karimada ana shular haqida soʻz ketadi: