QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят37

وَإِذْ تَقُولُ لِلَّذِىٓ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَأَنْعَمْتَ عَلَيْهِ أَمْسِكْ عَلَيْكَ زَوْجَكَ وَٱتَّقِ ٱللَّهَ وَتُخْفِى فِى نَفْسِكَ مَا ٱللَّهُ مُبْدِيهِ وَتَخْشَى ٱلنَّاسَ وَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخْشَىٰهُ ۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيْدٌ مِّنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَـٰكَهَا لِكَىْ لَا يَكُونَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌ فِىٓ أَزْوَٰجِ أَدْعِيَآئِهِمْ إِذَا قَضَوْا۟ مِنْهُنَّ وَطَرًا ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, Alloh ne'mat bergan va sen ham ne'mat bergan shaxsga: «Juftingni o`zing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi bo`lgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qo`rqarding, holbuki, Allohdan qo`rqmog`ing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan o`z hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, mo`minlarga o`z asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo`lmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim bo`lgandir.Эсла, Аллоҳ неъмат берган ва сен ҳам неъмат берган шахсга: «Жуфтингни ўзинг ила тутиб тур ва Аллоҳга тақво қил», дер эдинг. Ва ичингда Аллоҳ ошкор қилгувчи бўлган нарсани махфий тутардинг ва одамлардан қўрқардинг, ҳолбуки, Аллоҳдан қўрқмоғинг ҳақлироқ эди. Қачонки Зайд ундан ўз ҳожатини адо этгач, Биз сени унга уйлантирдик. Токи, мўминларга ўз асранди болалари хотинларида, улардан ҳожатларини адо қилишгач, танглик бўлмасин деб. Ва Аллоҳнинг амри амал қилиниши лозим бўлгандир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, siz Alloh (Islomga hidoyat qilish bilan) inʼom-marhamat qilgan va siz (qullikdan ozod qilib, oʻzingizga oʻgʻil qilib olish bilan) inʼom qilgan kishiga (yaʼni, Zayd binni Xorisaga): «Juftingni oʻz huzuringda ushlagin (yaʼni, taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qoʻrqgin», deb Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani ichingizga yashirgan edingiz va Allohdan qoʻrqishingiz haqroq boʻlgani holda, siz odamlardan (yaʼni, ularning taʼna qilishlaridan) qoʻrqqan edingiz. Bas, qachonki Zayd undan (yaʼni, Zaynabdan) hojatini ado qilgach (yaʼni, uni taloq qilgach), Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado qilishgach (yaʼni, ularni taloq qilishgach) ularning (xotinlariga uylanishlarida) tanglik boʻlmasligi uchun (shunday qildik). Va Allohning amri irodasi qilinguvchi boʻldi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эсланг, сиз Аллоҳ (Исломга ҳидоят қилиш билан) инъом-марҳамат қилган ва сиз (қулликдан озод қилиб, ўзингизга ўғил қилиб олиш билан) инъом қилган кишига (яъни, Зайд бинни Хорисага): «Жуфтингни ўз ҳузурингда ушлагин (яъни, талоқ қилишга шошмагин), Аллоҳдан қўрқгин», деб Аллоҳ ошкор қилгувчи бўлган нарсани ичингизга яширган эдингиз ва Аллоҳдан қўрқишингиз ҳақроқ бўлгани ҳолда, сиз одамлардан (яъни, уларнинг таъна қилишларидан) қўрққан эдингиз. Бас, қачонки Зайд ундан (яъни, Зайнабдан) ҳожатини адо қилгач (яъни, уни талоқ қилгач), Биз сизни унга уйлантирдик. Токи мўминларга асранди болалари ўз хотинларидан ҳожатларини адо қилишгач (яъни, уларни талоқ қилишгач) уларнинг (хотинларига уйланишларида) танглик бўлмаслиги учун (шундай қилдик). Ва Аллоҳнинг амри иродаси қилингувчи бўлди.

423-sahifa · 22-juz · 43-hizb423-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаتَقُولُder edingдер эдингلِلَّذِىٓoʻsha shaxsgaўша шахсгаأَنْعَمَneʼmat berganнеъмат берганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِungaунгаوَأَنْعَمْتَva sen ham neʼmat berdingва сен ҳам неъмат бердингعَلَيْهِungaунгаأَمْسِكْtutib turтутиб турعَلَيْكَoʻzing ilaўзинг илаزَوْجَكَjuftingniжуфтингниوَٱتَّقِva taqvo qilва тақво қилٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَتُخْفِىva maxfiy tutardingва махфий тутардингفِىichidaичидаنَفْسِكَkoʻnglingкўнглингمَاnarsaniнарсаниٱللَّهُAllohАллоҳمُبْدِيهِoshkor qilguvchi boʻlganошкор қилгувчи бўлганوَتَخْشَىva qoʻrqardingва қўрқардингٱلنَّاسَodamlardanодамларданوَٱللَّهُholbuki, Allohҳолбуки, Аллоҳأَحَقُّhaqliroqҳақлироқأَن-ki-киتَخْشَىٰهُ ۖUndan qoʻrqmogʻingУндан қўрқмоғингفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиقَضَىٰado etgachадо этгачزَيْدٌۭZaydЗайдمِّنْهَاundanунданوَطَرًۭاoʻz hojatiniўз ҳожатиниزَوَّجْنَـٰكَهَاBiz seni unga uylantirdikБиз сени унга уйлантирдикلِكَىْtokiтокиلَاemasэмасيَكُونَboʻlsinбўлсинعَلَىustidaустидаٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларحَرَجٌۭtanglikтангликفِىٓhaqidaҳақидаأَزْوَٰجِxotinlariхотинлариأَدْعِيَآئِهِمْoʻz asrandi bolalariўз асранди болалариإِذَاqachonkiқачонкиقَضَوْا۟ado qilishgachадо қилишгачمِنْهُنَّulardanуларданوَطَرًۭا ۚhojatlariniҳожатлариниوَكَانَva boʻlgandirва бўлгандирأَمْرُamriамриٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَفْعُولًۭاamal qilinishi lozimамал қилиниши лозим
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taolo ushbu oyati karimada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga u zot oʻzlari ozod qilgan qullari Zayd ibn Horisaga nimalar deganlarini eslatish bilan soʻz boshlamoqda:

«Esla, sen Alloh neʼmat bergan va sen ham neʼmat bergan shaxsga...»

Bu jumlada Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuning sifatlari keltirilmoqda.

«Alloh neʼmat bergan...»

Alloh Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuga iymon-Islom neʼmatini va Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashish saodatini bergan edi.

«...sen ham neʼmat bergan...»

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Zayd roziyallohu anhuni qullikdan ozod etgan, unga koʻplab yaxshiliklar qilgan edilar. Shu sababli, u jamiyatda obroʻ-eʼtiborli, hamma hurmat qiladigan shaxsga aylangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zayd roziyallohu anhuni oʻta yaxshi koʻrganlaridan u kishi «Rasulullohning mahbubi» laqabini oldi. Keyinroq u kishining oʻgʻli Usomaga «Mahbubning oʻgʻli mahbub» nomi berildi. Oisha onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlari ishtirok etmagan yurishlarga Zaydni yuboradigan boʻlsalar, faqat amir qilib yuborar edilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallamdan keyin qolganida Zaydni oʻzlariga xalifa qilar edilar», deganlar.

Ana oʻshanday odam Zaynab binti Jahshdan shikoyat qilib kelganida:

«Juftingni oʻzing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding».

Avval aytib oʻtilganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlari sovchi boʻlib, oʻrtada turib, Zayd va Zaynab ikkovlarini nikohlab qoʻygan edilar. Zaynab roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ammalari Umayma binti Abdulmuttolibning qizi edi. Uning mahriga oʻn dinoru oltmish dirham pul, bir roʻmol, bir choyshab, bir koʻylak, sakson mudd taom va oʻn mudd xurmo berilgan edi. Muqotil ibn Hibbonning aytishicha, bir yil yoki undan sal koʻproq birga yashaganlar. Soʻngra Zayd roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xotinidan shikoyat qilib kela boshladi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam esa, unga: «Juftingni oʻzing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der edilar.

«Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani maxfiy tutarding...»

Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning koʻngillariga Zayd Zaynabni taloq qilganidan keyin unga uylanish niyatini solgan edi. Aniq amr boʻlmagan edi-yu, ammo koʻngillariga tushgan edi. Shuning uchun, Zayd roziyallohu anhuga «Juftingni oʻzing ila tutib tur», deb aytayotganlarida, xayollarining bir chetida bu fikr boʻlib, Allohdan amr kelishini kutardilar. Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xayollarida kechgan shu gapni ham eslatmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani» maxfiy tutganlarining sababi keyingi jumlada keladi:

«...va odamlardan qoʻrqarding, holbuki, Allohdan qoʻrqmogʻing haqliroq edi».

Odamlarning «Muhammad oʻzining asrandi oʻgʻli taloq qilgan xotinga uylanibdi», deb aytishlaridan qoʻrqar edilar. Chunki, oʻsha vaqtning urf-odatiga binoan, asrandi oʻgʻilga xuddi oʻz oʻgʻlidek muomala qilinardi. Oʻz oʻgʻlining taloq qilgan xotiniga uylanish harom boʻlganidek, asrandi oʻgʻilning taloq qilgan xotiniga ham uylanish harom hisoblanardi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ushbu mulohazalar bilan Alloh koʻngillariga solgan ishni–Zayd taloq qilganidan keyin Zaynabga uylanish niyatini maxfiy tutar edilar. Taʼkidlab aytish kerakki, bu faqat koʻngilga tushgan fikr edi. Agar Allohning ochiq-oydin amri boʻlsa, hech qachon maxfiy tutmas edilar. Balki, uni darhol oshkor qilardilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohning amridan biror soʻzni ham maxfiy tutishga haqlari yoʻq edi. Bunday qilmaganlari maʼlum va mashhurdir.

Ibn Jarir at-Tobariy rahmatullohi alayhi Omir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho quyidagilarni aytadilar:

«Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga vahiy qilingan Allohning kitobidan biror narsani berkitadigan boʻlsalar, «Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi boʻlgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qoʻrqarding, holbuki, Allohdan qoʻrqmogʻing haqliroq edi» oyatini berkitar edilar».

Ha, Rasululloh Allohning amriga itoat etib, hech narsani berkitmadilar. Bu gaplarni ham oyat boʻlib nozil qilinganidan keyin hammaga oʻqib berdilar. Mana, asrlar davomida oʻqilib kelmoqda.

Alloh subhanahu va taolo har bir ishni hikmat ila qiladi. Bu haqiqat suraning avvalida asrandi bolalarga oʻz farzandidek muomalada boʻlishni botil qilgan oyatlar haqidagi bayonda ham aytilgan edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlgunlaricha ham johiliyatning botil urf-odatlaridan chetda turganlar. Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamni Oʻzi saqlagan. Faqat, bola asrash bobida Alloh iroda qilgan hikmat yuzasidan Zayd ibn Horisani oʻgʻil qilib olganlar. Mana, endi hikmati yuzaga chiqmoqda. Alloh taolo shu odatni va unga qoʻshib, asrandi oʻgʻilning taloq qilgan xotiniga uylanib boʻlmaydi, degan johiliyat qonunini botil qilish uchun chiqargan hukmni Oʻz Rasuli sollallohu alayhi vasallam hayotida tadbiq etishni xohlagan ekan. Chunki, shunda hukm taʼsirliroq boʻladi. Hamma hech ikkilanmay qabul qiladi. Xuddi shu hikmatga binoan, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ammalarining qizi boʻlmish Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni norozi boʻlishlariga qaramay, Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuga nikohlab bergan ekanlar. Xuddi shu hikmat yuzasidan «Hech bir moʻmin erkak va hech bir moʻmina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, oʻz ishlarini oʻzlaricha ixtiyor qilmoq yoʻq» oyati nozil boʻlgan ekan.

Mazkur ishlarning asl mohiyati, ulardan koʻzlangan hikmat endi yuzaga chiqmoqda va Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga:

«Qachonki Zayd undan oʻz hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik», demoqda.

Yaʼni, Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu Zaynab binti Jahshdan hojatini ado etib, uni taloq qilgach, Biz oʻzimiz senga uni zavja–xotin qilib berdik, demoqda.

Shunday boʻlishi kerak edi. Alloh taoloning irodasi shu edi. Alloh subhanahu va taolo Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Oʻzi nikohlab qoʻydi. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham yoʻq. Hammasining oʻrniga Allohning amri bor.

Zaynab binti Jahsh onamiz bunday nikoh bilan faxrlanib yurar edilar.

Imom Buxoriy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda bu haqda shunday deyiladi:

«Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning boshqa ayollariga faxrlanib:

«Sizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan», der edi».

Keyingi jumlada bu ishning hikmati ochiq bayon etiladi:

«Toki, moʻminlarga oʻz asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik boʻlmasin deb».

Birovning asrandi bolasi xotinidan oʻz hojatini ado etib, uni taloq qilsa, uni asrab olgan kishi haligi ayolga uylanishi mumkin emas, degan gʻirt mantiqsiz boʻlgan johiliyat qonunini endi Alloh taoloning Oʻzi toʻgʻriladi. Bu ishda namuna tariqasida Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsan oʻzlarini tanladi.

«Va Allohning amri amal qilinishi lozim boʻlgandir.»

Boʻlmasdan iloji yoʻq. Shuning uchun ham, Alloh taoloning bu boradagi amriga ham amal qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaynabga uylandilar. Shu bilan johiliyatning odamlar hayotiga va ongiga qattiq singib ketgan odatlaridan biri–asrandi oʻgʻilning taloq qilgan xotiniga uylanish harom, degan qonuni botil boʻldi. Moʻminlardan yana bir tanglik koʻtarildi.