مَّا كَانَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ مِنْ حَرَجٍ فِيمَا فَرَضَ ٱللَّهُ لَهُۥ ۖ سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلُ ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ قَدَرًا مَّقْدُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik bo`lmas. Bu — oldin o`tganlar haqida ham Alloh tutgan yo`ldir. Allohning amri belgilangan qadar bo`ldi.Набийга Аллоҳ унга фарз қилган нарсада бирон танглик бўлмас. Бу — олдин ўтганлар ҳақида ҳам Аллоҳ тутган йўлдир. Аллоҳнинг амри белгиланган қадар бўлди.Alauddin Mansour: Alloh paygʻambarga farz qilgan (yaʼni, halol qilgan) narsada unga biron tanglik boʻlmas. (Bu) ilgari oʻtgan (paygʻambarlar) haqidagi Allohning yoʻli — qonunidir (yaʼni, ular uchun ham Alloh halol qilgan narsalarda hech qanday tanglik boʻlmagan). Allohning amri irodasi taqdiri azaliy boʻldi.Аллоҳ пайғамбарга фарз қилган (яъни, ҳалол қилган) нарсада унга бирон танглик бўлмас. (Бу) илгари ўтган (пайғамбарлар) ҳақидаги Аллоҳнинг йўли — қонунидир (яъни, улар учун ҳам Аллоҳ ҳалол қилган нарсаларда ҳеч қандай танглик бўлмаган). Аллоҳнинг амри иродаси тақдири азалий бўлди.
Modomiki, Alloh taolo bir narsani farz qilar ekan, undan hech uyalmaslik, qandaydir tanglik his etmaslik kerak. Alloh har bir narsani Oʻzi bilib qiladi. Paygʻambar ham Allohning bandasi, uning amriga boʻysunishi lozim.
«Nabiyga Alloh unga farz qilgan narsada biron tanglik boʻlmas.»
Shuning uchun, Zaynabga uylanish borasida ham Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hech qanday tanglik boʻlmasligi kerak. Odamlar u deydi, bu deydi, degan mulohazalar ham boʻlmasligi kerak. Qolaversa, bu amr faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yolgʻiz oʻzlari uchun boʻlmayapti.
«Bu–oldin oʻtganlar haqida ham Alloh tutgan yoʻldir.»
Avval oʻtgan Paygʻambarlardan ham koʻp xotinlilari boʻlgan. Misol uchun, Dovud alayhissalomning yuzta xotinlari boʻlgan. Sulaymon alayhissalomning uch yuzta xotinlari boʻlgan. Alloh shuni iroda qilgan, shunday boʻlgan.