هُوَ ٱلَّذِى يُصَلِّى عَلَيْكُمْ وَمَلَـٰٓئِكَتُهُۥ لِيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَكَانَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ رَحِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`zi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U mo`minlarga o`ta mehribon bo`lgan Zotdir.У сизларни зулматлардан нурга чиқариш учун Ўзи ҳам, фаришталари ҳам саловот айтадир. У мўминларга ўта меҳрибон бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: U sizlarni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga chiqarish uchun sizlarga marhamat koʻrsatadigan Zotdir. Uning farishtalari ham (haqlaringizga duo qilurlar). U moʻminlarga mehribon boʻlgan Zotdir.У сизларни (куфр) зулматларидан (иймон) нурига чиқариш учун сизларга марҳамат кўрсатадиган Зотдир. Унинг фаришталари ҳам (ҳақларингизга дуо қилурлар). У мўминларга меҳрибон бўлган Зотдир.
Alloh taoloning bandaga salovot aytishi U zotning bandaga boʻlgan rahmatini bildiradi. Farishtalarning salovot aytishi esa, bandaga Allohning rahmati yogʻilishini tilab, duo qilishlarini anglatadi.
«U moʻminlarga oʻta mehribon boʻlgan zotdir.»
Shuning uchun, bandalarining zikriga muhtoj boʻlmasa ham, bandalar oʻz foydalari uchun Uni zikr qilsalar ham, Oʻzini koʻp zikr qilgan, ertayu kech poklab yod etgan bandalariga Oʻzi salovot aytib, farishtalariga ham salovot ayttirmoqda. Bundan ortiq yana qanday mehribonlik boʻlishi mumkin?!
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo: «Kim Meni ichida zikr qilsa, Men ham uni ichimda zikr qilaman, kim Meni jamoat ichida zikr qilsa, Men uni uning jamoatidan yaxshiroq jamoat ichida zikr qilaman», deydi», deganlar.
Yaʼni, farishtalar ichida zikr qilaman, deganidir.