QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят44

تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُۥ سَلَـٰمٌ ۚ وَأَعَدَّ لَهُمْ أَجْرًا كَرِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zotga yo`liqadigan kundagi so`rashishlari salomdir. Va ularga go`zal ajrni tayyorlab qo`ygandir.У зотга йўлиқадиган кундаги сўрашишлари саломдир. Ва уларга гўзал ажрни тайёрлаб қўйгандир.Alauddin Mansour: (Moʻminlar Allohga) roʻbaroʻ boʻladigan kunda ularga (Alloh tomonidan yoʻllanadigan) salom tinchlik-omonlik tilash boʻlur. (Alloh) ular uchun ulugʻ mukofot (yaʼni, jannat) tayyorlab qoʻygandir.(Мўминлар Аллоҳга) рўбарў бўладиган кунда уларга (Аллоҳ томонидан йўлланадиган) салом тинчлик-омонлик тилаш бўлур. (Аллоҳ) улар учун улуғ мукофот (яъни, жаннат) тайёрлаб қўйгандир.

424-sahifa · 22-juz · 43-hizb424-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَحِيَّتُهُمْularning soʻrashishlariуларнинг сўрашишлариيَوْمَkundagiкундагиيَلْقَوْنَهُۥU zotga yoʻliqadiganУ зотга йўлиқадиганسَلَـٰمٌۭ ۚsalomdirсаломдирوَأَعَدَّva tayyorlab qoʻygandirва тайёрлаб қўйгандирلَهُمْulargaуларгаأَجْرًۭاajrniажрниكَرِيمًۭاgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Allohni koʻp zikr qiladigan, ertayu kech Uni poklab yod etadigan ana oʻsha bandalarga Alloh taoloning Oʻzi va farishtalari salovot aytishi bilan birga ularning:

«U zotga yoʻliqadigan kundagi soʻrashishlari salomdir».

Allohga yoʻliqadigan qiyomat kunida oʻsha moʻminlarning holahvol soʻrashishlari salomdan iboratdir. Avvalo, salom berib kutib olinadi, qolaversa, barcha xavfu xatardan, qiyomat kuni dahshatlaridan va doʻzax azobidan salomatlik ato etiladi.

«Va ularga goʻzal ajrni tayyorlab qoʻygandir.»

Alloh taoloning Oʻzi bunday zokir bandalarga goʻzal ajrni– jannatni tayyorlab qoʻygandir.

Endi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning kishilarga nisbatan tutgan maqomlari, u zotning vazifalari va moʻminlar ustidagi fazllari bayon qilinadi: