QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят5

ٱدْعُوهُمْ لِـَٔابَآئِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِندَ ٱللَّهِ ۚ فَإِن لَّمْ تَعْلَمُوٓا۟ ءَابَآءَهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَمَوَٰلِيكُمْ ۚ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَآ أَخْطَأْتُم بِهِۦ وَلَـٰكِن مَّا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni o`z otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida to`g`ridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do`stlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo`q. Ammo dildan qasd qilgan bo`lsangiz, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.Уларни ўз оталари номи билан чақиринглар. Ана шу, Аллоҳнинг наздида тўғридир. Агар оталарини билмасангиз, улар сизнинг дин қардошларингиз ва дўстларингиздир. Билмасдан қилган хато нарсангиз учун сизга гуноҳ йўқ. Аммо дилдан қасд қилган бўлсангиз, Аллоҳ ўта мағфиратли ва ўта раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Ularni oʻz otalari (ismi) bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida toʻgʻriroqdir. Endi agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir (yaʼni, u holda ularni birodarim Falonchi, yoki doʻstim Falonchi, deb chaqiringlar, lekin boqib olgan otasining nomi bilan chaqirmanglar). Qilgan xatolaringiz sababli sizlar uchun gunoh yoʻqdir, lekin koʻngillaringiz (bilan) qasd qilgan narsadagina (gunohkor boʻlursizlar). Alloh magʻfiratli, mehribon boʻlgan Zotdir.Уларни ўз оталари (исми) билан чақиринглар. Шу Аллоҳ наздида тўғрироқдир. Энди агар уларнинг оталарини билмасангизлар, у ҳолда (улар) сизларнинг диний биродарларингиз ва дўстларингиздир (яъни, у ҳолда уларни биродарим Фалончи, ёки дўстим Фалончи, деб чақиринглар, лекин боқиб олган отасининг номи билан чақирманглар). Қилган хатоларингиз сабабли сизлар учун гуноҳ йўқдир, лекин кўнгилларингиз (билан) қасд қилган нарсадагина (гуноҳкор бўлурсизлар). Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон бўлган Зотдир.

418-sahifa · 21-juz · 42-hizb418-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱدْعُوهُمْularni chaqiringlarуларни чақирингларلِـَٔابَآئِهِمْoʻz otalari nomi bilanўз оталари номи биланهُوَana shuана шуأَقْسَطُtoʻgʻridir (adolatliroq)тўғридир (адолатлироқ)عِندَnazdidaназдидаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингفَإِنagarагарلَّمْemasэмасتَعْلَمُوٓا۟bilsangizбилсангизءَابَآءَهُمْularning otalariniуларнинг оталариниفَإِخْوَٰنُكُمْbas, qardoshlaringizdirбас, қардошларингиздирفِى-da-даٱلدِّينِdindaдиндаوَمَوَٰلِيكُمْ ۚva doʻstlaringizdirва дўстларингиздирوَلَيْسَva yoʻqва йўқعَلَيْكُمْsizgaсизгаجُنَاحٌۭgunohгуноҳفِيمَآnarsangiz uchunнарсангиз учунأَخْطَأْتُمxato qilganхато қилганبِهِۦundaундаوَلَـٰكِنammoаммоمَّاnarsaнарсаتَعَمَّدَتْqasd qilganқасд қилганقُلُوبُكُمْ ۚdillaringizдилларингизوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳغَفُورًۭاoʻta magʻfiratliўта мағфиратлиرَّحِيمًاoʻta rahmliўта раҳмли
TafsirТафсир

Bu oyatlar nozil boʻlguncha, odamlar birovning bolasini oʻgʻil qilib olib yurganlar. Insonlar jamiyatdagi mavjud tushuncha, urf- odatlar ila ish tutishgan. Endi esa, oyat nozil boʻlib, bu odatni botil qildi. Oʻz-oʻzidan, odamlarda: nima qilish kerak, avval asrab olingan farzand xususida nima qilamiz, oldingi ishlarimiz uchun ham javob beramizmi, kabi savollar paydo boʻladi. Ushbu oyati karima ana shu savollarga javob bermoqda.

«Ularni oʻz otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida toʻgʻridir.»

Yaʼni, asrab olingan farzandlarni asrab olgan odamning nomi bilan emas, oʻzining haqiqiy otasi nomi bilan chaqiringlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar:

«Rasulullohning mavlo–doʻstlari Zayd ibn Horisani faqat «Zayd ibn Muhammad» deb chaqirar edik. Qurʼoni Karimning «Ularni oʻz otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida toʻgʻridir» oyati nozil boʻlganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaydga: «Sen Zayd ibn Horisa ibn Sharhabiylsan», dedilar».

«Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va doʻstlaringizdir.»

Mabodo, asrab olingan bolaning haqiqiy otasi kim ekanligi maʼlum boʻlmasa, ular sizga Islom dini boʻyicha qardosh boʻladilar. Din qardoshim, deb murojaat qilinglar. Yoki mavlo–doʻstlaring boʻladilar. Ey doʻstim, deb murojaat qilinglar. Ammo, zinhor, oʻgʻlim, farzandim, deb murojaat qilmanglar.

Ushbu oyatlar tushguncha birovning bolasini oʻz farzandim deb, unga oʻz sulbidan boʻlgan farzandiga qilgan muomalani qilib yurganlar bu haqdagi ilohiy hukmni bilmagan edilar.

«Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yoʻq.»

Shuning uchun, bu oyatlar tushguncha qilgan ishlaringizni oʻylab, xijolat boʻlmang, endi hukmni bildingiz, unga amal qilishga oʻting.

«Ammo dildan qasd qilgan boʻlsangiz...»

Ammo oʻsha ishni bilmasdan emas, bilib turib qilgan boʻlsangiz, gunohga qolasiz. Birovning bolasini «oʻz bolam» deb daʼvo qilish gunoh ekanini bilib turib shu ishni qilsangiz, gunoh boʻladi.

«Alloh oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli zotdir.»

Xatolarni kechiradi va Oʻzi toʻgʻri yoʻlni lutf bilan koʻrsatadi.

Dilingizdan qasd qilgan boʻlsangiz ham, tavba qilsangiz Alloh magʻfiratli va rahimlidir, kechiradi, Yaʼni bilmasdan qilingan xato uchun Alloh sizni gunohkor qilmaydi. Ammo qasdan qilgan gunohingizdan ham qaytishga yoʻl bor.

Ushbu oyati karima hukmiga binoan, birov begona bolani oʻz nomiga oʻtkazib olishi, uni «oʻz bolam» deyishi haromdir. Shuningdek, birovni «otam» deb tanlashi ham katta gunohdir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Kim oʻzi bilib turib, otasidan boshqaning bolasiman deb daʼvo qilsa, unga jannat haromdir», deganlar.

Chunki, Islom koʻzda tutgan olti katta masaladan biri inson naslini muhozafa qilishdir. Shuning uchun ham, nikoh, taloq, idda va shunga oʻxshash koʻpgina hukmlar joriy qilingan. Hamma narsa inson naslining toza, pok, ochiq-oydin boʻlishiga qaratilgan. Agar shunday qilinmasa, harom-halol aralashib, ota bolasini, bola otasini, ona qizini, qiz onasini, aka singlisini, singil akasini tanimaydigan boʻlib ketadi. Insoniyat halokatga uchraydi. Nasli begona bolani oʻz naslidan boʻlgan bolalari qatoriga qoʻshish bilan koʻpgina harom-xarish ishlar yuzaga chiqadi. Mahramlik-nomahramlik qoidalari buziladi. Bir kuni kelib, ota oʻz qiziga yoki aka singlisiga uylanib qolishi mumkin. Meros masalasida va boshqa koʻpgina masalalarda oʻnglab boʻlmas xatolar vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham, Islomda bu ish harom qilingan.

Ammo bu degani, yetim bolani, qiyinchilikda qolgan oilaning bolasini boqib olish, tarbiya qilish mumkinmas, degani emas. Aksincha, bunday qilinsa, juda ham savob boʻladi. Bu ishlarni qilish kerak. Lekin begona bolani oʻzining nomiga oʻtkazib olish emas, balki u aslida kimning farzandi boʻlsa, oʻshaning nomida qoldirish kerak. Hamda shariat hukmiga muvofiq boqish, tarbiyalash kerak.

Islom oilani mustahkamlashga katta eʼtibor bergan. Oila doimo pok, mustahkam boʻlishi, shariat hukmiga binoan yashashi uchun barcha choralarni koʻrgan. Chunki, oilalar pok boʻlmagunicha, jamiyat poklanmaydi. Oilalar mustahkam boʻlmagunicha, jamiyat mustahkam boʻlmaydi. Oilalar dindor boʻlmagunicha, jamiyat dindor boʻlmaydi. Ha, koʻp narsa oiladan boshlanadi.

Qurʼoni Karim insonlarni asta-sekin tarbiyalab, yetuk shaxslarni va musulmon jamiyatini yetishtirishni buyurgan. Odamlarni johiliyat botqogʻidan chiqarib, Islom nuriga roʻbaroʻ qilgan. Jamiyatni shakllantirib, ilohiy qonun-qoidalar asosida yashashni oʻrgatib kelgan.

Yuqoridagi oyatlarda insonlarning nasabga, nikohga tegishli oʻzaro aloqalarining ilohiy hukmga toʻgʻri keladigan-kelmaydigan jihatlari bayon qilib oʻtildi. Endi navbatdagi oyatlarda musulmonlarning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, u kishining zavjai mutohharalariga va bir-birlariga nisbatan munosabatlari qanday boʻlishi kerakligi bayon etiladi: