QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят6

ٱلنَّبِىُّ أَوْلَىٰ بِٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنفُسِهِمْ ۖ وَأَزْوَٰجُهُۥٓ أُمَّهَـٰتُهُمْ ۗ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍ فِى كِتَـٰبِ ٱللَّهِ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُهَـٰجِرِينَ إِلَّآ أَن تَفْعَلُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِكُم مَّعْرُوفًا ۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْكِتَـٰبِ مَسْطُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiy mo`minlar uchun o`zlaridan ko`ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa mo`minlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, do`stlaringizga yaxshilik qilmog`ingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.Набий мўминлар учун ўзларидан кўра ҳақлидир. Унинг аёллари эса, уларнинг оналаридир. Аллоҳнинг Китобида қариндошлар бир-бирларига бошқа мўминлардан ва муҳожирлардан ҳақлидирлар. Фақат, дўстларингизга яхшилик қилмоғингиз мустаснодир. Бу, Китобда сатрлар ила битилмиш.Alauddin Mansour: Paygʻambar moʻminlarga oʻzlaridan ham haqdorroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridirlar. Allohning kitobida qarindosh-urugʻlar (merosxoʻrlikda) bir-birlariga (qon-qarindosh boʻlmagan) moʻminlardan va muhojirlardan koʻra haqdorroqdirlar. Magar sizlar (diniy) doʻstlaringizga (ularni oʻzingiz uchun voris qilishlik bilan) yaxshilik qilmogʻingiz (joizdir). Bu — Kitobda (yaʼni, Lavhul-Mahfuzda) bitib qoʻyilgan (hukmdir).Пайғамбар мўминларга ўзларидан ҳам ҳақдорроқдир, унинг аёллари эса уларнинг оналаридирлар. Аллоҳнинг китобида қариндош-уруғлар (меросхўрликда) бир-бирларига (қон-қариндош бўлмаган) мўминлардан ва муҳожирлардан кўра ҳақдорроқдирлар. Магар сизлар (диний) дўстларингизга (уларни ўзингиз учун ворис қилишлик билан) яхшилик қилмоғингиз (жоиздир). Бу — Китобда (яъни, Лавҳул-Маҳфузда) битиб қўйилган (ҳукмдир).

418-sahifa · 21-juz · 42-hizb418-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلنَّبِىُّNabiyНабийأَوْلَىٰhaqlidirҳақлидирبِٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlar uchunмўминлар учунمِنْ-dan koʻra-дан кўраأَنفُسِهِمْ ۖoʻzlaridanўзлариданوَأَزْوَٰجُهُۥٓva uning ayollariва унинг аёллариأُمَّهَـٰتُهُمْ ۗularning onalaridirуларнинг оналаридирوَأُو۟لُوا۟va egalariва эгалариٱلْأَرْحَامِqarindoshlikқариндошликبَعْضُهُمْularning baʼzilariуларнинг баъзилариأَوْلَىٰhaqlidirlarҳақлидирларبِبَعْضٍۢbir-birlarigaбир-бирларигаفِى-da-даكِتَـٰبِKitobidaКитобидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингمِنَ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlardanмўминларданوَٱلْمُهَـٰجِرِينَva muhojirlardanва муҳожирларданإِلَّآfaqat (mustasno)фақат (мустасно)أَن-ki-киتَفْعَلُوٓا۟qilmogʻingizқилмоғингизإِلَىٰٓ-ga-гаأَوْلِيَآئِكُمdoʻstlaringizgaдўстларингизгаمَّعْرُوفًۭا ۚyaxshilikяхшиликكَانَboʻlmishбўлмишذَٰلِكَbuбуفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِKitobdaКитобдаمَسْطُورًۭاsatrlar ila bitilmishсатрлар ила битилмиш
TafsirТафсир

Maʼlumki, bundan oldingi oyatlar hukmi ila farzand asrash hukmi bekor qilindi. Toʻgʻrirogʻi, bu johiliy hukmning botil ekani bayon qilindi. Oʻsha bayonga binoan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Zayd roziyallohu anhu oralaridagi tutingan ota-bolalik aloqasi ham uzildi. Zayd roziyallohu anhu esa, bu aloqa bilan faxrlanib yurar edilar. Shu boisdan, hatto otasi va amakisidan ham voz kechgan edi. Tabiiyki, bu holat uning ruhiy-maʼnaviy dunyosiga taʼsir qilgan. U kishi oʻzlarida qandaydir vahshat–yolgʻizlik his etgan boʻlishlari mumkin. Shuningdek, boshqa musulmonlarda ham, hatto musulmon emaslarda ham shu kabi holatlar koʻrilgandir.

Natijada, Paygʻambar moʻminlarga nisbatan qanday maqomda boʻladi, degan savol tugʻilgan boʻlishi kerak.

Ushbu oyatning avvalida Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuning koʻngillari koʻtarilmoqda va uygʻonishi mumkin boʻlgan mazkur savollarga javob berilmoqda:

«Nabiy moʻminlar uchun oʻzlaridan koʻra haqlidir».

Yaʼni, Paygʻambarning moʻminlar uchun tutgan oʻrni shunchalik ulugʻki, u asrab olgan otadan ham, sulbiy otadan ham, hatto, har bir moʻminning oʻz nafsidan ham yuqori darajadadir. Uning bu darajasi doimiy va boqiydir. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam har bir narsada moʻminlar uchun hammadan, hatto oʻzlaridan ham ustun maqomdadir.

Bu gʻoyatda oliy maqomdir. Bu dunyoda Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan boshqa insonga berilmagan maqomdir. Bu maqomning ulugʻligini yanada chuqurroq tushunishimizga hadisi shariflar yordam beradi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:

«Mening nafsim Uning qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, sizlardan birortangiz men to unga oʻzidan, molu dunyosidan, bolasidan va barcha odamlardan mahbubroq boʻlmagunimcha, moʻmin boʻla olmaydi».

Imom Buxoriy rivoyat qilgan yana boshqa bir hadisda aytiladiki: «Umar roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli! Allohga qasamki, siz men uchun oʻzimdan boshqa hammadan koʻra mahbubroqsiz», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq, ey Umar! Toki meni oʻzingdan ham mahbubroq koʻrmaguningcha boʻlmaydi», dedilar. Umar roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli! Allohga qasamki, albatta, siz men uchun hamma narsadan, hatto oʻzimdan ham mahbubsiz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ana, endi, boʻldi, ey Umar», dedilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning moʻminlarga ularning oʻzlaridan ham haqliroq ekanliklari faqat u zoti bobarakotning shaxslari bilan chegaralanmaydi, balki u kishi keltirgan taʼlimotlar ham moʻminlar uchun hamma narsadan ustun turishi lozim.

U zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida:

«Sizlardan birortangiz, toki uning nafsi men keltirgan narsaga ergashmagunicha, moʻmin boʻla olmaydi», deganlar.

Demak, qandaydir falon-pistonlarni oʻziga dohiy, yoʻlboshchi, rahnamo bilganlarning kimligi maʼlum. Habib Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam keltirgan Qurʼon va Sunnatni qoʻyib, boshqa taʼlimot, nazariya va kazo-kazolarga ergashib yurganlarning kimligi maʼlum. Musulmon kishi ergashadigan taʼlimot, hayotning qaysi sohasida boʻlishidan qatʼinazar, Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam olib kelgan Qurʼon va Sunnatdir, boshqa gap ortiqcha.

Bu oyati karimaga taalluqli rivoyatlardan birida imom Buxoriy ulugʻ sahobiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini hikoya qiladilar:

«Hech bir moʻmin yoʻqki, men uning uchun bu dunyo va oxiratda odamlarning eng haqdori boʻlmasam, agar istasangiz, «Paygʻambar moʻminlar uchun oʻzlaridan koʻra haqlidir», oyatini oʻqinglar. Bas, qaysi bir moʻmin oʻzidan keyin mol-mulk meros qoldirsa, uni qarindoshlari olsin. Agar qarz yoki zoye boʻlgan bolalar qoldirsa, egasi menga kelsin, men uning mavlosiman».

Yaʼni, vafot etgan oʻsha moʻminning qarzini men toʻlayman, yetim qolgan bolalariga qarayman.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning moʻminlarga nisbatan maqomlarini bayon qilish munosabati bilan u kishining ayollarining ham moʻminlar uchun qaysi maqomda turishlari aytilmoqda.

«Uning ayollari esa, ularning onalaridir.»

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari moʻminlarning onalaridir. Moʻminlarga ruhiy-maʼnaviy ona maqomidadirlar. Ular onalarini qanday hurmat-ehtirom qilsalar, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ayollarini ham shunday ehtirom qiladilar. Nasabiy onalarining nikohi ularga harom boʻlganidek, bu onalarning nikohi ham harom boʻladi. Boshqa ishlar va hukmlar ham shunga oʻxshash.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning va u zotning ayollarining moʻminlarga nisbatan maqomlari bayon qilinganidan soʻng, keyingi jumlada moʻmin-musulmonlarning bir-birlariga nisbatan muomalalari bayon etiladi:

«Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa moʻminlardan va muhojirlardan haqlidirlar».

Ushbu jumlada bayon qilinayotgan «haq» meros masalasiga bogʻliqdir. Ushbu oyat tushgunicha musulmonlar orasida meros olish doʻstlik, tutingan ogʻa-inilik asosida boʻlar edi. Bu johiliyat odati emas, hijratdan keyingi dastlabki paytda Islom joriy qilgan qoidalardan edi.

Moʻmin-musulmonlar dinlarini saqlab qolish maqsadida molu dunyolarini, vatanlarini, qarindosh-urugʻlarini tashlab, Madiynai Munavvaraga hijrat qilib keldilar.

Shuningdek, Madiynai Munavvaraning tub aholisidan boʻlmish musulmon ansoriylar ham Islom tufayli kofir qarindosh-urugʻlaridan ajraldilar. Shunda insoniy aloqalarda maʼlum darajada oʻzgarishlar boʻldi. Deyarli hamma musulmonlar insoniy aloqalar bobida yoʻqotgan yaqinlari oʻrniga yangisini izlab qoldilar.

Ana shu paytda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mashhur birodarlashtirish tadbirini qoʻlladilar. Muhojirlar va ansoriylar oʻrtasida diniy aka-ukalik, ogʻa-inilik aloqalari bogʻlanishini targʻib qildilar. Oʻzlari ularning nomlarini aytib, falonchi, sen fistonchi bilan birodar boʻl, deb ularning aqiyda asosidagi birodarlarga aylanganlarini eʼlon qildilar.

Ana oʻsha birodarlashtirishning boshqa hukmlari orasiga meros masalasi ham qoʻshildi. Muhojir musulmon birodari ansoriy musulmonning merosini olish huquqiga, aksincha, ansoriy ham muhojir birodarining merosini olish haqqiga ega boʻldi. Shu bilan bir vaqtda, qarindoshlik asosida meros olish yoʻqqa chiqdi. Bu holat maʼlum muddat davom etdi.

Vaqt oʻtishi bilan, Islom asta-sekin musulmon shaxs, oila va jamiyatni shakllantira bordi. Ushbu oyatlarda oila, nasl-nasab masalasi muolaja qilinar ekan, avvalo, nasli-nasabi pok boʻlishi, unga begona unsurlar kirmasligi zarur ekani, ana shunda oila mustahkam turishi bayon etildi.

Aynan nasl-nasab xususida, oilaviy aloqalarni mustahkamlash ishlarida meros masalasining muhim oʻrni bor. Meros masalasi qarindosh-urugʻlar, oila aʼzolari orasida oʻzaro masʼuliyatni his etish, haq-huquqlarga rioya qilish ishlarida muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham, meros moʻmin qarindosh-urugʻlar orasida boʻlishi lozimligi eʼlon qilindi. Albatta, kofir qarindosh-urugʻning merosda hech qanday haqqi boʻlmaydi. Moʻmin kishidan qolgan merosga moʻmin qarindoshlari haqlidirlar.

Imom Imoduddin ibn Kasir oʻz tafsirlarida, jumladan, ushbu oyatga bogʻliq quyidagi maʼlumotlarni keltiradilar:

«Ibn Abbos va boshqalar: «Muhojir ansoriyga merosxoʻr boʻlar edi. Ota tomon qarindoshlari ham, ona tomon qarindoshlari ham merosxoʻr boʻlolmas edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni birodar qilib qoʻyganlari uchun shunday qilinar edi», deganlar.

Ibn Abu Hotim oʻz sanadi ila Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhudan rivoyat qiladiki, u kishi bunday degan ekanlar:

«Alloh azza va jalla xususan biz qurayshliklar va ansoriylar haqida, «Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga bosh- qa moʻminlardan va muhojirlardan haqlidirlar» oyatini nozil qilgan. Chunki, biz qurayshliklar jamoasi Madiynaga kelganimizda hech qanday molu mulkimiz yoʻq edi. Bas, ansoriylar juda ham yaxshi birodar ekanini koʻrdik, ular bilan birodarlardek meros olishadigan boʻldik. Abu Bakr roziyallohu anhu Xorija ibn Zayd bilan birodar boʻldi. Umar roziyallohu anhu ham bittasi bilan ogʻaini tutindi. Usmon roziyallohu anhu Bani Zurayq ibn Saʼd azZarqiy qabilasidan bir kishi bilan birodar tutindi. Men Kaʼb ibn Molik bilan birodar boʻldim. (Urushda boʻlganimizda) oldiga borib, suv tutdim. Qurol unga, oʻzining aytishicha, ogʻir jarohat berganini koʻrdim. Allohga qasamki, ey bolam, agar u oʻsha kunlari oʻlganida, mendan boshqa hech kim merosini olmas edi. Toki Alloh taolo biz qurayshliklar jamoasi va ansoriylar haqida aynan ushbu oyatni nozil qilganidan keyingina oʻz meroslarimizga qaytdik».

Demak, moʻmin-musulmon qarindoshdan boshqa hech kim merosga haqdor boʻla olmaydi. Qarindoshlardan kimlar meros oladi, kim qancha oladi, bu tomoni alohida, boshqa oyatlarda bayon etilgan.

«Faqat doʻstlaringizga yaxshilik qilmogʻingiz mustasnodir.»

Yaʼni, oʻlayotgan odam doʻstiga yaxshilik qilmoqchi boʻlsa, oʻlimidan oldin molidan maʼlum miqdorini unga berish haqida vasiyat qoldirsa, boʻladi.

Yoki merosxoʻrlar, falonchi bizga meros qoldirgan azizlarimizning doʻsti edi, unga ham merosdan beraylik, deb hammalari rozi boʻlib bersalar, oʻzlarining ishi.

«Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.»

Yaʼni, bu hukmlar Allohning huzuridagi Kitobda azaldan yozib qoʻyilgan edi.

Shu munosabat ila, Kitobda yozib qoʻyilgan narsalardan yana bittasi kelasi oyatlarda bayon qilinadi: