QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят7

وَإِذْ أَخَذْنَا مِنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِيثَـٰقَهُمْ وَمِنكَ وَمِن نُّوحٍ وَإِبْرَٰهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ۖ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَـٰقًا غَلِيظًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham. Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.Набийлардан аҳду паймонларини олганимизни эсла! Сендан, Нуҳдан, Иброҳимдан, Мусодан ва Ийсо ибн Марямдан ҳам. Биз улардан салмоқли аҳду паймон олдик.Alauddin Mansour: Eslang, Biz (barcha) paygʻambarlardan va (xususan sizdan) Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iyso binni Maryamdan ahdu paymonlarini olgandik. Ulardan puxta ahdu paymon oldik.Эсланг, Биз (барча) пайғамбарлардан ва (хусусан сиздан) Нуҳдан, Иброҳим, Мусо ва Ийсо бинни Марямдан аҳду паймонларини олгандик. Улардан пухта аҳду паймон олдик.

419-sahifa · 21-juz · 42-hizb419-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаأَخَذْنَاBiz oldikБиз олдикمِنَ-dan-данٱلنَّبِيِّـۧنَNabiylardanНабийларданمِيثَـٰقَهُمْahdu paymonlariniаҳду паймонлариниوَمِنكَva sendanва сенданوَمِنva -danва -данنُّوحٍۢNuhdanНуҳданوَإِبْرَٰهِيمَva Ibrohimdanва Иброҳимданوَمُوسَىٰva Musodanва Мусоданوَعِيسَىva Iysodanва Ийсоданٱبْنِibn (oʻgʻli)ибн (ўғли)مَرْيَمَ ۖMaryamМарямوَأَخَذْنَاva Biz oldikва Биз олдикمِنْهُمulardanуларданمِّيثَـٰقًاahdu paymonаҳду паймонغَلِيظًۭاsalmoqliсалмоқли
TafsirТафсир

Demak, Alloh taolo barcha Paygʻambarlardan salmoqli, puxta-pishiq ahdu paymon olgan. Ulamolarimiz, bu ahdu paymon Allohning barcha amrlariga itoat etish, boshqalarni ham itoatga chorlash, Allohning taʼlimotlarini odamlarga bekamu koʻst yetkazish va bu boradagi qiyinchiliklarga sabr qilish, kabi maʼnolarni anglatadi, deganlar.

Ushbu oyatda Alloh taolo qiyinchiliklar boshlariga yogʻilib turgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga:

«Nabiylardan ahdu paymonlarini olganimizni esla!» deb bu yangi masʼuliyat emasligini, avvalgi Paygʻambarlar ham bu ishlarni boshlaridan oʻtkazganlarini eslatib, u zot sollallohu alayhi vasallamni sobitqadam boʻlishga chaqirmoqda.

«Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan, Musodan va Iyso ibn Maryamdan ham.»

Bu jumlada eng katta Paygʻambarlar, eng koʻp mashaqqat chekkan ululazm Rasullar alohida zikr etilmoqda. Ularning avvalida Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikr qilinishlari u zot uchun ham, ummatlari uchun ham ulugʻ sharafdir.

«Biz ulardan salmoqli ahdu paymon oldik.»

Yaʼni, oddiy emas, salmoqli, puxta-pishiq ahdu paymon oldik.