QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят8

لِّيَسْـَٔلَ ٱلصَّـٰدِقِينَ عَن صِدْقِهِمْ ۚ وَأَعَدَّ لِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابًا أَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Buni Alloh) sodiqlardan sadoqatlari haqida so`rash uchun qildi. Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qo`ydi.(Буни Аллоҳ) содиқлардан садоқатлари ҳақида сўраш учун қилди. Ва кофирларга аламли азобни тайёрлаб қўйди.Alauddin Mansour: U (Alloh) rostgoʻylardan (Qiyomat Kunida) rostgoʻyliklari haqida soʻrash uchun (ahd oldi). Alloh kofirlar uchun alamli azob tayyorlab qoʻygandir.У (Аллоҳ) ростгўйлардан (Қиёмат Кунида) ростгўйликлари ҳақида сўраш учун (аҳд олди). Аллоҳ кофирлар учун аламли азоб тайёрлаб қўйгандир.

419-sahifa · 21-juz · 42-hizb419-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّيَسْـَٔلَsoʻrash uchunсўраш учунٱلصَّـٰدِقِينَsodiqlardanсодиқларданعَنhaqidaҳақидаصِدْقِهِمْ ۚsadoqatlariсадоқатлариوَأَعَدَّva tayyorlab qoʻydiва тайёрлаб қўйдиلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаعَذَابًاazobniазобниأَلِيمًۭاalamliаламли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi «sodiqlar» kimlar ekanligi haqida tafsirchi ulamolarimiz ikki xil fikr aytganlar. Bir guruhlari: sodiqlar Paygʻambarlardir, deganlar. Ikkinchi bir guruhlari esa: sodiqlar Paygʻambarlarga sodiq boʻlgan moʻminlardir, deb aytgan. Aslida, bu ikki maʼno bir-birini toʻldirib keladi.

Alloh taolo avvaldan al-miysoq–salmoqli ahdu paymon olib qoʻyishining hikmati keyin, qiyomatda ahdiga sodiq Paygʻambarlar va ularga ergashgan sodiq moʻminlardan soʻrash uchundir. Bu soʻrov izzat- ehtirom soʻrovi, koʻpchilikning oldida mukofotga sazovor shaxsni maqtash maʼnosidagi soʻrovdir. Shu bilan birga, kofir, mushrik, munofiq va osiylarning dardiga dard, xasratiga xasrat qoʻshib, qani endi biz ham shulardan boʻlsak, deb orzu uygʻotadigan savoldir.

«Va kofirlarga alamli azobni tayyorlab qoʻydi.»

Ularga azobdan boshqa narsaning boʻlishi ham mumkin emas.

Ushbu oyatda endigina shakllanib kelayotgan Islom jamiyatini, rahbarlari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni va oʻsha jamiyat aʼzolari, oʻsha davlat kishilari boʻlmish moʻmin-musulmonlarni ahdu paymonga erishish yoʻlidagi har qanday qiyinchiliklarga ham parvo qilmay, olgʻa borishga targʻib bordir.

Mana, oʻshanday qiyinchiliklardan biri musulmonlar qarshisiga chiqdi. Mushriklarning va Islom dushmanlarining barcha ahzobi–hizblari, guruh va firqalari birlashib, Islomni yer yuzidan supurib tashlashga qaror qildi.

Oʻsha paytda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tinchlik-omonlikda Islom daʼvatini insonlarga yetkazar edilar. Musulmonlarga Islom taʼlimotlarini oʻrgatar, shariat ahkomlarini jamiyatda tatbiq qilar, kishilar orasida boʻlishi lozim muomalalarni yoʻlga qoʻyar, qisqasi, islomiy shaxsiyatni tarbiyalar va musulmon jamiyatini qurib kelar edilar. Buning xabari atrofga tarqalib, kishilarda Islomga boʻlgan qiziqish ortar va yakka-yakka hollarida kelib, musulmonlar safiga qoʻshilar edilar.

Bu holat Islom dushmanlarini tashvishga soldi. Musulmonlar tinch-omon qoʻyib berilsa, hamma ular tomonga oʻtib ketishidan qoʻrqdilar. Shuning uchun, hammamiz birlashib, musulmonlarni yoʻq qilmasak, boʻlmas ekan, degan fikrga keldilar.

Turli ahzobning Islomga qarshi harakatlarini mashhur tarixchilarimizdan ibn Ishoq quyidagicha rivoyat qiladilar:

«Xandaq urushida voqea bunday boʻlgan edi. Bir guruh yahudiylar, jumladan, Salom ibn Abul Haqiq an-Nazriy, Hayy ibn Axtob an-Nazriy, Kinona ibn Robiʼa, ibn Abul Haqiq, Havaza ibn Kaas al-Voiliy, Abu Ammor al-Voiliy, bir toʻp bani nazirlik va bani voilliklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi hizblarini toʻplashgan edi. Ular toʻplanib, Makkaga Quraysh kofirlari oldiga bordilar va ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urushga daʼvat qildilar. «Biz uni tag-tomiri bilan yoʻq qilib tashlagunimizcha, sizlar bilan birga boʻlamiz», dedilar.

Qurayshliklar ularga:

«Ey, yahudiylar jamoasi! Albatta, sizlar avvalgi kitob ahlidirsizlar. Biz Muhammad bilan kelishmayotgan narsaning ilmini ham bilasizlar. Bizning dinimiz haqmi, unikimi?» deb soʻradilar. Oʻzlarini ahli kitob, Tavrotga ergashuvchi deb daʼvo qiladigan yahudiylar:

«Sizlarning diningiz uning dinidan yaxshidir. Sizlar haqqa yaqinsizlar», deb javob qilishdi.

Bu gapdan qurayshliklar xursand boʻlib, harakatga tushdilar. Ularning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urush qilish haqidagi chaqiriqlariga binoan, jangga tayyorgarlik koʻrila boshlandi.

Soʻngra, mazkur yahudiylar jamoasi Fatafon qabilasiga borib, ularni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urush qilishga chaqirdilar. Ularni ham, sizlar bilan birga boʻlamiz, deb ishontirdilar. Bu taklifni qurayshliklar ham qabul qilganini bildirdilar. Ular ham toʻplandilar.

Qurayshliklar Abu Sufyon ibn Harb boshchiligida urushga chiqdilar. Fatafonliklar ham qoʻzgʻaldilar. Ulardan Bani Fizoraga Uyayna ibn Hisn, Bani Murraga al-Horis ibn Harb va Ashjaʼ qabilasidagilarga Masʼar ibn Rahiyla bosh boʻlib chiqdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning toʻplanib kelayotganlarini eshitgach, sahobalarini chaqirib, maslahat soldilar. Ularning qarshilariga chiqaylik, desalar, imkon yoʻq, dushman haddan tashqari koʻp. Ularning Madiynai Munavvaraga kirishlariga ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Xoin yahudiy qabilasi Bani Qurayza ichkarida turib, dushmanga yordam berishi mumkin. Nima qilish kerak?

Shunda sahobalardan Salmon Forsiy roziyallohu anhu Madiynai Munavvara atrofida xandaq qazishga maslahat berdilar. Chunki, forslar urushlarda shunday uslub qoʻllashar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu fikrni qabul qildilar. Ul zot hammani xandaq qazishga chorladilar. Bu ishda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari shaxsan ishtirok etdilar. Ul zot ham, musulmonlar ham astoydil ishlab, holdan toydilar. Baʼzi bir munofiqlar berkinib qochib qoldi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan izn ham soʻramay, uylariga ketdi. Musulmonlar esa, biror zarur yumushlari chiqib qolsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ruxsat soʻrashar, ishlari bitishi bilan darhol joylariga qaytib kelishar edi.

Xandaq qazish tabiiy sharoitga hech mos kelmas edi. Shunday boʻlsa ham, musulmonlar belni mahkam bogʻlab, ishtiyoq bilan ishladilar. Ruhlarini koʻtarish uchun koʻpchilik boʻlib sheʼr oʻqidilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sahobalarning koʻngillarini koʻtarib va ularni gʻayratlantirib turdilar.

Hijratning beshinchi yili edi. Xandaq qazib boʻlingach, dushmanlar ham koʻrina boshladi. Qurayshliklar Rumah nomli sel toʻplanadigan joyga kelib tushdilar. Ularning lashkari oʻn ming kishidan iborat edi. Ular oʻzlariga yaqin Bani Kinona va Tuhoma ahllarini, xizmatkor qullarini ham birga olib kelgan edilar. Fatafonliklar ham oʻzlariga qarashli Najd ahllari bilan birga Uhud tarafidagi Zanabi Naqmal degan joyga kelib tushdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch ming kishilik musulmon lashkari bilan chiqdilar. Salʼ degan manzildan oʻtib, oʻsha joyga qarorgoh qurishdi. Dushman bilan oʻrtalarida xandaq bor edi. Shuning uchun Ahzob urushi «Xandaq» nomi bilan ham tanilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amrlari bilan bolalar va ayollar qoʻrgʻonga joylashtirildi.

Madiynaga bostirib kirishni koʻzlab kelgan dushmanlar xandaqni koʻrib, hayron qolishdi. Bu ish hech kimning xayoliga kelmagan ish edi. Arablar tarixida biror joyda, biror urushda xandaq qazilgani nomaʼlum edi. Shunda ular qandaydir boshqa chora koʻrish zarurligini oʻylab qolishdi.

Ana shu paytda Allohning dushmani yahudiy Hayy ibn Axtob harakatga tushib qoldi. Madiynada musulmonlar bilan birga yashayotgan yahudiylarni ishga solib, ichkaridan zarba berishni reja qildi. U Bani Qurayza qabilasi boshligʻi Kaʼb ibn Asad al-Qaraziyga borib uchrashdi. Kaʼb ibn Asad qabilasi nomidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan tinchlik, hamkorlik ahdnomasini tuzib yashayotgan edi. Kaʼb ibn Asad Hayy ibn Axtobga:

«Sen shum odamsan, men Muhammad bilan ahdlashganman, u bilan oramizdagi ahdnomani buzmoqchi emasman, men uning doimo ahdiga vafo qilganini koʻrdim», dedi. Hayy boʻlsa:

«Shoʻring qurisin, ey Kaʼb! Men senga bir umrlik obroʻ, ulkan dengiz keltirdim. Qurayshni boshliqlariyu ulugʻlari bilan olib keldim. Men ularni Rumahdagi sel toʻplanadigan joyga tushirdim. Fatafonni ham oqsoqollari bilan qoʻshib olib kelib, Uhud tomonga tushirdim. Ular menga Muhammadni tag-tomiri bilan yoʻqotmagunlaricha qaytmaslikka ahdu paymon berdilar», dedi. Kaʼb unga:

«Allohga qasamki, sen menga bir umrlik xorlik keltirding. Suvi tushib boʻlgan bulut keltirding. Men Muhammaddan faqat vafo va sadoqat koʻrdim, xolos», dedi.

Hayy boʻlsa, Kaʼbning boshini aylantirib, turli gaplar bilan qiziqtirib, oxiri aytganiga koʻndirdi. Ikkovlari ahdu paymon qilishdi. Agar Quraysh va Fatafon Muhammadni yenga olmay, qaytib ketsalar, Hayy ham Kaʼb bilan birga uning qoʻrgʻoniga kirib, musiybatiga sherik boʻladigan boʻldi. Kaʼb ibn Asad Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam bilan tuzgan ahdnomani buzdi va Bani Qurayza ham dushman hizblarga qoʻshildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu xabar yetib borganida, odam yuborib, uning rostligini aniqlab oldilar.

Shundan soʻng xavf-xatar yana ham kuchaydi. Musulmonlarning dushmanlari yuqori tarafdan ham, quyi tarafdan ham bostirib kela boshladi. Moʻminlar turli gumonlarga bordilar. Munofiqlarning nifoqlari oshkor boʻldi. Hatto, Bani Amr ibn Avf qabilasidan Mutʼab ibn Qushayr: «Muhammad bizga Kisro va Qaysarning xaziynalarini yeyishimizni vaʼda qilar edi. Lekin bugun biror kishining tahoratga eson-omon borib kelishiga ham ishonmay qoldik- ku!» dedi. Bani Horisa ibn al-Horis qabilasidan Avs ibn Qayziy bir toʻp odam bilan kelib: «Ey, Allohning Rasuli, haqiqatan ham uylarimiz ochiq-sochiq qolgan. Bizga ortga qaytishga izn ber, uyjoyimizga boraylik. Ular Madiynaning tashqarisida», dedi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va mushriklar yigirma kundan ortiq, bir oyga yaqin shu holatda turdilar. Baʼzi bir kamon otishishlarni aytmaganda, orada urush boʻlmadi. Musulmonlar qamalda qoldilar.

Vaziyat ogʻirlashganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fatafonning lashkarboshilari Uyayna ibn Hisn va al-Horis ibn Avfga elchi yuborib, agar odamlari bilan qaytib ketishsa, Madiynadagi xurmozorning uchdan birini berishlarini aytdilar. Ikki tomon sulh ustida shartlasha boshladi. Ahdnoma yozildi, ammo guvohlar oldida tasdiqlanmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu sulhni tasdiqlashdan oldin Avs qabilasi boshligʻi Saʼd ibn Muoz va Xazraj qabilasining boshligʻi Saʼd ibn Uboda roziyallohu anhumolarga odam yuborib, boʻlayotgan ishdan xabar berdilar va maslahat soʻradilar. Ular:

«Ey, Allohning Rasuli, bu ishni oʻzingiz yoqtirib amalga oshirmoqchisizmi yoki Allohning sizga buyurgan amri boʻlib, uni qilmogʻimiz zarurmi? Yoxud biz uchun qilayotgan ishingizmi?» deb soʻrashdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Sizlar uchun qilayotgan ishimdir. Allohga qasamki, bu ishni qilmas edim. Illo, koʻrdimki, arablar sizni xuddi bir kamondan oʻqqa tutayotgandek toʻplanib turibdilar. Ular sizga qarshi har tomondan tashlanmoqdalar. Shuning uchun, ularning shavkatini bir oz boʻlsa ham sindirmoqchi edim», dedilar. Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli, biz ham, ular ham Allohga shirk keltirib, but-sanamlarga ibodat qilib yurardik. Allohga ibodat qilish tugul, uni hatto tanimas edik. Oʻshanda ular Madiynaning mevasini mehmondorchilik yoki savdo tufayli yeyishdan boshqa umidlari yoʻq edi. Endi Alloh bizni Islom ila aziz qilgan, hidoyatga boshlagan, Siz bilan, Islom bilan eʼzozlagan bir paytda, ularga molu mulkimizni beramizmi?! Allohga qasamki, bizga buning zaruriyati yoʻq. Allohga qasamki, Allohning oʻzi biz bilan ular orasida hukm chiqarmagunicha, ularga qilichdan boshqa narsani bermaymiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Mayli, sening aytganing boʻlsin», dedilar. Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu ahdnoma yozilgan sahifani olib, undagi yozuvlarni oʻchirdi. Soʻngra:

«Bizga qarshi urinib koʻrsinlar!» dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari shunday shiddatli va xavfli vaziyatda turdilar. Dushman ularni ham yuqori, ham quyi tomondan oʻrab olgan edi.

Moʻminlarning onasi Ummu Salama roziyallohu anho aytadilarki:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barcha urushlar va xavfli-xatarli voqealarga shohid boʻldim. Muraysiʼda, Xaybarda, Hudaybiyada boʻlganmiz, Fathda va Hunaynda ham. Ularning hech biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun Xandaqchalik qiyin va xavfli boʻlmagan. Musulmonlar juda ham ogʻir holatda edilar. Qurayshliklar bola-chaqa va ayollarga hujum qilib qolishi mumkin edi. Madiynani to tong otguncha qoʻriqlab chiqishardi. Xavfning kattaligidan musulmonlar tong otguncha takbir aytib chiqqanlarini eshitar edik».

Keyin gʻatafonlik Nayim ibn Masʼud ibn Omir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, men musulmon boʻldim. Ammo qavmim musulmon boʻlganimni bilgani yoʻq. Menga xohlagan ishingizni buyuring», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, sen bizning odamsan, agar qoʻlingdan kelsa, ularning orasini buz. Urush dogʻda qoldirishdir», dedilar. Nayim ibn Masʼud shundan keyin chiqib, Bani Qurayzaga bordi. Johiliyat davrida ular bilan ulfatchilik qilib yurar edi. Ibn Masʼud ularga:

«Ey, Bani Qurayza, men sizni yaxshi koʻrishimni bilasiz. Gap oramizda qolsin-u, qurayshliklar bilan gʻatafonliklarning sizdan farqi bor. Bu yurt, sizlarning yurtingiz. Unda molu mulkingiz, bolachaqangiz, ayollaringiz bor. Qurayshliklar va gʻatafonliklar Muhammad va uning sheriklari bilan urushgani kelganlar. Sizlar esa, Muhammadga qarshi ularga yordam berdingiz. Ularning molu mulki ham, yurti ham, ayollari ham boshqa joyda. Agar qoʻllaridan kelsa, bir ish qiladilar, boʻlmasa, yurtlariga qaytib ketib, sizni anavi odam bilan yolgʻiz tashlab qoʻyadilar. Agar u bilan yakka oʻzingiz qolsangiz, kuchingiz yetmaydi. Siz anavi qavmning ulugʻlaridan baʼzilarini garovga olmaguningizcha, ular bilan urushga kirmang. To Muhammadga qarshi urushning oxirigacha garovga olinganlar qoʻlingizda tursin», dedi. Ular:

«Toʻgʻri aytasan», deb javob qaytarishdi.

Bu gap, garchi Bani Qurayza qurayshliklarga yordam bermasin, degan maqsadda aytilgan boʻlsa ham, yolgʻon emas, Bani Qurayza uchun kerakli tanbeh edi.

Soʻngra, Nayim ibn Masʼud qurayshliklar boshligʻi Abu Sufyon huzuriga bordi va:

«Mening sizga boʻlgan muhabbatimni ham, Muhammad bilan aloqam yoʻqligini ham yaxshi bilasizlar. Oʻzimga yetgan narsadan sizlarni xabardor qilib qoʻyishni burchim deb bilganimdan oldingizga keldim. Ammo birovga aytmaysizlar!» dedi. Ular:

«Xoʻp boʻladi», dedilar. U:

«Yahudiylar Muhammad bilan oʻrnatilgan sulhni buzishganiga nadomat qilib, unga odam yuborganini bilasizmi? Ular, qilgan ishimizga pushaymonmiz, agar Quraysh va Fatafonning ulugʻlaridan senga asir olib bersak, bizdan rozi boʻlasanmi? Sen ularning kallasini olasan, keyin birgalashib, dushmanni qirib tashlaymiz, deyishgan ekan, Muhammad, xoʻp, debdi. Agar yahudiylar odam yuborib, sizlardan garovga odam berishni soʻrasalar, biror kishini bera koʻrmanglar», dedi.

Keyin Fatafon huzuriga borib, ularga ham Qurayshga aytganlarini aytdi.

Ushbu gaplardan keyin Abu Sufyon Bani Qurayza huzuriga Ikrima ibn Abu Jahlni yuborib, ularni urushga chorladi. Ikrima ularga:

«Biz oʻz yerimizda emasmiz, hayvonlarimiz halok boʻlmoqda. Urushni boshlaylik-da, Muhammadni yoʻq qilib, ishni tugataylik», dedi. Oʻsha kuni shanba edi. Yahudiylar uzr aytdilar:

«Bu kunda hech narsa qilmaymiz. Baʼzi birlarimiz bu kunda bir xil ishlarini qilib, musiybatga uchradi. Undan keyin, yana, to Muhammadni yoʻqotgunimizcha bizga garovga odam berib qoʻymasanglar, siz bilan unga qarshi urush qilmaymiz. Sizlar urushda qiynalib, yurtingizga qaytib ketib, bizni tashlab qochishingizdan qoʻrqamiz. Muhammad bizning yurtda turibdi. Biz yakka oʻzimiz unga qarshi tura olmaymiz», dedilar.

Shunday qilib, ularning orasi buzildi. Lekin Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga qarshi dushmanliklarini davom ettirdilar. Bani Qurayza yahudlari ichkarida qolgan ayollar va bolalarga zarar yetkazishning payida boʻldilar. Shunday yomon maqsadda borgan yahudiylardan birini Sofiya binti Abdulmuttolib urib oʻldirdilar.

Qurayshliklarning baʼzilari xandaqdan oʻtib, musulmonlarga yaqinlashdilar. Bular ichida Ikrima ibn Abu Jahl, baʼzi bani maxzumliklar va Amr ibn Abdu Vurd al-Omiriy bor edi. Amr yakkama-yakka olishuvga chaqirdi. Hazrati Ali ikki marta u bilan olishuvga chiqmoqchi boʻldilar, ammo ikki safar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni qaytardilar. Soʻngra Amr musulmonlarni ayblay boshladi. Ana shunda hazrati Ali unga qarshi chiqdi. Ikkovi toʻqnashganda hazrati Ali Amrga:

«Ey Amr, qurayshlik biror kishi seni ikki narsaga chaqirsa, yaxshisini olishga Allohga ahd qilgan eding-ku?» dedi. Amr:

«Toʻgʻri», dedi. Ali:

«Men seni Allohga, Uning Rasuliga va Islomga chaqiraman», dedi. U:

«Ularning menga keragi yoʻq», dedi. Ali:

«Men seni olishuvga chaqiraman», dedi. Amr:

«Nima uchun, ey jiyan? Allohga qasamki, men seni oʻldirishni xohlamayman», dedi. Ali:

«Men seni oʻldirishni istayman», dedi.

Shunda Amr qizishib ketdi va egardan tushib, otini soʻyib yubordi. Ali bilan jangga hozirlandi. U Aliga tomon yurdi. Olishuv boshlandi. Amr qilich solgan edi, Ali qalqoni bilan toʻsdi. Ammo qilich qalqonni yorib oʻtib, Alining boshini yaraladi. Ali oʻz navbatida kuchli zarba berib, Amrni qatl etdi. Musulmonlar takbir aytdilar. Qolgan mushriklar orqalariga qarab qochdilar.

Keyinchalik ham mushriklar bir necha bor xandaqdan oʻtishga urinib koʻrdilar, ammo har safar qattiq qarshilikka uchrab, ortga qaytdilar. Ikki tomondan bir-biriga kamon otishlar boʻldi. Musulmonlar besh kishini shahid ham berdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlar Allohdan astoydil nusrat tilab, mustahkam turar edilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam tinimsiz duo qildilar.

Alloh taolo dushmanlarga qishning sovuq kechasida oʻta sovuq shamol yubordi. Shamol dushmanning chodirlarini, qozonlarini uchirib keta boshladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dushman orasida ixtilof paydo boʻlgani, Alloh ularning birligini buzgani haqida xabar yetganidan soʻng, kechasi Xuzayfa ibn Yamon roziyallohu anhuni nima boʻlayotganini bilib kelish uchun ularning ichiga yubordilar.

Bu haqda Xuzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Xuzayfa, anavi qavmning ichiga borib, nima qilayotganlariga nazar sol. Bizga qaytib kelguningcha, hech narsa qilma», dedilar. Topib bordim va qavmning ichiga kirdim. Shamol va Allohning lashkarlari nima qilsa, qilayotgan edi. Shamol ularning qozonini ham, olovini ham, chodirini ham joyida qoʻymas edi. Abu Sufyon oʻrnidan turib:

«Ey, Quraysh jamoasi, hamma yonidagi odamga qarasin», dedi. Men yonimdagi odamni ushlab:

«Sen kimsan?!» dedim. U:

«Men Falonchi ibn Pistonchiman», dedi. Soʻngra Abu Sufyon:

«Ey, Quraysh jamoasi! Turib boʻlmaydigan holatda qoldingiz. Tuya va otlar halokatga uchradi. Bani Qurayza sizga xiyonat qildi. Ulardan bizga oʻzimiz yomon koʻrgan narsa yetdi. Shamolning zoʻridan nima boʻlayotganini ham koʻrib turibsiz. Qozonimiz joyida turmaydi. Olov yonmaydi. Chodirlarimiz tik turmaydi. Qani, joʻnanglar, men joʻnadim», dedi. Soʻngra borib, tuyasiga minib, uni urgan edi, uch oyoqlab sakrab turdi. Bir oyogʻi buklab bogʻlangan ekan. Allohga qasamki, u tuyaning oyogʻini tik turgʻazib yechdi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga: «Bizga qaytib kelguningcha bir narsa qilma», degan amrlari boʻlmaganida, uni oʻldirar edim».

Shunday qilib, Ahzob urushi tugadi. Islomni va musulmonlarni tag-tomiri bilan sugʻurib tashlash niyatida toʻplangan kofir va mushrik guruhlar yovuz maqsadlariga yeta olmadi. Alloh taolo musulmonlarga nusrat berdi.

Ana oʻsha hodisalarni Qurʼoni Karim kelgusi oyatlarda oʻziga xos uslub ila hikoya qiladi: