QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят9

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَآءَتْكُمْ جُنُودٌ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا وَجُنُودًا لَّمْ تَرَوْهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. O`shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko`rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchi edi.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг сизга берган неъматини эсланг. Ўшанда устингизга лашкарлар келган эди. Бас, Биз уларнинг устига шамолни ва сиз кўрмаган лашкарларни юбордик. Аллоҳ нима қилаётганингизни яхши кўриб тургувчи эди.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlarga (qarshi turli firqalardan iborat) qoʻshinlar kelgan paytida, Biz ularning ustiga shamol va sizlar koʻrmagan qoʻshinlarni (yaʼni, farishtalarni) yuborganimizni — Allohning sizlarga bergan neʼmatini eslanglar! Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir.Эй мўминлар, сизларга (қарши турли фирқалардан иборат) қўшинлар келган пайтида, Биз уларнинг устига шамол ва сизлар кўрмаган қўшинларни (яъни, фаришталарни) юборганимизни — Аллоҳнинг сизларга берган неъматини эсланглар! Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб тургувчи бўлган Зотдир.

419-sahifa · 21-juz · 42-hizb419-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларٱذْكُرُوا۟eslangэслангنِعْمَةَneʼmatiniнеъматиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْsizga berganсизга берганإِذْoʻshandaўшандаجَآءَتْكُمْsizga kelgan ediсизга келган эдиجُنُودٌۭlashkarlarлашкарларفَأَرْسَلْنَاbas, Biz yubordikбас, Биз юбордикعَلَيْهِمْularning ustigaуларнинг устигаرِيحًۭاshamolniшамолниوَجُنُودًۭاva lashkarlarniва лашкарларниلَّمْemasэмасتَرَوْهَا ۚsiz koʻrganсиз кўрганوَكَانَva ediва эдиٱللَّهُAllohАллоҳبِمَاnimaniниманиتَعْمَلُونَqilayotganingizniқилаётганингизниبَصِيرًاyaxshi koʻrib turguvchiяхши кўриб тургувчи
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taolo ushbu oyatda moʻmin-musulmonlarga ular uchun eng mahbub boʻlgan nido:

«Ey, iymon keltirganlar!» nidosi bilan murojaat qilmoqda. Hamda ularga alohida margʻub uslubda nido qilishni davom ettirib,

«Allohning sizga bergan neʼmatini eslang», demoqda.

Ha, dushman hujumidan asrash, tinchlik-omonlik berish, dushmanlar ustidan gʻolib kelish Allohning bandalariga ato etgan ulugʻ neʼmati hisoblanadi. Bu neʼmatni eslash, unga shukr qilish moʻmin- musulmonlarning burchidir. Soʻngra, mazkur neʼmat berilmasdan oldin ularning holati bir eslatib qoʻyiladi.

«Oʻshanda ustingizga lashkarlar kelgan edi.»

Oʻsha paytda ustingizga ahzob–Quraysh oʻzining odamlari va malaylari bilan hamda Fatafonning turli qabilalari birlashib, bostirib kelishgan edi. Ular sizlarni butunlay yoʻq qilib yuborish maqsadida edilar.

«Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz koʻrmagan lashkarlarni yubordik.»

Alloh taolo kofirlarning hizblari ustiga sovuq qish kechasida oʻta sovuq shamolni yubordi. U shamol ularning qozon va chodirlarini uchirib ketdi. Olovlarini oʻchirib tashladi. Biror kishi qomatini tik tutib yurolmay qoldi.

Ulamolarimiz «koʻrinmagan lashkarlar»dan murod farishtalar boʻlib, ular mushriklarning qalblariga qoʻrqinch solganlar-u, urush qilmaganlar, deydilar.

«Alloh nima qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchi edi.»

Ha, Alloh taolo sizning hamma harakatlaringizni koʻrib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chaqiriqlariga labbay deb javob berib, safarbarlikka chiqib, maslahatlashib, xandaq qazish va boshqa ishlarda qanchalik jonbozlik koʻrsatganingizni ham koʻrib- bilib turdi.