QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят51

۞ تُرْجِى مَن تَشَآءُ مِنْهُنَّ وَتُـْٔوِىٓ إِلَيْكَ مَن تَشَآءُ ۖ وَمَنِ ٱبْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكَ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن تَقَرَّ أَعْيُنُهُنَّ وَلَا يَحْزَنَّ وَيَرْضَيْنَ بِمَآ ءَاتَيْتَهُنَّ كُلُّهُنَّ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِى قُلُوبِكُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan xohlaganingni nari qo`yib, xohlaganingni o`zingga olursan. O`zing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh bo`lmas. Shunday bo`lishi ularning ko`zlari quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi bo`lishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh o`ta bilguvchi va o`ta haliym Zotdir.Улардан хоҳлаганингни нари қўйиб, хоҳлаганингни ўзингга олурсан. Ўзинг четлатганлардан бирортасини истасанг, сенга гуноҳ бўлмас. Шундай бўлиши уларнинг кўзлари қувончга тўлиши, хафа бўлмасликлари ва ҳаммаларининг сен уларга берган нарсадан рози бўлишларига яқинроқдир. Аллоҳ қалбларингиздаги нарсани биладир ва Аллоҳ ўта билгувчи ва ўта ҳалийм Зотдир.Alauddin Mansour: Siz (ayollaringizdan) oʻzingiz xohlagan ayolni qoldirib, oʻzingiz xohlagan ayolni oʻzingizga hamxona qilursiz. Oʻzingiz chetlatgan ayollaringizdan biron ayolni (oʻzingizga yana hamxona qilishni) istasangiz sizga hech qanday gunoh boʻlmas. Bu (yaʼni, ayollaringizga qiladigan muomalangizda sizga ixtiyor berib qoʻyishimiz), ularning koʻzlari quvonishiga, gʻamgin boʻlmasliklariga va siz ularga ato etgan narsaga barchalari rozi boʻlishlariga yaqinroq (yoʻldir). Alloh sizlarning dillaringizdagi sirlaringizni (ham) bilur. Alloh bilguvchi va halim boʻlgan Zotdir.Сиз (аёлларингиздан) ўзингиз хоҳлаган аёлни қолдириб, ўзингиз хоҳлаган аёлни ўзингизга ҳамхона қилурсиз. Ўзингиз четлатган аёлларингиздан бирон аёлни (ўзингизга яна ҳамхона қилишни) истасангиз сизга ҳеч қандай гуноҳ бўлмас. Бу (яъни, аёлларингизга қиладиган муомалангизда сизга ихтиёр бериб қўйишимиз), уларнинг кўзлари қувонишига, ғамгин бўлмасликларига ва сиз уларга ато этган нарсага барчалари рози бўлишларига яқинроқ (йўлдир). Аллоҳ сизларнинг дилларингиздаги сирларингизни (ҳам) билур. Аллоҳ билгувчи ва ҳалим бўлган Зотдир.

425-sahifa · 22-juz · 43-hizb425-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ تُرْجِىnari qoʻyursanнари қўюрсанمَنkimniкимниتَشَآءُxohlasangхоҳласангمِنْهُنَّulardanуларданوَتُـْٔوِىٓva olursanва олурсанإِلَيْكَoʻzinggaўзинггаمَنkimniкимниتَشَآءُ ۖxohlasangхоҳласангوَمَنِva kimniва кимниٱبْتَغَيْتَistasangистасангمِمَّنْoʻshalardanўшаларданعَزَلْتَoʻzing chetlatganўзинг четлатганفَلَاbas, emasбас, эмасجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكَ ۚsengaсенгаذَٰلِكَshunday boʻlishiшундай бўлишиأَدْنَىٰٓyaqinroqdirяқинроқдирأَن-ki-киتَقَرَّquvonchga toʻlishiқувончга тўлишиأَعْيُنُهُنَّularning koʻzlariуларнинг кўзлариوَلَاva emasва эмасيَحْزَنَّxafa boʻlishlariхафа бўлишлариوَيَرْضَيْنَva rozi boʻlishlariва рози бўлишлариبِمَآoʻsha narsadanўша нарсаданءَاتَيْتَهُنَّsen ularga berganсен уларга берганكُلُّهُنَّ ۚhammalariҳаммалариوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladirбиладирمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиقُلُوبِكُمْ ۚqalblaringizқалбларингизوَكَانَva boʻldiва бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلِيمًاoʻta bilguvchiўта билгувчиحَلِيمًۭاva oʻta halimва ўта ҳалим
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuqorida zikr etilgan ayollar bilan qanday muomalada boʻlishlari bayon qilinmoqda. Yuqoridagi oyatda, asosan, mahrlarini berib, nikohlab olgan zavjai mutohharalari, amaki, amma, togʻa, xolalarning hijrat qilgan qizlari va oʻz nafsini hadya etgan moʻminalar va choʻrilar haqida gap borgan edi. Bularning bir qismi faraz qilgandagi ruxsatlar boʻlib, voqelikda oʻz nafsini hadya qilishi mumkin moʻminalar va zavjai mutohharalari qolgan edi.

«Ulardan xohlaganingni nari qoʻyib, xohlaganingni oʻzingga olursan.»

«Ulardan» lafzidan, oʻz nafslarini hadya qilgan moʻminalar qasd qilingan boʻlganida, oʻz nafsini hadya qilgan ayollardan xohlaganingni qabul etib xotin qilib olursan, maʼnosi chiqar edi. Ammo ularning birortasini ham qabul qilmaganlari yuqorida aytib oʻtildi. Demak, bu jumladagi hukm faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu oyat nozil boʻlgan paytdagi zavjai mutohharalariga xos boʻlib qoladi. Baʼzi ulamolarimiz, ayollaringdan xohlaganingni taloq qilursan, xohlaganingni taloq qilmay, olib qolursan, degan maʼnoni olgʻa suradilar. Ammo keyingi oyat bu fikrni rad etadi. Shuning uchun ham, koʻpchilik ulamolarimiz, bu ruxsat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oʻz zavjai mutohharalari bilan birga yotish taqsimlarida u zotga xohlagancha yoʻl tutish ixtiyori berilganini ifoda etadi, deydilar. Yaʼni, zavjalaringdan birortasiga navbat kelsa ham, oldiga kirmay, nari qoʻyib, xohlaganing bilan, navbati kelmasa ham, birga yotursan, deganidir, deyishadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollari bilan navbatmanavbat yotar edilar. Mabodo, navbatni buzishga ehtiyoj chiqib qolsa, navbati kelgan onamizdan, falonchining oldida tunashimga izn berasanmi, deb soʻrar edilar. Bu oyatda esa, soʻramasdan ham, oʻzlari nimani istasalar, qilaverishga haqlari bor ekanligi bayon qilinmoqda.

«Oʻzing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh boʻlmas.»

Bu ham, faraz maʼnosida olsak, oʻz nafsini hadya qilgan ayolni oldin rad etib, keyin yana xohlab olganing senga gunoh boʻlmas, maʼnosi chiqadi. Yoki zavjalaringdan birortasiga navbatida kirmay qoʻygan boʻlsang, istagan paytingda kiraverasan, maʼnosi chiqadi.

«Shunday boʻlishi ularning koʻzlari quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi boʻlishlariga yaqinroqdir.»

Chunki, bu ishlarni Allohning amri bilan qilayotganingni bilganlaridan keyin, ayollaringning koʻzlari quvonchga toʻladi, xafa boʻlmaydilar va rozi boʻladilar.

«Alloh qalblaringizdagi narsani biladi...»

Shuning uchun ushbu hukmni joriy qildi.

«...va Alloh oʻta bilguvchi va oʻta haliym zotdir».

U zot hamma narsani, oshkoru maxfiyni, kattayu kichikni biladi. Oʻta haliymligidan bandalarini iqob qilishga (jazolashga) shoshilmaydi.