QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят53

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَدْخُلُوا۟ بُيُوتَ ٱلنَّبِىِّ إِلَّآ أَن يُؤْذَنَ لَكُمْ إِلَىٰ طَعَامٍ غَيْرَ نَـٰظِرِينَ إِنَىٰهُ وَلَـٰكِنْ إِذَا دُعِيتُمْ فَٱدْخُلُوا۟ فَإِذَا طَعِمْتُمْ فَٱنتَشِرُوا۟ وَلَا مُسْتَـْٔنِسِينَ لِحَدِيثٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ يُؤْذِى ٱلنَّبِىَّ فَيَسْتَحْىِۦ مِنكُمْ ۖ وَٱللَّهُ لَا يَسْتَحْىِۦ مِنَ ٱلْحَقِّ ۚ وَإِذَا سَأَلْتُمُوهُنَّ مَتَـٰعًا فَسْـَٔلُوهُنَّ مِن وَرَآءِ حِجَابٍ ۚ ذَٰلِكُمْ أَطْهَرُ لِقُلُوبِكُمْ وَقُلُوبِهِنَّ ۚ وَمَا كَانَ لَكُمْ أَن تُؤْذُوا۟ رَسُولَ ٱللَّهِ وَلَآ أَن تَنكِحُوٓا۟ أَزْوَٰجَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦٓ أَبَدًا ۚ إِنَّ ذَٰلِكُمْ كَانَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Nabiyning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir bo`lmaydigan bo`lib (kiring). Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb bo`lishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang. Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur. U esa, sizlardan hayo qilardi. Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir. Qachonki ulardan biror narsa so`rasangiz, parda ortidan so`rang. Shunday qilmog`ingiz o`z qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir. Siz uchun Rasulullohga ozor berish va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas. Albatta, bunday qilmog`ingiz Allohning nazdida katta(gunoh)dir.Эй, иймон келтирганлар! Набийнинг уйларига кирманг. Магар, таомга изн берилганида, унинг пишишига мунтазир бўлмайдиган бўлиб (киринг). Лекин чақирилсангиз, киринг-да, таомни еб бўлишингиз билан тарқалиб кетинг, гапга берилиб, (қолиб) кетманг. Албатта, бундай қилишингиз Набийга озор берур. У эса, сизлардан ҳаё қиларди. Аллоҳ ҳақ(ни айтиш)дан ҳаё қилмайдир. Қачонки улардан бирор нарса сўрасангиз, парда ортидан сўранг. Шундай қилмоғингиз ўз қалбларингиз учун ҳам, уларнинг қалблари учун ҳам покроқдир. Сиз учун Расулуллоҳга озор бериш ва ундан кейин унинг жуфтларини никоҳингизга олишингиз ҳеч қачон мумкин эмас. Албатта, бундай қилмоғингиз Аллоҳнинг наздида катта(гуноҳ)дир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, paygʻambarning uylariga faqat sizlarni biron taomga chaqirilsagina kiringlar. (Oʻshanda ham) uning pishishiga koʻz tutib turguvchi boʻlmanglar, balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlangach tarqalinglar va biron gapga berilgan holingizda (u yerda qolib ketmanglar)! Chunki bu (ishlaringiz) paygʻambarga ozor berur, u esa sizlardan (yaʼni, sizlarni chiqarib yuborishdan) tortinar. Alloh haqni (aytishdan) tortinmas. Qachon sizlar (paygʻambar ayollaridan biron narsa soʻrasangizlar) parda ortida turib soʻranglar! Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham toza tutguvchiroqdir. Sizlar uchun Allohning paygʻambariga ozor berish va uning ortidan ayollariga uylanishingiz hech qachon durust emasdir. Chunki bu (ishlaringiz) Alloh nazdida ulugʻ (gunoh) boʻlgan ishdir.Эй мўминлар, пайғамбарнинг уйларига фақат сизларни бирон таомга чақирилсагина киринглар. (Ўшанда ҳам) унинг пишишига кўз тутиб тургувчи бўлманглар, балки чақирилган пайтингизда кириб, таомлангач тарқалинглар ва бирон гапга берилган ҳолингизда (у ерда қолиб кетманглар)! Чунки бу (ишларингиз) пайғамбарга озор берур, у эса сизлардан (яъни, сизларни чиқариб юборишдан) тортинар. Аллоҳ ҳақни (айтишдан) тортинмас. Қачон сизлар (пайғамбар аёлларидан бирон нарса сўрасангизлар) парда ортида туриб сўранглар! Мана шу сизларнинг дилларингизни ҳам, уларнинг дилларини ҳам тоза тутгувчироқдир. Сизлар учун Аллоҳнинг пайғамбарига озор бериш ва унинг ортидан аёлларига уйланишингиз ҳеч қачон дуруст эмасдир. Чунки бу (ишларингиз) Аллоҳ наздида улуғ (гуноҳ) бўлган ишдир.

425-sahifa · 22-juz · 43-hizb425-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَzotlarзотларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَدْخُلُوا۟kirmangкирмангبُيُوتَuylarigaуйларигаٱلنَّبِىِّNabiyningНабийнингإِلَّآmagarмагарأَنagarагарيُؤْذَنَizn berilsaизн берилсаلَكُمْsizlargaсизларгаإِلَىٰ-ga-гаطَعَامٍtaomgaтаомгаغَيْرَ-masdan-масданنَـٰظِرِينَmuntazir boʻluvchiмунтазир бўлувчиإِنَىٰهُuning pishishigaунинг пишишигаوَلَـٰكِنْlekinлекинإِذَاqachonkiқачонкиدُعِيتُمْchaqirilsangizчақирилсангизفَٱدْخُلُوا۟bas, kiringбас, кирингفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиطَعِمْتُمْtaomni yeb boʻlsangizтаомни еб бўлсангизفَٱنتَشِرُوا۟tarqalib ketingтарқалиб кетингوَلَاva emasва эмасمُسْتَـْٔنِسِينَgapga berilib qoluvchiгапга берилиб қолувчиلِحَدِيثٍ ۚgapgaгапгаإِنَّalbattaалбаттаذَٰلِكُمْbunday qilishingizбундай қилишингизكَانَediэдиيُؤْذِىozor beradirозор берадирٱلنَّبِىَّNabiygaНабийгаفَيَسْتَحْىِۦbas, u hayo qilardirбас, у ҳаё қилардирمِنكُمْ ۖsizlardanсизларданوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَسْتَحْىِۦhayo qilmasҳаё қилмасمِنَ-dan-данٱلْحَقِّ ۚhaqni (aytishdan)ҳақни (айтишдан)وَإِذَاva qachonkiва қачонкиسَأَلْتُمُوهُنَّulardan soʻrasangizулардан сўрасангизمَتَـٰعًۭاbiror narsaбирор нарсаفَسْـَٔلُوهُنَّbas, ulardan soʻrangбас, улардан сўрангمِن-dan-данوَرَآءِortiортиحِجَابٍۢ ۚpardaпардаذَٰلِكُمْshunday qilmogʻingizшундай қилмоғингизأَطْهَرُpokroqdirпокроқдирلِقُلُوبِكُمْqalblaringiz uchunқалбларингиз учунوَقُلُوبِهِنَّ ۚva ularning qalblari uchunва уларнинг қалблари учунوَمَاva emasва эмасكَانَboʻlurбўлурلَكُمْsiz uchunсиз учунأَن-ishi-ишиتُؤْذُوا۟ozor berishingizозор беришингизرَسُولَRasuligaРасулигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلَآva emasва эмасأَن-ishi-ишиتَنكِحُوٓا۟nikohingizga olishingizникоҳингизга олишингизأَزْوَٰجَهُۥuning juftlariniунинг жуфтлариниمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦٓundan keyinундан кейинأَبَدًا ۚhech qachonҳеч қачонإِنَّalbattaалбаттаذَٰلِكُمْbunday qilmogʻingizбундай қилмоғингизكَانَerurэрурعِندَnazdidaназдидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَظِيمًاkatta (gunoh)dirкатта (гуноҳ)дир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning maʼnolarini yana ham chuqurroq anglab yetishimiz uchun uning nozil boʻlish sababini oʻrganib chiqaylik.

Imom Buxoriy va imom Muslim qilgan rivoyatda mashhur sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zaynab binti Jahsh onamizga uylangan kunlari nimalar boʻlgani haqida quyidagilarni aytadilar:

«Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam uylanib, oʻz ahllari huzuriga kirganlarida onam xiys (taomning turi) qilib, tavr (idish)ga solib:

«Ey Anas, mana buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib borgin-da, buni sizga onam berib yubordi, u kishi sizga salom aytdilar va mana shu ozgina narsa bizdan sizga, deb aytdilar, degin», dedilar.

Men uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib borib:

«Onam sizga salom aytdilar va mana shu ozgina narsa bizdan sizga, deb aytdilar», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Uni qoʻy,–dedilar, soʻngra:–endi borib falonchi, falonchilarni va yoʻlda uchratgan odamlaringni ham aytib kel», deb bir qancha odamlarning ismlarini aytdilar. Men u zot aytgan odamlarni va yoʻlda uchratganlarimni chaqirib keldim. (Odamlar:

«Necha kishi edilar?» deb soʻraganlarida, Anas roziyallohu anhu:

«Uch yuz kishicha bor edi», deganlar.) Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:

«Ey Anas, tavrni olib kel», dedilar». Suffa va hujra odamlarga toʻlib ketgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Oʻnta-oʻntadan xalqa boʻlib oʻtiringlar, har kim oʻz oldidan yesin», dedilar. Hammalari yeb toʻydilar. Bir guruhi chiqib, bir guruhi kirib, hammalari yedilar. Soʻng menga:

«Ey Anas, koʻtar», dedilar. Bilmayman, olib kelib qoʻyganimda koʻpmidi yoki qaytarib olganimdami? Oʻshalardan baʼzi guruhlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida oʻtirib, gaplashib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham oʻtirdilar. Ayollari esa, yuzini devorga oʻgirib oʻtirardi. Bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ogʻir kelganidan, tashqariga chiqib, ayollariga salom berib kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaytib kelganlarini koʻrgan chogʻlarida, oʻtirganlar u zotning ogʻir olganlarini bildilar va hammalari eshik tomon yurib, chiqib ketdilar. Rasululloh pardani tushirib, ichkariga kirdilar, men hujrada oʻtirar edim. Sal oʻtmay, oldimga chiqdilar. Alloh u kishiga: «Ey iymon keltirganlar. Paygʻambarning uylariga kirmang», oyatini nozil qildi. Rasululloh tashqariga chiqib odamlarga oʻqib berdilar».

«Ey, iymon keltirganlar. Paygʻambarning uylariga kirmang. Magar, taomga izn berilganida, uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan boʻlib (kiring).»

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning uylariga siz uchun taomga izn berilganida, taom pishishini kutib oʻtirmaydigan boʻlib kiring. Boshqacha aytganda, pishib, tayyor boʻlib turgan taomni tanovul qilish uchun izn berilganida kiring.

«Lekin chaqirilsangiz, kiring-da, taomni yeb boʻlishingiz bilan tarqalib keting, gapga berilib, (qolib) ketmang.»

Oʻsha taom uchun sizga izn berilganida, kirishingiz bilan taomni yeb, qaytib chiqib keting. Ovqatni yeb boʻlib ham ulfatchilik uchun gapni choʻzib oʻtirmang.

«Albatta, bunday qilishingiz Nabiyga ozor berur.»

Ul zot oʻz ahli bilan qolishlari, zimmalaridagi vazifalarni ado etishlari lozim edi. Siz buni eʼtiborga olmay, gaplashib oʻtiribsiz. Bu hol Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni bezovta qilar edi.

«U esa, sizlardan hayo qilardi.»

Mehmonlarga, uydan chiqib ketinglar, deb ayta olmas edi.

«Alloh haq(ni aytish)dan hayo qilmaydir.»

Shuning uchun sizga, taomni yeb boʻlganingizdan soʻng, gapga berilib oʻtirmay, tezda chiqib keting, demoqda.

«Qachonki ulardan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻrang.»

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biror narsani soʻrasangiz, oldilariga kirib emas, parda ortida turib soʻrang.

Musulmonlarning odobi shunday boʻlmogʻi kerak. Erkak-ayolning aralash-quralash boʻlishi oqibatida kelib chiqadigan turli musiybatlardan, balo-ofatlardan xoli boʻlmogʻi kerak. Ayollar ayolligini, erkaklar erkakligini bilishi, har biri oʻzining chegarasida turishi kerak.

«Shunday qilmogʻingiz oʻz qalblaringiz uchun ham, ularning qalblari uchun ham pokroqdir.»

Erkak kishi bilan nomahram ayol orasida parda boʻlmasa, qalblarning pokligiga futur yetadi. Shuning uchun ham, Alloh taolo «shunday qilmogʻingiz», yaʼni, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biror narsani soʻraganingizda, parda ortidan soʻrashingiz ikki tomon qalblari uchun ham pokroq ekanini aytmoqda.

«Siz uchun Rasulullohga ozor berish hech qachon mumkin emas.»

Ey, iymon keltirganlar!Siz uchun Rasulullohga ozor berish hech qachon mumkin emas. Hatto, mehmondorchilikdan keyin gaplashib oʻtirib qolib ozor berishingiz ham mumkin emas.

«...va undan keyin uning juftlarini nikohingizga olishingiz hech qachon mumkin emas.»

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin ham, u zotning zavjai mutohharalaridan birortasiga hech kim uylana olmaydi.

«Albatta, bunday qilmogʻingiz Allohning nazdida katta (gunoh)dir.»

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ozor bermogʻingiz, u zotning xotinlariga u kishidan keyin uylanmogʻingiz katta gunohdir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam doimo hurmat va eʼzozga musharraf zotdir. Baʼzi bir munofiqlar, Muhammad vafot etganidan keyin, falonchi xotiniga uylanaman, degan ham ekan. Alloh taolo ana oʻshanga oʻxshash oʻy-fikrlarga ham barham berib, bu masalada gapni uzil-kesil hal qilib qoʻydi. Paygʻambarimizdan keyin hech kim, hech qachon u zot sollallohu alayhi vasallamning ayollariga uylana olmasligini eʼlon qildi. Shu bilan birga, undan soʻng: