إِن تُبْدُوا۟ شَيْـًٔا أَوْ تُخْفُوهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Gar bir narsani oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, albatta, Alloh barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.Гар бир нарсани ошкор қилсангиз ҳам, махфий қилсангиз ҳам, албатта, Аллоҳ барча нарсани ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar sizlar biron narsani oshkor qilsangizlar yo yashirsangizlar, albatta (Alloh bilur). Zero, Alloh barcha narsani bilguvchi boʻlgan Zotdir.Агар сизлар бирон нарсани ошкор қилсангизлар ё яширсангизлар, албатта (Аллоҳ билур). Зеро, Аллоҳ барча нарсани билгувчи бўлган Зотдир.
Jumladan, kim Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan keyin u zotning ayollariga uylanaman deb oʻylab yuribdi, kim bu haqda gapirib yuribdi, hammasini yaxshi biladi.
Yuqorida moʻminlarga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari bilan faqat hijob–parda ortida turib muomala qilishga ruxsat berildi. Endigi oyatda onalarimizga pardasiz muomala qilishiga ruxsat berilgan zotlar haqida soʻz ketadi: