QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят55

لَّا جُنَاحَ عَلَيْهِنَّ فِىٓ ءَابَآئِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآئِهِنَّ وَلَآ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ إِخْوَٰنِهِنَّ وَلَآ أَبْنَآءِ أَخَوَٰتِهِنَّ وَلَا نِسَآئِهِنَّ وَلَا مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُنَّ ۗ وَٱتَّقِينَ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga o`z otalari, o`g`illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o`g`illari, opa-singillarning o`g`illari, o`z ayollari va qo`llari ostida mulk bo`lgan(qul)lari haqida gunoh yo`qdir. (Ey, Payg`ambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir.Уларга ўз оталари, ўғиллари, ака-укалари, ака-укаларининг ўғиллари, опа-сингилларнинг ўғиллари, ўз аёллари ва қўллари остида мулк бўлган(қул)лари ҳақида гуноҳ йўқдир. (Эй, Пайғамбар аёллари,) Аллоҳга тақво қилинглар. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага шоҳид Зотдир.Alauddin Mansour: (Paygʻambar ayollari) oʻzlarining otalariga, oʻgʻillariga, ogʻa-inilariga, ogʻa-inilarining oʻgʻillariga, opa-singillarining oʻgʻillariga, (moʻmina) ayollarga va qoʻl ostilaridagi choʻrilarga (ochiq holda koʻrinishlarida) ularga biron gunoh boʻlmas. (Ey paygʻambar ayollari), Allohdan qoʻrqinglar! Albatta Alloh barcha narsa ustida guvoh boʻlgan Zotdir.(Пайғамбар аёллари) ўзларининг оталарига, ўғилларига, оға-иниларига, оға-иниларининг ўғилларига, опа-сингилларининг ўғилларига, (мўмина) аёлларга ва қўл остиларидаги чўриларга (очиқ ҳолда кўринишларида) уларга бирон гуноҳ бўлмас. (Эй пайғамбар аёллари), Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта Аллоҳ барча нарса устида гувоҳ бўлган Зотдир.

426-sahifa · 22-juz · 43-hizb426-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاyoʻqdirйўқдирجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْهِنَّulargaуларгаفِىٓhaqidaҳақидаءَابَآئِهِنَّoʻz otalariўз оталариوَلَآva naва наأَبْنَآئِهِنَّoʻgʻillariўғиллариوَلَآva naва наإِخْوَٰنِهِنَّaka-ukalariака-укалариوَلَآva naва наأَبْنَآءِoʻgʻillariўғиллариإِخْوَٰنِهِنَّaka-ukalariningака-укаларинингوَلَآva naва наأَبْنَآءِoʻgʻillariўғиллариأَخَوَٰتِهِنَّopa-singillariningопа-сингилларинингوَلَاva naва наنِسَآئِهِنَّoʻz ayollariўз аёллариوَلَاva naва наمَاnarsa (qullari)нарса (қуллари)مَلَكَتْmulk boʻlganмулк бўлганأَيْمَـٰنُهُنَّ ۗqoʻllari ostidaқўллари остидаوَٱتَّقِينَva taqvo qilinglarва тақво қилингларٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَلَىٰustidanустиданكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaнарсаشَهِيدًاshohidшоҳид
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxslar onalarimiz bilan parda–hijob ortidan turib emas, hijobsiz muomala qilaverishlari mumkin. Oyatda amakilar va togʻalar zikr etilmasalar ham, xuddi shu toifaga kirishlarini ulamolarimiz aytib oʻtganlar. «Otalari» jumlasiga bobolari, amakilari va togʻalari ham qoʻshiladi, deganlar. Ha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutohharalariga xos bu hukmga binoan, ular faqat ushbu oyatda zikr qilinganlarga qoralarini koʻrsatishlari mumkin edi. Boshqalarga mumkin emas. Shuning uchun ham, imom Badriddin Ayniy oʻzlarining «Umdatul Qoriy» kitoblarida keltirganlaridek, hazrati Umar roziyallohu anhu vafot qilganlarida Hafsa onamiz roziyallohu anho otalarining janozasiga chiqishga majbur boʻlganlar. Shunda u kishining atroflariga parda toʻsib yurishgan, u kishi roziyallohu anho pardaning ichida yurib chiqqanlar. Shuningdek, Hafsa onamizning oʻzlari vafot etganlarida ham jussalari ustiga qubba qoʻyilgan.

Ulamolarimiz oyati karimadagi «oʻz ayollari» degan jumladan, moʻmina-muslima ayollar anglashiladi, shuning uchun ham, onalarimizning kofira, mushrika ayollarga ham koʻrinishlari mumkin boʻlmagan, deydilar. Albatta, bunchalik ehtiyot boʻlish, oʻz sharaflarini, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oilasi sharafini ulugʻlash uchun doimo taqvoda bardavom boʻlish zarur. Shuning uchun, Alloh taolo oyatning davomida onalarimizga xitob qilib:

«Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid zotdir», demoqda.

Bu ishlarning barchasida taqvo eng muhim omil hisoblanadi. Agar taqvo boʻlmasa, parda ish berishi qiyin. Bunday ishlarda Alloh har bir narsaga shohid ekanini doimo his etib turilmasa, parda qancha qalin boʻlsa ham, ish berishi qiyin.

Ha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oilalari shunchalik eʼtiborga sazovordirlar. Ul zot sollallohu alayhi vasallamning sharaflari xuddi shuni taqozo qiladi. Nima uchun ummatlardan, moʻmin-musulmonlardan u kishiga nisbatan bunchalik izzat-ikrom boʻlmasin ekan?! Holbuki: