QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят57

إِنَّ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا مُّهِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda la'natladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qo`ydi.Албатта, Аллоҳга ва Унинг Расулига озор берадиганларни Аллоҳ бу дунё ва охиратда лаънатлади ҳамда уларга хорловчи азобни тайёрлаб қўйди.Alauddin Mansour: Albatta Allohga va Uning paygʻambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, Oxiratda ham laʼnatlagandir va ular uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.Албатта Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига озор берадиган кимсаларни Аллоҳ дунёда ҳам, Охиратда ҳам лаънатлагандир ва улар учун хор қилгувчи азобни тайёрлаб қўйгандир.

426-sahifa · 22-juz · 43-hizb426-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَzotlarзотларيُؤْذُونَozor beradiganозор берадиганٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаلَعَنَهُمُularni laʼnatladiуларни лаънатладиٱللَّهُAllohАллоҳفِى-da-даٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَٱلْـَٔاخِرَةِva oxiratdaва охиратдаوَأَعَدَّva tayyorlab qoʻydiва тайёрлаб қўйдиلَهُمْulargaуларгаعَذَابًۭاazobniазобниمُّهِينًۭاxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Allohga ozor berish–Allohga kufr, shirk keltirish, Unga osiy boʻlish, Uni oʻziga mos boʻlmagan sifatlar bilan sifatlash, dinga, Paygʻambarlariga, kitoblariga til tekkizish kabi yomon amallardir.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ozor berish esa, oʻsha vaqtda u zotga qarshi chiqish, jismoniy va maʼnaviy zarba berish, shaxslariga, oilalari va ummatlariga nisbatan yomonlik qilish, igʻvo, boʻhton qilishdan iboratdir. Hozirda ham xuddi shunday: kim u kishining shaxslariga, dinlariga, shariatlariga, oilalariga, kitoblariga, sunnatlariga, ummatlariga til tekkizsa, u zot sollallohu alayhi vasallamga ozor bergan boʻladi.

Alloh taologa va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ozor berganlarni esa:

«Alloh bu dunyo va oxiratda laʼnatladi...»

Yaʼni, laʼnatlab boʻldi. Kelajakda laʼnatlaydi, emas. Shuningdek,

«...ularga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻydi».

Allohga va Uning Rasuliga bergan ozorlari uchun oxiratda xorlovchi azob bilan azoblanadilar.