QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят58

وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ بِغَيْرِ مَا ٱكْتَسَبُوا۟ فَقَدِ ٱحْتَمَلُوا۟ بُهْتَـٰنًا وَإِثْمًا مُّبِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`min va mo`minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, o`z ustlariga ochiq bo`hton va gunohni olibdilar.Мўмин ва мўминаларга, улар бирор нарса қилмасалар ҳам, озор берадиганлар, батаҳқиқ, ўз устларига очиқ бўҳтон ва гуноҳни олибдилар.Alauddin Mansour: Moʻmin va moʻminalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham boʻhton va ochiq gunohni oʻz ustlariga olibdilar.Мўмин ва мўминаларга бирон гуноҳ қилмасликларидан озор берадиган кимсалар ҳам бўҳтон ва очиқ гуноҳни ўз устларига олибдилар.

426-sahifa · 22-juz · 43-hizb426-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ular(ki)ва улар(ки)يُؤْذُونَozor beradiganlarозор берадиганларٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларгаوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِva moʻminalargaва мўминаларгаبِغَيْرِ-siz (nohaq)-сиз (ноҳақ)مَاnarsaнарсаٱكْتَسَبُوا۟ular qilganулар қилганفَقَدِbas, batahqiqбас, батаҳқиқٱحْتَمَلُوا۟oʻz ustlariga olibdilarўз устларига олибдиларبُهْتَـٰنًۭاboʻhtonбўҳтонوَإِثْمًۭاva gunohniва гуноҳниمُّبِينًۭاochiqочиқ
TafsirТафсир

Hech bir aybsiz moʻmin erkak va moʻmina ayolga ozor berganlar katta gunoh qilgan boʻladilar. Moʻmin inson Alloh taoloning huzurida eng qadrli insondir. Alloh taolo boshqa oyatlarda Oʻzi moʻminlarning valiysi ekanini taʼkidlab aytib qoʻygandir. Kimki moʻmin insonga ozor bersa, ochiq boʻhton qilgan boʻladi va shunga yarasha jazosini oladi.

Imom ibn Abu Hotim hazrati Oishadan rivoyat qilgan hadisda aytiladiki:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan:

«Allohning nazdida eng yomon ribo nima?» deb soʻradilar. Ular:

«Alloh va Uning Rasuli biladi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohning eʼtiboridagi eng yomon ribo musulmon odamning obroʻyini toʻkishni oʻziga ep koʻrishdir», dedilar.

Moʻmin-musulmonlar Alloh taoloning valiylari boʻlganidan keyin, ularga ozor berganlar, albatta, Allohga ozor bergan boʻladi. Alloh taolo esa, valiylariga–moʻmin bandalariga ozor berganlarni qanday jazolashni yaxshi biladi.

Kofir va munofiqlar, din dushmanlari koʻpincha ayollarga boʻhton qilish bilan moʻminlarga ozor berishga intilishadi. Shuning uchun, Alloh taolo ushbu tarafni berkitish uchun quyidagi xitobni qilmoqda: