QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят60

۞ لَّئِن لَّمْ يَنتَهِ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْمُرْجِفُونَ فِى ٱلْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لَا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَآ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qasamki, agar munofiqlar, qalblarida marazi borlar va Madinada mish-mish tarqatuvchilar to`xtamasalar, seni ularga qarshi qo`zg`aturmiz. So`ngra ular u(Madina)da senga ozginadan boshqa qo`shni bo`la olmaslar.Қасамки, агар мунофиқлар, қалбларида марази борлар ва Мадинада миш-миш тарқатувчилар тўхтамасалар, сени уларга қарши қўзғатурмиз. Сўнгра улар у(Мадина)да сенга озгинадан бошқа қўшни бўла олмаслар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar munofiqlar, dillarida maraz boʻlgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (oʻz qilmishlaridan) toʻxtamasalar, albatta Biz sizni ularga qarshi oyoqlantirurmiz, soʻngra ular (Madinada) siz bilan birga tura olmay qolurlar, faqat ozgina tura olurlar, xolos.Қасамки, агар мунофиқлар, дилларида мараз бўлган кимсалар ва Мадинада миш-миш тарқатиб юрувчилар (ўз қилмишларидан) тўхтамасалар, албатта Биз сизни уларга қарши оёқлантирурмиз, сўнгра улар (Мадинада) сиз билан бирга тура олмай қолурлар, фақат озгина тура олурлар, холос.

426-sahifa · 22-juz · 43-hizb426-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّئِنqasamki, agarқасамки, агарلَّمْemasэмасيَنتَهِtoʻxtamasalarтўхтамасаларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларوَٱلَّذِينَva ular(ki)ва улар(ки)فِى-da-даقُلُوبِهِمqalblariқалблариمَّرَضٌۭmarazi borмарази борوَٱلْمُرْجِفُونَva mish-mish tarqatuvchilarва миш-миш тарқатувчиларفِى-da-даٱلْمَدِينَةِMadinadaМадинадаلَنُغْرِيَنَّكَalbatta, seni qoʻzgʻoturmizалбатта, сени қўзғотурмизبِهِمْularga qarshiуларга қаршиثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيُجَاوِرُونَكَsenga qoʻshni boʻla olmaslarсенга қўшни бўла олмасларفِيهَآunda (Madinada)унда (Мадинада)إِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginadan boshqaозгинадан бошқа
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda qasam bilan taʼkidlab aytmoqdaki, agar munofiqlar moʻmin-musulmonlarga qarshi turli ozorlar yetkazishda davom etaversalar, shuningdek, qalblarida marazi bor, iymoni zaiflar moʻmin-musulmonlarga zarar yetkazishdan toʻxtamasalar, moʻminmusulonlar haqida turli-tuman igʻvo-boʻhtonlarni tarqataversalar, Alloh taolo Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga amr etib, ularga qarshi Oʻz hukmini kuch bilan oʻtkazish chorasini koʻradi.

Kerak boʻlsa, jihod qilinadi. Kerak boʻlsa, ular musulmonlar jamiyatidan haydab chiqariladi.

«Soʻngra ular u(Madiyna)da senga ozginadan boshqa qoʻshni boʻla olmaslar.»

Hozir ular Madiynada sen bilan qoʻshni boʻlib yashab turibdilar. Ammo Alloh seni ularga qarshi qoʻzgʻatganida, ular ozgina muddat, amrni bajo etishing muddatigacha Madiynada senga qoʻshni boʻlib turadilar, xolos. Keyin yo oʻldiriladilar, yoki haydab chiqariladilar. Haydab chiqarilmoqdalar ham: