مَّلْعُونِينَ ۖ أَيْنَمَا ثُقِفُوٓا۟ أُخِذُوا۟ وَقُتِّلُوا۟ تَقْتِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: La'natlangan hollarida, qayerda topilsalar, tutilurlar va o`ldirib tashlanurlar.Лаънатланган ҳолларида, қаерда топилсалар, тутилурлар ва ўлдириб ташланурлар.Alauddin Mansour: Magar laʼnatga duchor boʻlgan hollaridagina (tura olurlar, xolos). (U paytda) ular qayerda topilsalar ushlanurlar va oʻldirib tashlanurlar.Магар лаънатга дучор бўлган ҳолларидагина (тура олурлар, холос). (У пайтда) улар қаерда топилсалар ушланурлар ва ўлдириб ташланурлар.
Qadimdan Alloh taolo moʻminlarga ozor beruvchi munofiq, qalbida marazi bor va mish-mish tarqatuvchilarga qattiq chora koʻrib kelgan. Ularga oʻxshaganlarga nisbatan Allohning qadimdan tutib kelgan yoʻli shudir. Bu yoʻlning oʻrniga boshqa bir yoʻlni topa olmassan.
Maʼlumki, qiyomat haqidagi oyatlar, asosan, Makkai Mukarramada nozil boʻlgan. Kofirlarning qiyomat haqidagi savollari ham, asosan, Makkada boʻlgan. Ammo bu degani, Madiynai Munavvarada qiyomat haqida soʻz aytilmagan, odamlar ham qiyomat haqida savol bermay qoʻygan, degani emas. Kofirlar qayerda boʻlsalar ham, kofirligini qiladi. Ayniqsa, yahudiylar turli fitna-fasod savollarni soʻrashar edi. Boshqalarga ham savol oʻrgatib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yuborishardi. Kelasi oyatda ana shunday savollardan biri haqida soʻz ketadi: