سُنَّةَ ٱللَّهِ فِى ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ilgari o`tganlar haqida Alloh tutgan yo`l ham shudir. Allohning yo`liga hech badal topa olmassan.Илгари ўтганлар ҳақида Аллоҳ тутган йўл ҳам шудир. Аллоҳнинг йўлига ҳеч бадал топа олмассан.Alauddin Mansour: (Bu) ilgari oʻtgan zotlar haqidagi Allohning yoʻli — qonunidir. Allohning yoʻlini esa hargiz oʻzgartira olmassiz.(Бу) илгари ўтган зотлар ҳақидаги Аллоҳнинг йўли — қонунидир. Аллоҳнинг йўлини эса ҳаргиз ўзгартира олмассиз.
Qadimdan Alloh taolo moʻminlarga ozor beruvchi munofiq, qalbida marazi bor va mish-mish tarqatuvchilarga qattiq chora koʻrib kelgan. Ularga oʻxshaganlarga nisbatan Allohning qadimdan tutib kelgan yoʻli shudir. Bu yoʻlning oʻrniga boshqa bir yoʻlni topa olmassan.
Maʼlumki, qiyomat haqidagi oyatlar, asosan, Makkai Mukarramada nozil boʻlgan. Kofirlarning qiyomat haqidagi savollari ham, asosan, Makkada boʻlgan. Ammo bu degani, Madiynai Munavvarada qiyomat haqida soʻz aytilmagan, odamlar ham qiyomat haqida savol bermay qoʻygan, degani emas. Kofirlar qayerda boʻlsalar ham, kofirligini qiladi. Ayniqsa, yahudiylar turli fitna-fasod savollarni soʻrashar edi. Boshqalarga ham savol oʻrgatib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yuborishardi. Kelasi oyatda ana shunday savollardan biri haqida soʻz ketadi: