QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahzab surasi · Oyatсураси · Оят63

يَسْـَٔلُكَ ٱلنَّاسُ عَنِ ٱلسَّاعَةِ ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ ۚ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ تَكُونُ قَرِيبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol, o`sha soat yaqindir.Одамлар сендан соат (қиёмат) ҳақида сўрарлар. Сен: «Унинг илми фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир», деб айт. Недан билурсан, эҳтимол, ўша соат яқиндир.Alauddin Mansour: Odamlar sizdan (Qiyomat) soati (qachon boʻlishi) haqida soʻraydilar. «U (soatni) bilish yolgʻiz Allohning huzuridadir», deb ayting. Qayerdan bilursiz, ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir.Одамлар сиздан (Қиёмат) соати (қачон бўлиши) ҳақида сўрайдилар. «У (соатни) билиш ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир», деб айтинг. Қаердан билурсиз, эҳтимол у соат яқин келиб қолгандир.

427-sahifa · 22-juz · 43-hizb427-саҳифа · 22-жуз · 43-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَسْـَٔلُكَsendan soʻrarlarсендан сўрарларٱلنَّاسُodamlarодамларعَنِhaqidaҳақидаٱلسَّاعَةِ ۖ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиقُلْaytайтإِنَّمَاfaqatфақатعِلْمُهَاuning ilmiунинг илмиعِندَhuzuridadirҳузуридадирٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَاva neва неيُدْرِيكَsenga bildirarсенга билдирарلَعَلَّehtimolэҳтимолٱلسَّاعَةَoʻsha soatўша соатتَكُونُboʻlurбўлурقَرِيبًاyaqindirяқиндир
TafsirТафсир

Muhammad sollallohu alayhi vasallam odamlarni qiyomat soati bilan qoʻrqitar, bu dunyoda qilgan ishlarining jazosini qiyomatda tortishlarini qayta-qayta takrorlar edilar. Qurʼoni Karimda ham qiyomat va uning vasfi, undagi dahshatlar haqida koʻplab oyatlar kelgani maʼlum. Kofirlar doimo, qiyomat qachon boʻladi, deb soʻrar edilar. Ular, qiyomat qoim boʻlishiga shak-shubha qilganlari uchun ham, u haqda koʻp soʻrardilar. Qani, boʻlsa, boʻlmaydimi, deb shoshilar edilar. Lekin qiyomatning ilmi Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Alloh taolo uning qachon boʻlishini boshqaga bildirishni istamadi. Hatto Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham, farishtalarga ham bu ilmdan xabar bergani yoʻq.

Imom Muslim, imom Abu Dovud, imom Termiziy va imom Nasaiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:

«Menga otam Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdiki: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida oʻtirar edik. Birdan huzurimizda oppoq kiyimli va qop-qora sochli odam paydo boʻldi. Unda safarning asari koʻrinmas edi. Uni bizdan biror kishi tanimas ham edi. U kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalariga tizzasini tekkizib oʻtirdi. Ikki kaftini ikki sonlariga qoʻydi va:

«Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar ber!» dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Islom–«Laa ilaaha Illalloh, Muhammadun rasululloh», deb shahodat keltirmogʻing, namozni toʻkis ado etmogʻing, zakotni bermogʻing, Ramazon roʻzasini tutmogʻing, agar imkoning boʻlsa, Baytullohga haj qilmogʻing», dedilar. Haligi odam:

«Toʻgʻri aytding!» dedi. Biz undan ajablandik. Oʻzi savol berib, oʻzi, toʻgʻri aytding, deydi. Keyin u:

«Menga iymondan xabar ber», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirmogʻing va yaxshi-yomon qadarga iymon keltirmogʻing», dedilar. U odam:

«Toʻgʻri aytding. Ehson haqida xabar ber!» dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Allohga xuddi sen Uni koʻrayotgandek ibodat qilishing. Agar sen Uni koʻrmayotgan boʻlsang, U seni koʻrayotgandek ibodat qilishing», dedilar. U:

«Menga soat (qiyomat) haqida xabar ber!» dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«U haqda soʻralayotgan odam soʻrovchidan koʻra bilimli emas», dedilar.

U odam chiqib ketganidan soʻng, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlaridan bu odamning kimligini soʻradilar. Sahobalar, tanimaymiz, deb javob berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jabroil sizga diningizni oʻrgatgani kelgan edi», dedilar».

Ushbu hadisi sharifdan soʻraluvchi shaxs Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham, soʻrovchi Jabroil alayhissalom ham qiyomat qachon boʻlishini bilmaganlari koʻrinib turibdi.

Shu bilan birga, oyati karimada qiyomat qachon qoim boʻlishini faqat Alloh taoloning Oʻzigina bilishining, boshqalarga bildirilmaganining hikmatlaridan biri ham bayon qilinadi:

«Nedan bilursan, ehtimol, oʻsha soat yaqindir».

Qiyomat soati yaqindir, sen buni bilmaysan, sendan boshqa hech kim ham bilmaydi. Shuning uchun, hamma doimo hushyor boʻlib, tayyorgarligini koʻrib turadi. Hozir yoki ertaga qiyomat qoim boʻlib qolsa, nima qilaman, deb yaxshi ishlarni koʻproq qiladi, yomonlikdan qochadi.

Qiyomat soati qachon boʻlishi haqida uning boʻlishiga ishonmay soʻrayotgan oʻsha kofirlar va ularning sheriklari bilib qoʻysinlarki: