يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَـٰلَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni mag`firat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.У зот сизнинг амалларингизни солиҳ қиладир ва гуноҳларингизни мағфират қиладир. Ким Аллоҳга ва Унинг Расулига итоат қилса, батаҳқиқ, буюк зафарга эришибдир.Alauddin Mansour: (Shunda Alloh) ishlaringizni oʻnglar va gunohlaringizni magʻfirat qilur. Kim Allohga va Uning paygʻambariga itoat etsa, bas, u ulugʻ baxtga erishibdi.(Шунда Аллоҳ) ишларингизни ўнглар ва гуноҳларингизни мағфират қилур. Ким Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига итоат этса, бас, у улуғ бахтга эришибди.
Doimo Allohga taqvo qilish va toʻgʻri soʻz boʻlish kishini yaxshiliklarga erishtirishi muqarrar ekanini ushbu oyatdan bilib olamiz. Avvalgi oyatda aytilgan taqvodor va toʻgʻri soʻz boʻlish haqidagi amrning natijasi ushbu oyatda bayon qilinmoqda.
«U zot sizning amalaringizni solih qiladir va gunohlaringizni magʻfirat qiladir.»
Yaʼni, siz taqvodor va toʻgʻri soʻz boʻlsangiz, Alloh sizni yaxshi amallarga yoʻllab qoʻyadi va bandalik bilan qilgan baʼzi gunohlaringizni oʻzi kechiradi.
«Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir.»
Bu ham muqarrar haqiqatdir. Allohga va Uning Rasuliga itoat qila olishning oʻzi ulkan zafardir. Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishdan kelib chiqadigan ikki dunyoning zafarlari esa, itoatkor bandaning yoniga qoladigan foydalardir. Allohga va Uning Rasuliga itaot qilganlar boshqalarga oʻxshab yoʻldan adashmaydilar, turli boshliq va «katta»larga qul boʻlmaydilar, balki oʻsha boshliq va «katta»larning ham Robbi boʻlgan yagona Alloh taologa banda boʻladilar. Ularning niyati ham, yoʻli ham, maqsadi ham aniq. Ularning ikki dunyoda zafar qozonishlarini Alloh taoloning Oʻzi vaʼda qilgan. Allohga va Uning Rasuliga itoat qilganlar boshqalar kabi Allohning laʼnatiga uchramaydilar, ular uchun oʻta qizigan doʻzax ham tayyorlab qoʻyilgani yoʻq. Ular Allohning rahmatiga yoʻliqadilar va ular uchun jannati maʼvolar tayyorlab qoʻyilgan.
Eʼtibor beradigan boʻlsak, bu vaʼdalar toat-itoat qilganlarga berilmoqda. Yaʼni, amali Allohning amriga, Rasulining farmoniga itoat qilish boʻlganlarga berilmoqda.
Insonning ulkan zafarga erishishi yoki laʼnatga uchrashi unga taklif qilingan omonatga qanday munosabatda boʻlishiga bogʻliqdir: