قُلْ إِن ضَلَلْتُ فَإِنَّمَآ أَضِلُّ عَلَىٰ نَفْسِى ۖ وَإِنِ ٱهْتَدَيْتُ فَبِمَا يُوحِىٓ إِلَىَّ رَبِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ قَرِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar men zalolatga ketgan bo`lsam, o`z zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.Сен: «Агар мен залолатга кетган бўлсам, ўз зараримга кетаман. Агар ҳидоят топсам, Роббим менга ваҳий қилган нарса туфайли топаман. Албатта, У зот ўта эшитгувчи, яқиндир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar men (Haq yoʻlidan) ozsam, bas, faqat oʻz ziyonimga ozurman va agar (Uning yoʻliga) hidoyat topsam, u holda Parvardigorim menga vahiy qilayotgan (Qurʼon) sababligina (hidoyat topurman). Shak-shubhasiz, U eshitguvchidir, yaqindir».Айтинг: «Агар мен (Ҳақ йўлидан) озсам, бас, фақат ўз зиёнимга озурман ва агар (Унинг йўлига) ҳидоят топсам, у ҳолда Парвардигорим менга ваҳий қилаётган (Қуръон) сабаблигина (ҳидоят топурман). Шак-шубҳасиз, У эшитгувчидир, яқиндир».
Kofir va mushriklar «Muhammad ota-bobolarimizning yoʻlidan yurmay adashmoqda, zalolatga ketmoqda», deb ham gap tarqatishgan edi. Bu oyat ularning oʻsha igʻvolariga javob boʻlib kelmoqda.
«Agar men zalolatga ketgan boʻlsam, oʻz zararimga ketaman.»
Mabodo, siz gumon qilgandek, zalolatga ketgan boʻlsam, zarari oʻzimga, sizga emas.
«Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman.»
Paygʻambarlik Allohdan vahiysiz amalga oshadigan ish emas. Alloh vahiy yuborib, Oʻzi doimo qoʻllab-quvvatlamasa, hech kim oʻzicha Paygʻambar boʻla olmaydi.
«Albatta, U zot oʻta eshitguvchi, yaqindir.»
Hamma narsani eshitib, bilib turibdi.
Ey Paygʻambar!