QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят51

وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ فَزِعُوا۟ فَلَا فَوْتَ وَأُخِذُوا۟ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yo`q va yaqin makondan tutilishlarini bir ko`rsang edi?Агар уларнинг талвасага тушишларини, энди қочиб қутулиш йўқ ва яқин макондан тутилишларини бир кўрсанг эди?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar siz (mushrik-kofirlarni) dahshatga tushib, qochgani joy topa olmay qolgan va yaqin bir makondan (doʻzaxga tashlash uchun) tutib ketilgan paytlarida koʻrsangiz edi!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар сиз (мушрик-кофирларни) даҳшатга тушиб, қочгани жой топа олмай қолган ва яқин бир макондан (дўзахга ташлаш учун) тутиб кетилган пайтларида кўрсангиз эди!

434-sahifa · 22-juz · 44-hizb434-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарتَرَىٰٓbir koʻrsang ediбир кўрсанг эдиإِذْchogʻniчоғниفَزِعُوا۟ular talvasaga tushganулар талвасага тушганفَلَاbas, yoʻqбас, йўқفَوْتَqochib qutulishқочиб қутулишوَأُخِذُوا۟va tutildilarва тутилдиларمِن-dan-данمَّكَانٍۢmakonмаконقَرِيبٍۢyaqinяқин
TafsirТафсир

Kofir va mushriklar hozir tillarini uzun qilib, turli gap- soʻzlarni aytaveradilar. Ular Paygʻambar haqida ham, Ilohiy kitob, qiyomat, oʻlgandan keyin tirilish va dinga tegishli boshqa ishlar haqida ham haddan oshib, boʻhton-tuhmat gaplarni gapirib, oʻzlaridan ketib yuraveradilar. Ammo oxiratda ishlar tamoman boshqacha boʻladi. Oʻshanda kofir va mushriklarning bugungi gerdayishlaridan asar ham qolmaydi. U kunda hamma narsa ravshanlashadi. Ularning kufri, shirki boshlariga balo boʻlishi ham ayon boʻladi. Ana oʻshanda

«Agar ularning talvasaga tushishlarini...» bir koʻrsang edi.

Shunday tipirchilab qoladilarki, u kunda oʻzlarining azobga duchor boʻlishlarida hech shubha qolmaydi.

«...endi qochib qutulish yoʻq...»

Qochib qayoqqa ham borar edilar. Mahsharda, Robbul olamiyn huzurida xoru zor boʻlib turibdilar. Kuchli, shiddatli, qoʻpol va ularga nisbatan shafqatsiz farishtalar sergaklik bilan ularni kuzatib turishibdi. Kim qimir etsa, holi xarob boʻladi.

Ana shunday bir holatda kofir va mushriklarni doʻzaxga solib azoblash haqida hukm chiqadi. Doʻzaxning Zaboniya farishtalari orqali ularning

«...yaqin makondan tutilishlarini bir koʻrsang edi».

Azobga tezroq eltish uchun ularni doʻzaxga eng yaqin makondan tutadilar. Tutilganlarida ham oddiy ravishda emas, mazkur dahshatli farishtalar tomonidan peshona sochlaridan ushlab doʻzaxga olib keltiriladilar. Bu kofir va mushriklarning tomoshasini ana oʻshanda bir koʻrish kerak.

Shunda: